H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Mehnat va ishchi kuchi. Demak, mehnat-bu jarayon, bu dinamika, 
statistika emas. Inson ish qilishni to‘xtatib, ishlab chiqarish jarayonidan chiqar 
ekan, mehnat ham to‘xtaydi va u insonning potensial qobiliyati bo‘lib koladi. 
Mehnat qobiliyatiga ega bo‘lishlik ishchi kuchi, deb ataladi. Mehnat qilishga 
qobiliyatlik bu ham mehnat emas, chunki mehnat bu qobiliyatning amalga 
oshirilishidir. 
 
9.6. Pulning mohiyati va funksiyalari 
Hammamiz har kuni pul bilan muomala qilamiz. Pul hayotimiz va 
turmushimizning tarkibiy qismiga aylangan, ammo pul doimo bo‘lgan emas. 
U jamiyat taraqkiyotining ma’lum bir bosqichida paydo bo‘lgan. 
Uning paydo bo‘lishi almashish jarayoni bilan bog‘liq. U natura holidagi 
almashish o‘rniga kelgan. Mazmun-mohiyati va tarkibiy tuzilishi o‘tgan ming 
yilliklar ko‘p marotaba jiddiy o‘zgargan bo‘lishiga qaramay, pul tizimining 
tarixi asrlar qa’riga borib taqaladi. 
Natural almashuv sharoitlarida, tovar to‘g‘ridan -to‘g‘ri tovarga 
almashilgan (barter) vaqtdan ehtiyoj bo‘lmagan. Ammo tovar almashish paydo 
bo‘lishi bilanoq, bo‘lajak pulning shakllanish jarayoni boshlangan. Dastavval 
uning vazifasini turli xalqlarda talab ayniqsa, katta bo‘lgan, uzoq vaqt 
saqlanadigan, yetarli miqdorda mavjud tovarlar bajargan. Pul, boshqa tovarlar 
qiymatining o‘lchov birligi vazifasini bajargan, tovarlar rang-barangligining 
boisi ham shundan bo‘lgan. Turli mintaqalarda, turli vaqtlarda tuz, gazlamalar, 
mis taqinchoqlar, tilla, kumish, qo‘ylar, chig‘anoqar, qo‘ritilgan baliq, mo‘yna 
va shunga o‘xshash moddiy ne’matlar ham shu vazifani bajargan. 
 
9.7. Pulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari 
Pul va uning evolyutsiyasi. Ma’lumki, barcha bozor tizimini 
boshqarishda «monarx» pul hisoblanadi. Iqtisodiyot fanida pulning mohiyati 
bo‘yicha har xil tasavvurlar mavjud bo‘lgan. Ba’zilar pulni qulayroq bo‘lishi 
uchun kishilar o‘ylab chiqargan oddiy hisoblash birligi deb, boshqalari esa, uni 
tovarlarni ayirboshlash xizmati uchun yaratilgan davlat hokimiyatining 
mahsuloti sifatida ko‘rib chiqadi. Pulning haqiqiy .... tabiati tushunchasini 
K.Marks bergan: bu asosiy tovar sifatida bo‘lib, boshqa tovarlar dunyosidan 


205 
farqlash bo‘yicha umumiy ekvivalent vazifasini bajarish uchun ajralib turadi. 
Pulning tovar almashuvi vaqtida vositachi bo‘lib chiqishidan, tovar almashuvi 
tovar muomalasiga aylanadi. Qanday qilib almashuv jarayonidan pul paydo 
bo‘ladi? Pulning tadrijiy paydo bo‘lishi -bu uning rivojlanishining o‘ziga xos 
bosqichi bo‘lib, bu yerda kelgusi davrlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:  

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling