H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Mehnatning ikki yoqlama xarakteri
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
9.5. Mehnatning ikki yoqlama xarakteri
Konkret (aniq) mehnat. Mehnat - insonning ongli va maqsadli faoliyati bo‘lib, ma’lum ne’matni barpo etishga qaratiladi va u har doim mehnat sifatida ma’lum foydali shaklda ifodalanadi. Mehnatning konkret shaklini sharti shuki, u har doim konkret iste’mol qiymatlarini (masalan, stul, kostyum, kitoblar) barpo etishga qaratilgan. Har qanday ne’matni ishlab chiqarish uchun konkret sharoitlar zarur: konkret professional tayyorgarlik (masalan, duradgor), konkret mehnat predmeti (yog‘och), konkret mehnat vositalari (arra, bolg‘a, randa) va hokazo. Shuning uchun har qanday mehnat faoliyati konkret mehnatidir. Ammo mehnat qiymatining tahlili umuman, mehnat mahsulidan emas, balki tovardan, ya’ni tovar ishlab chiqaruvchining ehtiyojini qondirish uchun emas, balki bozorning boshqa agentlari-xoridorlarining extiyojini oldi- sodi, xarid qilish yo‘li bilan qondirish uchun ishlab chiqarilgan mahsulotdan boshlanadi. Demak, tovarayirboshlashga mo‘ljallangan mehnat mahsulidir. Shuning uchun har qanday mehnat mahsuli tovar bo‘la olmaydi, ammo har qanday tovar mehnat mahsuli bo‘la oladi. Bizga ma’lumki, bozorda bir mehnat mahsuli boshqasiga ayirboshlanadi. Tovarning bu xususiyati, ya’ni ma’lum proporsiyalari bir tovarning boshqasiga ayirboshlash qobiliyatiga ayirboshlov qiymati, deb aytiladi (masalan, X kg don = Y kg go‘sht). Ammo ana shu proporsiyalar har xil iste’mol qiymatga ega bo‘lgan, sifatli tovarlar ayirboshlovi asosida nima yotganligi aniq emas. Abstrakt mehnat. Ma’lumki, butun tovar dunyos -bu mehnat mahsulotlari dunyosidir va shu bilan birga, u konkret mehnatning turli-tuman turlari mavjud bo‘lgan dunyodir. Ammo mehnatning konkret shakllaridan chalg‘ishga abstraktlashishga harakat qilaylik. Bunda biz ko‘ramizki, stol ham, kostyum ham, poyafzal ham bu - umuman mehnatdir. Shaxssizlangan yoki uning konkret shaklidan tashqarida olingan va mahsulotda buyumlangan mehnat abstrakt mehnat deb ataladi. Boshqacha aytganda, abstrakt mehnat bu o‘zining konkret shaklidan chalg‘igan mehnatdir. Shuning uchun ayriboshlash jarayonida turli-tuman iste’mol qiymatlarini, tovarlarni tenglashtirish (mezoni) abstrakt mehnat bo‘ladi. Bu bilan bog‘liq ravishda shunday xulosa chiqarish mumkinki, tovar qiymati tovarda buyumlangan mehnat bo‘lib, u yoki bu tovarni ishlab chiqarish uchun qilinadigan sarflarni ifodalaydi. 204 Shunday qilib, mehnat ikki yoqlama xarakterga ega. Bir tomondan u konkret shaklda chiqib, iste’mol qiymatini barpo etishga yo‘nalgan va boshqa tomondan abstrakt mehnat shaklida bo‘lib, tovarning substansiya qiymatidir. Bunda mehnat tovarlarning qiymatini barpo etar ekan, ya’ni uning substansiyasi bo‘lar ekan, o‘zi qiymatga ega bo‘lmaydi, chunki u buyumlanmagan shaklda mavjud bo‘la olmaydi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling