H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
aloqalar xosdir. Ular «ishlab chiqarish -almashish -iste’mol» formulasi
bo‘yicha rivojlanadi. Tayyorlangan mahsulot boshqa buyumga (yoki pulga) almashish uchun avval, bozorga chiqariladi va shundan keyingina iste’mol sohasiga o‘tadi. Bozor o‘z navbatida ana shu mahsulotni sotish uchun tayyorlash zaruratini tasdiqlaydi yoki rad etadi. Demak, tovar xo‘jaligi - bu tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tizimi bo‘lib, uning evaziga iqtisodiyotning har tomonlama taraqqiyoti ta’minlanadi. 200 Mehnat taqsimoti chuqurlashgan sayin tobora takomillashayotgan texnikani qo‘llash kengayib boradi. Bu mahsulot tayyorlashning ilgari misli ko‘rilmagan suratlar bilan o‘sishini keltirib chiqaradi. Mehnat unumdorligining oshishi natijasida esa, aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko‘payib boradi. Bunga qo‘shimcha ravishda bozorda buyumlarga almashish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar tobora rang-baranglashib boraveradi. Tovar xo‘jaligi shunday umumiy-tashkiliy aloqalarni o‘z ichiga oladiki, ular rang-barang ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Ammo ayni vaqtda tovar ishlab chiqarish va almashish hajmi hamda qiymati bir xil bo‘lmaydi. Shu sababli tovar xo‘jaligi tarixiy xarakterga ega: u butun tarix davomida jiddiy ravishda o‘zgarib bordi. Avvalambor, tovar ishlab chiqarishining genezisinin (kelib chiqishini) aniqlash muhimdir. Uning vujudga kelish sabablaridan biri-ijtimoiy mehnat taqsimoti hisoblanadi. Mazkur jarayon yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti: birinchidan (qishloq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikka bo‘linish) va ikkinchidan (hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralishi) bilan boshlangan edi. Keyinchalik mehnat taqsimotining iqtisodiy qonuni tobora kuchga to‘lib boradi. Ana shu qonunga muvofiq mehnat faoliyatining sifat jihatidan tobora ko‘proq tabaqalashishi (bo‘linishi) oqibatida iqtisodiyot taraqqiy etib boradi, bu uning turlarini alohida ajralib chiqishiga va tinch-totuv yashashiga olib keladi. Natijada, mehnat taqsimotining bir necha, jumladan: xalqaro (mamlakatlar o‘rtasida), umumiy (xalq xo‘jaligining yirik tarmoqlari - dehqonchilik, sanoat va hakozolar o‘rtasida), xususiy (yirik tarmoqlar ichidagi yordamchi tarmoqlar, ishlab chiqarish sohalariga bo‘linish) va alohida (korxona ichida uning turli bo‘linmalariga bo‘linish) ko‘rinishlari vujudga keladi. Odamlarning u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarish uchun xo‘jaliklarga Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling