H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Tovar va uning xususiyatlari
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
9.4. Tovar va uning xususiyatlari Agar mavjud ne’matlar dunyosiga e’tibor bersak, uning hammasi u yoki bu mehnat faoliyati turining natijasi, ya’ni mehnat mahsulidir. Mehnat mahsuli - bu moddiy yoki nomoddiy shaklga ega bo‘lgan va u yoki bu ehtiyojni qondirishga qaratilgan insonning ishlab chiqarish vositalari bilan o‘zaro harakati natijasidir. Iste’mol qiymati mahsulotning kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy, shaxsiy va boshqa ehtiyojlarini qondira oladigan xususiyatlari iste’mol qiymati deb ataladi. Mehnat va odamlar ehtiyoji mavjud ekan, mehnat va tabiat mahsullari shu xususiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun iste’mol qiymati o‘zining ilk namoyon bo‘lishida bu ne’matning tabiiy xossasi hisoblanadi. Alohida qayd etish lozimki, shu bir mehnat maxsuli turli-tuman ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Bundan tashqari, shu ehtiyojning o‘zi ham turli iste’mol qiymatlari bilan qondiriladi. Masalan, issiqlik elektr energiyasini olish uchun neftdan foydalaniladi. Shuningdek neftdan boshqa turli kimyoviy mahsulotlar ham olish mumkin. Issiqlikka bo‘lgan ehtiyoj esa, gaz, mazut, ko‘mirlarni yoqib ham qondiriladi. Iste’mol qiymatini tahlil qilish ne’matning tabiiy xossasi bilangina qolmay, uning ijtimoiy aspektini aniqlashni talab qiladi. Mehnat mahsuli jamiyat ehtiyojini qondirish yo‘li bilan umumjamoa tomonidan tan olinadi. U tabiiy-buyum yoki vosita shaklida bo‘lishi, bundan esa, u tan olishni ayirboshlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Keyingi holda mehnat mahsuli tovar shakliga ega bo‘ladi. Tovar ishlab chiqarishda iste’mol qiymati faqat ayirboshlov orqali ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi. Iste’molning ijtimoiy shakli shuni bildiradiki, sotib olingan tovar jamiyatga kerak. Shunday qilib, ijtimoiy ishlab chiqarishning yangi shakli - tovar ishlab chiqarish vujudga keladi va bunda mahsulotlar (tovarlar) o‘zining iste’moli uchun emas, balki sotish, xarid qilish yo‘li bilan ayirboshlash uchun tayyorlanadi. Dastavval uning rivoji birinchi navbatda, tabiiy iqlim olimlari asosida sodir bo‘lib, keyin esa, ijtimoiy-iqtisodiy olimlarga tayanadi. Ijtimoiy mehnat mahsulotning kengayishi va chuqurlashuvi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga tobora ko‘p turtki bo‘ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ijtimoiy iste’mol qiymati o‘zida jamiyatining ijtimoiy bahosini jamlaydi. Ne’mat u yoki bu ehtiyojni 203 qondirishning tabiiy xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin, ammo jamiyat uning ahamiyatini nol, deb tan olishi mumkin. Demak, u jamiyat uchun qiymatga ega emas. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling