H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

tovar 
ishlab 
chiqarmaydigan sektor alohida ajralib qoladi. Uning tarkibiga bozorda 
sotilmaydigan ne’matlarni ishla chiqarish kirdi (bu yirik ilmiy tadqiqotlar, 
ta’limning bepul turlari, harbiy-sanoat majmuining asosiy mahsuloti va 
hakozolardir). 
 
9.3. Qiymat va narxning mehnat asosida yaratilishi 
Qiymatning mehnat nazariyasini ko‘rib chiqishiga kirishar ekanmiz, narx 
tashkil qilish asoslarida yetuk fundamental bilimlar bilan yaqindan tanisha 
boshlaymiz. Shuni alohida qayd etish lozimki, biron bir mavjud darsliklar va 
o‘quv qo‘llanmalarida qiymat, narx va boshqalar to‘g‘risidagi turli-tuman 
nazariy tasavvurlar ko‘rib chiqilmaydi. «Ekonomiks»da hamma gap talab va 
taklif atrofida aylanib, ishlab chiqarish xarajatlari fundamental kategoriya 
sifatida emas, balki amaliy iqtisodiyotning bir elementi sifatida tashkil 
qilinadi. 
Nima uchun biz qiymatning mehnat nazariyasidan boshlayapmiz? 
Birinchidan, shuning uchunki, marksistik siyosiy iqtisod o‘n yillar 
davomida yagona iqtisodiy nazariya bo‘lib kelgan edi va buni unutish kerak 
emas. 
Ikkinchidan, mehnat nazariyasi bu iqtisodiy farqning chuqur oqimi bo‘lib, 
(U.Petti, A.Smit, D.Rikardo) iqtisodiy fikrning turli oqimlari rivoji uchun 
yo‘naltiruvchi bosqichdir. Bu nazariya marksistik siyosiy iqtisodga ham 
taalluqlidir, chunki u ham qiymat va bozor munosabatlarini mehnat prinsiplari 
asosida shakllantirishga amal qilgan edi. Uchinchidan, markscha-lenincha 
siyosiy iqtisod hukmronlik qilgan davrda iqtisodiy nazariyada jiddiy 


202 
buzilishlar, deformatsiyalar sodir bo‘ldi, «rivojlangan» bo‘lsa ham, asosan, 
alohida hukmronlik qiluvchilar uchun g‘oyaviy jihatdan zarur bo‘lgan 
tomonga qarab rivojlandi. Shuning uchun Marksning qiymat, qimmatbaholi va 
narx nazariyasini uning asl mazmunida tiklash zarur. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling