H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kitob - barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir Amir Temur
© ALFRAGANUS UNIVERSITY © Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A. © “Bookmany print” nashriyoti, 2022. 3 KITOBXONLARGA Kitob - barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir Amir Temur Butun dunyo iqtisodiy sivilizatsiyasining tarixan tajribasi guvohlik qilmoqdaki, iqtisodiyot fani doimo hamma har xil sistemalarida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari, xatoliklari va yanglishganlarida jamiyatga, insoniyatga, ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni almashinuvida, millat, elatlarining shakllanishida va rivojlanishida o‘zining bebaho, qimmatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. U siyosatchilarga, iqtisodchilarga, davlat – millat rahbarlariga, ishbilarmonlarga, tadbirkor – biznesmenlarga va oddiy fuqarolarga xususan aqlli va samarali hal qilishni, tanlovga yordam berib kelmoqda. Albatta bu ham tabiiy ravishda o‘z-o‘zidan tushunilmoq bilan qabul qilindi va qilinmoqda. Ammo qachonki, qayerda va nima uchun halokatli xatoliklar, jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy yo‘qotishlarga olib kelgan qarorlar qabul qilinganda, hamma ayb, gunoh, jinoyatlar, moliyaviy – iqtisodiy inqirozlar iqtisodchilarga va iqtisodiyot fanlari zimmasiga yuklangan edi. Bunday hollarda, qanday nazariya foydalanilgan, qanday axborotlar asosida bu halokatli qarorlar qabul qilinganligiga hech kim hech qanday ahamiyat bermaganlar. Javobgarlik davlat qarorlari ko‘pincha iqtisodiyot vakillarining tafakkurlarini hisobga olmasdan noto‘g‘ri axborotlar va begonalarning tajribasi asosida, tanqidiy ko‘z bilan qaralmasdan qabul qilinar edi. O‘zbekistonda murakkab va noyob tadbirkorlik birlashmalarining faoliyati nafaqat qiyin va ziddiyatli kechmoqda, balki bu jarayon ijtimoiy- iqtisodiy hayotining transformatsiyasi bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga qaratilganligidadir. Barcha sivilizatsiyalashgan dunyo, endi milliy ishlab chiqarishda va jahon xo‘jaligida umumiy inqilobiy bo‘sag‘ada bosib o‘tilmoqda. Bu so‘zsiz jamiyatni iqtisodiy tashkil qilishdagi tubdan qayta qurishga olib boradi. O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat bo‘lishi uchun, yuksak darajada samarali iqtisodiy o‘sish asosida aholining farovon hayotini ta’minlab berishi shart, bu albatta birinchi navbatda yuksak fan – texnika, texnologiya, yangi investitsiya va innovatsiyalar orqali erishiladi va bu erishish faqat xalq xo‘jaligini bozor munosabatlari sharoitida tashkil qilish yo‘li bilan mumkin. O‘zbekiston tarixiy qisqa vaqt ichida bozor iqtisodini shakllantirishi kerak va industrial rivojlangan davlatlar bilan birga industriyadan keyingi 4 qimmatbaholi bosqich sari harakatini ochib beradi, bu axborotlar jamiyatiga o‘tishni anglatadi. Amaliyotni mukammallashtirishni hoxlaydigan, yangi milliy mafkuralarni realizatsiya qilishga loyiq darsliklarsiz o‘tib bo‘lmaydi. Ushbu darslik albatta kamchiliklarsiz emas. Lekin, bu darslik hozirgi ko‘p nashr etiladigan darsliklardan foydali farq qiladi, o‘quvchilarga nafaqat buning boblarida, paragraflarida va betlarida yozilganlarni o‘zlashtirishda qo‘llash variantlarini o‘rganishga ijozat beradi. Bu darslikning kitobxon – o‘quvchilariga muvaffaqiyatlar tilaymiz. Bu darslik ularga bilim sistemasini olishga yordam berib, ishonchli yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib, murakkab, ammo qiziqarli biznes dunyosiga xizmat qilsin. Ushbu darslikni yozishda o‘zbek modeli tamoyillarining kivintessensiyasini, ya’ni eng muhim, asosiy mag‘zini o‘z ichiga olgan iqtisodiy yo‘nalishlar ifoda etilgan iqtisodiy islohotlar konsepsiyasida ijobiy yoritilgan erkin bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplarini himoyalashdan iborat bo‘lgan muammolar: • Xususiy mulkchilikni keng rivojlantirish; • Erkin tadbirkorlikni qo‘llab – quvvatlash; • Bandlikni ish bilan ta’minlab, ishsizlar sonini kamaytirish; • Korxonalarni texnika – texnologiyalarini rivojlantirish; • O‘zbekistonda mahsulot ishlab chiqarishni yaxshi yo‘lga qo‘yish; • Xorijiy mamlakatlar investitsiyasini va innovatsiyasini keng qo‘llash; • Iqtisodiy o‘sish va mehnat unumdorligini oshirish; • Soliq tizimini va davlat xarajatlarini yo‘lga solish; • Kambag‘allik darajasini pasaytirish va aholi daromadlar miqdorini oshishini qo‘llab – quvvatlash; • Minimal yashash savatini to‘liq, real darajada aniqlash; • To‘lov balansi va xalqaro valyuta sistemasini, halqaro kredit sohasini rivojlantirish; • Eksport va import mahsulotlarini mukammallashtirish; • Hozirgi zamon iqtisodiyot fani talabiga binoan aynan iqtisodiyotda ishlab chiqarishni diversifatsiya qilish; • Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish; • Iqtisodiyotni innovatsiyalash; • Iqtisodiyotga investitsiyalar yo‘naltirish; Shu bilan birga milliy iqtisodiyotni yangi texnologiyalar bilan ta’minlash zarurdir. Raqobat va antitrestlar qonunini tartibga solish va boshqa – boshqa bozor iqtisodiga oid asosiy muammolar taqdiri hal qilinib kelmoqda va bularni yoritishda juda katta yordam berdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling