H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Geografik o‘rni 



qoplangan. Respublikaning g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy qismiga borgan sari 
ulkan tog‘lar pasayib, tog‘ yon bag‘ri tekisliklari go‘zal, hushmanzara 
vodiylarga aylanadi. So‘ng vodiylar tugab, asta-sekin cho‘llar, poyonsiz 
qumliklar boshlanadi. 
Hozirgi O‘zbekiston hududi 1917 yilning oktabr 
inqilobiga qadar ma’muriy jihatdan Turkiston 
general-gubernatorligi (Turkiston o‘lkasi), hamda 
Rossiyaning yarim mustamlakalari bo‘lmish Buxoro amirligi va Xiva 
xonligiga bo‘lingan edi. Asosiy ma’muriy-hududiy birliklar viloyat, uyezd, 
volost va qishloq jamoalaridan iborat bo‘lgan. Xususan, Xiva xonligi 20 
beklik, 2 noiblik va Xiva shahriga bo‘lingan. Beklik va noibliklar o‘z navbatida 
amirlik va masjidlarga bo‘lingan. Buxoro amirligi hududi 28 beklikdan iborat 
bo‘lib, ular amlok va amirliklarga bo‘lingan. 
1917 yilgi oktabr inqilobidan keyin chor Rossiyasi mustamlakachilari 
o‘rnini egallagan sobiq ittifoq respublikalar tuzish niqobi ostida amirlik va 
xonliklarni mahv etib, yaxlit Turkiston o‘lkasini parchalab tashladi. 
1918 yil 30 aprelda Sho‘rolar – O‘lka s’ezdida tasdiqlangan Rossiya 
Federatsiyasining «Turkiston Sovetlar Respublikasi to‘g‘risida Nizom» da 
Turkiston Respublikasining davlat tuzumi, uning hududiy chegaralari 
belgilandi. 1924 yilga kelib Turkiston ASSR 6 viloyatga: Sirdaryo, Samarqand, 
Farg‘ona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo viloyatlari, 30 uyezd 
va 473 volostga bo‘lib tashlandi. 
1920 yil aprelda Xorazm Xalq Sovet Respublikasi e’lon qilinib, 
konstitutsiya qabul qilindi. Respublikaning butun hududi 28 tumanga bo‘lindi. 
1924 yili respublika 3 viloyat (Qozoq – Qoraqalpoq, Yangi Urganch, 
Toshhovuz) va Xiva tumaniga bo‘lindi. Viloyatlar sho‘ro (volost) larga 
taqsimlandi. 1920 yil 8 oktyabrda sobiq Buxoro amirligi Buxoro Xalq Sovet 
Respublikasi deb e’lon qilindi. Respublika hududi 15 viloyat, 58 tuman va 197 
kengashga bo‘lindi. Shunday qilib, O‘rta Osiyoda sotsialistik deb atalgan uch 
davlat: Turkiston ASSR, BXSR va XXSR paydo bo‘ldi. Ammo yangi 
mustamlakachilarni bu ham qanoatlantirmadi. Endi ular mustamlakani 
boshqarishning ancha qulay shakliga – «Milliy-hududiy chegaralanish» 
deyilgan keyingi bosqichiga o‘tdilar. 
1924 yilda milliy hududiy chegaralanish natijasida O‘rta Osiyoda 
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (O‘zSSR) tuzildi. 1924 yildan 
1929 yilgacha Tojikiston ASSR ham O‘zSSR tarkibida bo‘lgan. 
1925 yil 29 yanvardan respublikada yagona ma’muriy bo‘linish joriy 
qilindi. Markazi Samarqand shahri bo‘lgan O‘zSSR 7 viloyat (Samarqand, 
Toshkent, Farg‘ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm) ga, 22 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling