H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Vasiliy Leontev
8 O‘ZBEKISTON HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat! Islom Karimov Yer qurrasining umumiy maydoni 510,2 mln.km 2 , shu jumladan, suv manbalari – 361,06 mln.km 2 . yer maydoni 148,6 mln.km 2 . Tinch okeani (dengizlari bilan) – 179,7 mln.km 2 ; Atlantika okeani (dengizlari bilan) – 93,36 mln.km 2 ; Hind okeani (dengizlari bilan) – 74,9 mln.km 2 ; Shimoliy muz okeani (dengizlari bilan) – 13,1 mln.km 2 ; Yer yuzi aholisi 7,94 mlrd. kishi Yer yuzida 197 ta yirik, o‘rta va kichik mamlakatlar mavjud. O‘zbekiston Markaziy Osiyoning o‘rta va shimoliy qismida joylashgan. Shimoliy - sharqda Qirg‘iziston, shimol va shimoli-g‘arbda Qozog‘iston Respublikasi, janubi- g‘arbda Turkmaniston, janubi-sharqda Tojikiston Respublikasi, janubda qisman Afg‘oniston bilan chegaradosh. O‘zbekistonning eng shimoliy nuqtasi shimoli- sharqda Ustyurt platosi, Orol dengizining g‘arbiy sohilida (45° 36 shimoliy kenglik), eng janubiy nuqtasi – Surxondaryo viloyatining Termiz shahri yonida (37° 11 shimoliy kenglik), g‘arbiy nuqtasi – Ustyurt platosida (56° sharqiy uzunlik), sharqiy nuqtasi – Farg‘ona vodiysining janubi-sharqida va Qirg‘iziston Respublikasi chegarasida (37° 10 sharqiy uzunlik). Shimoliy va janubiy chekka nuqtalar orasidagi masofa 925 km, g‘arbiy va sharqiy nuqtalar orasi esa 1400 km. O‘zbekiston Respublikasi maydoni 447,4 ming kv.km. Respublika hududi janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga cho‘zilgan bo‘lib, shu yo‘nalishda yirik daryolar oqimiga mos pasayib boradi. Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasida – Ustyurt bilan Qizilqum oralig‘ida Orol dengizi joylashgan. Respublika maydonining qariyb 4/5 qismi tekislik, oz qismi tog‘, adir va tog‘ oldi hududlaridan iborat. O‘zbekiston hududidan Markaziy Osiyoning eng katta daryolari – Amudaryo va Sirdaryo oqib o‘tib, Orol dengiziga quyiladi. Bu ikki azim daryo oralig‘idagi hudud Turon pasttekisligi deb ataladi. Bu tekislikning ko‘p qismi Qizilqumdan iborat, ba’zi joylarda qirlar uchraydi. Respublikaning sharqiy va janubi-sharqiy qismida Tyanshan, Oloy, Turkiston, Zarafshon va Hisor tog‘lari bor. Bu tog‘lar orasida Farg‘ona, Zarafshon, Kitob- Shahrisabz, Surxon-Sherobod, Chirchiq-Ohangaron kabi vodiylar joylashgan. Vodiylar sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, aholining asosiy qismi shu yerlarda yashaydi. Tog‘larning cho‘qqilari muzliklar, doimiy qor qatlamlari bilan Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling