H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi (2020)


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi (2020) 
Maydoni
(m
in
g
km
2

Aholi
si
(m
in
g
ki
shi

Qishloq
tu
m
anl
ari
so
ni
Shaharl
ar
soni
Shaharc
hal
ar
soni
Ma’
m
uriy
m
ark
az

Qishloq
(
ovul

soni
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
166.6 
1 923.7 
14 
10 
26 
Nukus 
138 
Andijon viloyati 
4.3 
3 188.1 
14 
11 
78 
Andijon 
90 
Buxoro viloyati 
40.2 
1 947.1 
11 
11 
62 
Buxoro 
120 
Jizzax viloyati 
21.2 
1 410.5 
12 

42 
Jizzax 
100 
Navoiy viloyati 
111.1 
1 013.6 


36 
Navoiy 
58 
Namangan viloyati 
7.4 
2 867.5 
11 

120 
Namangan 
99 
Samarqand viloyati 
16.8 
3 947.7 
14 
11 
88 
Samarqand 
125 
Sirdaryo viloyati 
4.3 
860.9 


21 
Guliston 
68 
Surxondaryo 
viloyati 
20.1 
2 680.8 
13 

114 
Termiz 
865 
Toshkent viloyati 
15.2 
2 975.9 
14 
16 
97 
Toshkent 
146 
Farg‘ona viloyati 
6.8 
3 820.0 
15 

197 
Farg‘ona 
161 
Xorazm viloyati 
6.1 
1 893.3 
10 

58 
Urganch 
98 
Qashqadaryo 
viloyati 
28.6 
3 335.4 
13 
11 
123 
Qarshi 
148 
Toshkent shahri 
0.36 
2 694.4 
11 

Toshkent 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
448.9 
34.6 mln. 
157 
114 
1062 
Toshkent 
(poytaxt) 
2216 
 
Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda davlat rahbari bo‘lgan, uning 
ichki va tashqi siyosatini o‘tkazib, shu millat, davlatning har tomonlama 
rivojlanishida o‘zlarining katta hissasini qo‘shgan shaxslar quyidagilar: 
Islom Karimov (1938-2016) – Davlat va siyosat arbobi. O‘zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti. 1960 yildan «TashSelMash» zavodida 
avval master yordamchisi, so‘ng master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961 yildan 
V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida 
muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimlarida faoliyat olib borgan. 
1966 yildan O‘zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy 
etish bo‘limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat plan komiteti 
raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983 yilda 


12 
O‘zbekiston moliya vaziri, 1986 yilda esa O‘zbekiston Ministrlar Soveti 
raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi bo‘ldi. 
1986 yil dekabrdan O‘zbekiston KP Qashqadaryo viloyati partiya 
komitetining birinchi kotibi, 1989 yil iyundan O‘zbekiston KP MK birinchi 
kotibi lavozimlarida ishladi. 1990 yil 24 martdagi O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan 
bo‘lsa, 1991 yil 29 dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o‘tkazilgan 
umumxalq saylovida ham eng ko‘p ovoz olib, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-
moddasiga muvofiq ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
mahkamasining raisi ham bo‘ldi. I.A.Karimov 1991 yil 31 avgustda 
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. 
I.A.Karimov O‘zbekiston davlat tuzumini mustaxkamlashda, respublikaning 
ichki va tashqi siyosatini o‘tkazish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda 
jonbozlik ko‘rsatmoqda. 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) 
bilan I.A.Karimovning Prezidentlik kafolati 2000 yilgacha uzaytirildi. 2000 yil 
9 yanvarda o‘tkazilgan saylovda esa I.A.Karimov yangi muddatga O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti etib saylandi.
Sobiq SSSR siyosiy va iqtisodiy jihatdan parchalangandan keyin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shaxsan bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishda “O‘zbek modeli” deb dunyoviy nom olgan iqtisodiy 
modelning muallifi, ilmiy asoschisi bo‘lib qoldi.
I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi ijtimoiy-
iqtisodiy siyosati, madaniy va ma’naviy rivojlanishiga bag‘ishlangan qator 
asarlarning 
muallifidir. 
«Istiqlol yo‘li: muammolar va rejalar», 
«O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston - kelajagi 
buyuk davlat», «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos 
yo‘li», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «O‘zbekiston iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «Istiqlol va madaniyat», «O‘zbekiston 
XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod vatan, erkin 
va farovon hayot – pirovard maqsadimiz», «Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch», «Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi. O‘zbekiston sharoitida uni 
bartaraf etish yo‘llari va choralari», «O‘zbekiston Mustaqillikka erishish 
ostonasida» va boshqa o‘nlab asarlar shular jumlasidandir. Islom 
Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Qaxramoni, O‘zbekiston FA 
akademigi (XII bobda batafsil berilgan) kabi unvonlar sohibidir. 


13 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling