H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Fayzulla Xo‘jayev (1896 – 1938) – Davlat va siyosat arbobi. 1917 yildan 
yosh buxoroliklar partiyasi MK a’zosi. 1920 yilda inqilobchi yosh buxoroliklar 
Turkiston markaziy byurosi raisi bo‘lgan. Buxoro amiriga qarshi xalq qurolli 
qo‘zg‘oloni rahbarlaridan biri. 1920 – 1924 yillarda Buxoro Xalq Sovet 
Respublikasi Nozirlar kengashi raisi. Ayni vaqtda tashqi ishlar komissari, 
so‘ngra harbiy komissari, Turkiston Fronti revolyutsion harbiy Kengashi raisi 
va Buxoro KP MK a’zosi. 1922 yildan RKP (b) MK O‘rta Osiyo byurosi 
a’zosi, 1925 yildan O‘zSSR XKS raisi. 1938 yilda qatag‘on qurboniga 
aylangan. 
 
 


15 
SO‘Z BOSHI 
Ushbu kitob jamiyatimizning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishiga sezilarli 
hissa qo‘shayotgan eng asosiy fanlardan biri - iqtisodiyot nazariyasi fanidan 
darslikdir. Ma’lumki, XX asr tabiat, jamiyat, insoniyat bosib o‘tgan oldingi 
davrlardan tarixiy o‘zgarishlari jihatidan katta farq qiladi. Bizning yangi 
eramizgacha bo‘lgan davr va yangi eramizning har bir asri, o‘tmishi o‘zining 
asosiy tarixiy voqeligiga egadir. Buni hech qachon, hech qanday mohiyat
shakl-mazmun bilan inkor etib bo‘lmaydi, ya’ni o‘tgan har bir asr, davr, 
o‘tmish o‘ziga xos xususiyatga ega. Masalan, ilk jamoa ishlab chiqarish usuli, 
urug‘-aymoqlik ishlab chiqarish usuli, ibtidoiy jamoa ishlab chiqarish usuli, 
osiyoviy ishlab chiqarish usuli, quldorlik jamiyati ishlab chiqarish usuli, 
feodalizm ishlab chiqarish usuli, absolyutizm davridagi ishlab chiqarish usuli, 
kapitalizm, imperializm, davlat monopolizmi, sotsializm davridagi ishlab 
chiqarish usullari - bularning hammasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan 
va natijada fan-texnika, madaniyat ya’ni dunyoviy sivilizatsiyaning 
rivojlanishiga olib kelgan.
Shu bilan birga izohlanayotgan mazkur fanimizning tarixi ham boshqa 
fanlar kabi uzoq o‘tmishdagi boy tafakkurni, g‘oyaviy, ilmiy-nazariy xazinani 
o‘z ichiga oladi. Bu an’anaviy siyosiy iqtisod, keyinchalik iqtisod nazariyasi 
fanining tarixan shakllanish jarayoniga muvofiq ketma-ket mantiqiy ravishda 
ishlab chiqarish usullarining o‘zgarishi, yangilanib turishi yuz bergan, ya’ni 
yetuk ishlab chiqarish munosabatlari va rivojlangan ishlab chiqarish kuchlari 
yuzaga kelgan. Iqtisodiy kategoriya va qonunlar paydo bo‘lgan. O‘tgan davrlar 
ichida kishilik jamiyatida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan.
An’anaviy siyosiy iqtisod - iqtisod nazariyasi fanining asoschilari sifatida 
avvalo, Ksenofont (eramizdan avvalgi 430 - 354 yillar), Platon (Aflotun) 
eramizdan avvalgi 427 - 347 yillar, Aristotel (Arastu) eramizdan avvlagi 384 - 
322 yillar va boshqalarni keltirish mumkin.
Merkantilizm XV - XVI asrlar o‘rtalarida yuzaga kelgan, uning vakillari 
– U.Stafford (Angliya), G.Skaruffi (Italiya), T. Man (Angliya), A.Serra 
(Italiya), A.Monkreten (Fransiya)lar bo‘lgan. Umuman «Siyosiy iqtisod - 
iqtisod nazariyasi» atamasining paydo bo‘lishi merkantilizm bilan bog‘liq. 
Bu ibora fransuz merkantilisti A.Monkreten tomonidan 1615 yilda «Siyosiy 
iqtisod traktati» degan kitobi bilan muomalaga kiritilgan. Merkantilistlar 
asosiy e’tiborni muomala sohasiga qaratgan. Shu sababdan ular «Siyosiy 
iqtisod - iqtisod nazariyasi» fanini savdo balansi to‘g‘risidagi fan, uning asosiy 
vazifasi «ko‘proq sotmoq-kamroq xarid qilmoq» deganlar. Fizokratlar 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling