H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

ishlab chiqarish bahosi nazariyasini yaratgan, tovar muomalasidagi 
ziddiyatlarni, tovarda mujassam bo‘lgan mehnatning ikki yoqlama xarakteri, 
tovar ishlab chiqarishda harakat qonuni sifatida qiymat qonunini va 
boshqalarni shakllantirgan edi. K.Marks qiymat va almashuv qiymati 


17 
o‘rtasidagi farqni tushuntirib, qiymat shaklining evolyutsiyasiga o‘z tavsifini 
berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida eng yuksak nafli va eng yuksak ishlab 
chiqarish unumdorligi nazariyasi (marjinalizm) shakllandi. Bu nazariyaning 
asoschilari Avstriya maktabining vakillari Karl Menger, Fridrix fon Vizer, 
Oygen fon Byom-Baaverk bo‘lgan. Keyinchalik Alfred Marshal, Leon Valras, 
Eduard Bernshteyn va boshqa iqtisodchilar o‘zlarining nazariyalari bilan 
iqtisodiyot nazariyasi fanini yanada rivojlantirdilar.
Jon Meynard Keyns (1883 -1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi» asarida iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishlarini 
asoslab bergan. XX asrda institutsionalizm konsepsiyasi ham o‘zining har xil 
modifikatsiyasini topdi. Ularning asosiy vakillari amerikalik B.Veblen, Djon 
R.Kommons, Ronald Kouz, Jeyms Byukenen va boshqalar bo‘lgan. Iqtisodiyot 
nazariyasi fanining rivojlanishiga XX asrdagi iqtisodiy liberalizm vakillari, 
jumladan: avstriyalik professor Lyudvich fon Mizes, amerikalik professor 
Fridrix Avgusto fon Xayeklar ham o‘zlarining munosib ulushlarini 
qo‘shishgan. 
Amerikalik Vasiliy Leontev ham iqtisodiyot nazariyasi fanining 
rivojlanishiga o‘zining «xarajat - ishlab chiqarish» modeli bilan salmoqli hissa 
qo‘shgan. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Monetarizm 
konsepsiyasining ahamiyati kattadir. 
Umuman, dunyo miqyosida ko‘zga ko‘ringan uchta taniqli iqtisodchi: 
Adam Smit, Karl Marks va Jon Meynard Keynslar iqtisodiyot nazariyasi 
fanining shakllanishi hamda rivojlanishida asosiy rol o‘ynagan shaxslardir. 
Shulardan Karl Marks eng ko‘p, asosiy ilmiy taraqqiyotga erishdi va o‘zining 
«Kapital» (1867) asarida iqtisodiyot nazariyasi fanining hamma savollariga 
javob bergan.
Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo tarixida ham 
siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy 
bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk allomalar ko‘p bo‘lgan. 
Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja 
Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, 
Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa 
buyuk ajdodlarimiz o‘zlarining dunyoqarashlari, ilm-tafakkurlari bilan jahon 
rivojiga munosib hissa qo‘shganlar va xalqimizning milliy iftihori bo‘lib 
qolganlar. 
Uzoq o‘tmishda o‘zbek xalqining ilg‘or mutafakkirlari olib borgan 
tadqiqotlar, 
ularning 
kashfiyotlari 
jahon 
umuminsoniyat 
fani 
va 
madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan 


18 
buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoga mashhur. Buyuk matematik 
va astronomlar - al-Xorazmiy, Farg‘oniy, Javhariy, Marvaziy, Mirzo 
Ulug‘bek; faylasuf va islohiyotchi huquqshunoslar – al-Forobiy, Marg‘iloniy, 
Nasafiy; tilshunos va shoirlar – Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, 
Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘pgina ulug‘ zotlar shular 
jumlasidandir. Ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk 
hissalari hozirgi kunda ham butun dunyoga ma’lum va mashhur. 
Albatta, ularning bu hissalarini iqtisodiyot nazariyasi fanining 
shakllanishiga, boyitilishiga, iqtisodiy sivilizatsiyaga, iqtisodiy taraqqiyotga 
qo‘shgan katta ulushlari, deb bemalol aytsa bo‘ladi. 
Yuqorida nomlari keltirilgan “Siyosiy iqtisod - iqtisodiyot nazariyasi” 
fani asoschilari mazkur darslikning kerakli boblarida har tomonlama, keng 
ko‘lamda talqin qilingan.
Iqtisodiyot nazariyasi fanida asosiy o‘rin shu fanning predmetini tadqiq 
qilishga, aniqlashga qaratilgan. Ammo shuni ham aytish zarurki, ba’zan 
qarama-qarshi nuqtai nazarlarga duch kelinadi. Shu sababli, avvalo, asosiy 
e’tiborni iqtisodiyot nazariyasi fanining an’anaviy tushunchasini aniqlashga 
qaratish kerak. Buning mohiyati - iqtisodiyot nazariyasi moddiy farovonlik 
sababini o‘rganishga qaratilganligini anglatadi. Bu yerda «moddiy» va 
«iqtisodiy» degan so‘zlar sinonim sifatida foydalaniladi, ya’ni, millat moddiy 
farovonligining o‘sishiga olib keluvchi hamma narsa iqtisodiyot nazariyasi 
fanining predmetiga kiritilishi shart, qolganlari esa uning doirasidan tashqarida 
qoladi. Ammo bu chindan ham shundaymi? Masalan, duradgorning va 
musiqachining ish haqini oliylik. Birinchisining mehnati moddiy boylikni 
oshirishga da’vat etilgan . ikkinchisining mehnati esa bunday emas. Lekin 
ikkalasining ham mehnati ish haqi olishga qaratilgan va ayirboshlash doiraviy 
aylanishiga kiradi. Ish haqi nazariyasi ham ikki holda qo‘llaniladi. Bu yerda 
ikkala kasb egasining ham mehnati talab ob’ekti bo‘lgani sababli iqtisodiy 
sub’ektlar uchun qiymatga ega bo‘ladi. Bunday holda «iqtisodiy» va 
«noiqtisodiy» tushunchalar shunday «moddiy farovonlikka yetaklovchi» va 
shunday «nomoddiy farovonlikka yetaklovchi» deb izohlash mumkin.
Moddiy maqsadlarga yetishish uchun jamiyat qancha ko‘p resurslar 
ajratsa, millat shuncha boy bo‘ladi. Ammo jamiyat mutlaqo aniq moddiy 
muvoffaqiyatga erishish vazifasini hal etishda hamisha cheklangan resurslarni 
«iqtisodiy» vam «noiqtisodiy» munosabatlar o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq 
muammolarga duch keladi. Agar «nomoddiy ishlab chiqarish» iqtisodiy 
tadqiqot doirasidan chetda bo‘lsa, unda, ishlab chiqarish nazariyasining asosiy 
muammolaridan biri - tanlash muammosi iqtisodiy tahlil doirasidan chetda 
qolardi.


19 
Agar iqtisodiyot nazariyasi fanining manfaati faqat moddiy boylik bilan 
cheklansa, real amaliyotga qarama-qarshi bo‘ladi. Hozirgi dunyoning 
rivojlangan mamlakatlarida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish bozor uchun 
ishlaydiganlarning yarmidan kamrog‘i band bo‘lgan nomoddiy xizmat sohasi 
o‘zining ishlab chiqarish qiymatiga ko‘ra, tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan 
allaqachon o‘zib ketgan. Ko‘pincha «moddiylik»ka kamroq kuch bilan 
yondashilganda ilmiy ishlab chiqarishga munosabat namoyon bo‘ladi. Buning 
natijasida moddiy shakl emas, balki g‘oya, tamoyil, model haqidagi tushuncha 
vujudga keladi. Lekin, moddiy va nomoddiy boyliklarning ishlab chiqarishga 
va iste’molga taqsimlanishi, ko‘proq xilma-xil «moddiylashuvi» bu –ilmiy 
mahsulotning nomoddiyligi tufayli emasmikan?
Ilmiy asosda rivojlangan ishchi kuchini shakllantirishda, turli xil faoliyat 
bilan shug‘ullanuvchi, har xil qobiliyatga ega bo‘lgan inson va uning bizni 
o‘rab turgan turli-tuman moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishida ta’lim, 
tibbiyot va madaniyatning ahamiyati katta.
Albatta, iqtisodiyot nazariyasi faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan 
chegaralanib qolmaydi. Balki hamma ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
qimmatbaho narsalarni yaratish bilan bog‘liq, u tovar shaklini qabul qiladimi-
yo‘qmi, hammasini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, iqtisod fanini qandaydir 
universal ijtimoiy fan sifatida e’tirof qilib bo‘lmaydi, lekin bu fanning ilmiy-
tadqiqot usullari hamma gumanitar fanlar sohasida, shubhasiz, katta 
ahamiyatga ega. Ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda iqtisod fani asosiy o‘rin 
egallaydi, lekin bu qat’iyan va uzil-kesil, degani emas.
Agar insoniyat tarixiga odamlar turmush darajasi o‘sishini ta’minlash 
nuqtai nazaridan qaralsa, ming yillar davomida ular bu murakkab vazifani hal 
etishning zarur shakl va uslublariga ega bo‘lganligini, tajriba va bilim 
to‘plaganligini sezish mumkin. Natijada, odamlar va ularning fe’l-atvori 
o‘rtasida murakkab tizim munosabatlari shakllangan, insoniyatning yashashi 
va taraqqiyoti uchu sharoitlar yaratilgan. Bunday tizim iqtisod deb atalgan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling