H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiya ko‘lami yoki foiz me’yori qanday bo‘lishi mumkin
Iqtisod - bu odamlarni moddiy sharoit, ma’naviy boyliklar bilan ta’minlash
imkonini beradigan faoliyat turidir. Unga ijtimoiy tizim shakllanadigan, tabiat in’om etgan resurslar, mehnat resurslari va ehtiyojlar, ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va miqdoriy tavsifi oldindan belgilanib qo‘yiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy burchi, birinchidan, ishlab chiqarish va muomala jarayonlarini ta’riflash va tushuntirishdan, ikkinchidan, xo‘jalik sub’ektlarining iqtisodiy fe’l-atvorini izohlashdan iboratdir. Har ikkala holda ham biz, avvalo, iqtisodiyot nazariyasi me’yoriy iqtisod bilan ish yuritamiz. Iqtisodiyot nazariyasi faktlarni, sharoitlarni, iqtisodiy sohadagi munosabatlarni, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘proq xo‘jalik faoliyati, 20 boshqa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar bilan ta’riflaydi. Bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiy nazariya (pozitiv) jamiyatning xo‘jalik hayotidagi hodisa va jarayonlar mazmunini, iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini ochib beradi. Me’yoriy iqtisod siyosiy iqtisod bilimini qo‘llab, iqtisodiy hodisalarni va jarayonlarni ma’naviy hamda qiymat jihatidan baholashni o‘z ichiga oladi. Faraz qilaylik: Inflyatsiya ko‘lami yoki foiz me’yori qanday bo‘lishi mumkin? Soliq solish tizimi orqali davlat budjetining daromadlar qismini ham ta’minlanganlar foydasiga qayta taqsimlash kerakmi? Mudofaa uchun sarf-xarajatlarga javob siyosiy tanlov yo‘li bilan beriladi. Natijada, shunday xulosaga kelish mumkin, ya’ni nazariy (pozitiv) iqtisod bilim va iqtisodiy qonunlar harakati bilan shug‘ullansa, me’yoriy iqtisod ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadi. Iqtisodiy tizim tabiiy resurslarni jamiyat iste’moli uchun yaroqli moddiy boylik sifatida o‘zgartirib turadi. Bu degani, iqtisod birinchi navbatda tabiat va inson o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Aslida esa, insonning o‘zi tabiatning bir parchasidir, ayni vaqtda iqtisodiy-ijtimoiy tizimning bir qismi, u jamiyatdagi ob’ektiv ehtiyojlarga muvofiq harakat qiladi. Ikkinchidan, tamaddunning rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boylik yaratadi, ishlab chiqarish jarayoni mehnat faoliyatini realizatsiya qilish sifatida uzluksiz davom etishini ikki yoqlama, ya’ni shaxslarning jismoniy imkoniyatlarini takror ishlab chiqarish sifatida va ularning hayoti hamda faoliyatining aniq usuli sifatida ko‘rib chiqamiz. Insonlarning atrof-muhitga qaramlikdan chiqishiga, rivojlanishiga, jasorat ko‘rsatishiga iqtisodiy faoliyat katta yordam beradi. Bunda hamma narsa birinchi navbatda fan-texnika taraqqiyotiga asoslangandek ko‘rinadi. Lekin bu ham to‘g‘ri emas. Fan va texnika taraqqiyotining o‘zi jamiyat ko‘lamida, atigi iqtisodiy mexanizmlarning harakati doirasida ro‘y beradi. Iqtisodiy Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling