H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


yo‘nalishining vakili Fransua Kene


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

yo‘nalishining vakili Fransua Kene (1694-1774), asosiy ixtisosligi vrach-
tibbiyot xodimi bo‘lishiga qaramasdan, 60 yoshida o‘z amaliyotini davom 


16 
ettira borib, siyosiy iqtisod bilan ham shug‘ullandi va XVIII asrda uni iqtisodiy 
rivojlantirib, yangi ilmiy fiziokratiya maktabining asoschisi bo‘ldi. Bu 
harakatning paydo bo‘lishi oddiy tovar ishlab chiqarishga keng imkoniyat 
yaratib berdi. Natural xo‘jalikni barbod qilib, kapitalistik iqtisodiy 
munosabatlarning rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Bu o‘z navbatida 
burjuaziyaning klassik ilmiy siyosiy iqtisod maktabi paydo bo‘lishiga olib 
keldi. Yangi iqtisodiy maktabning asoschilari Uilyam Petti, Adam Smit va 
David Rikardolar bo‘lishdi, ular merkantilistlar va fiziokratlar 
yo‘nalishlarida sodir etilgan ilmiy va nazariy xatolarni to‘g‘irladilar.
Iqtisodiy tafaukkur tarixida, ehtimol, Adam Smit (1723 - 790) kabi dunyo 
miqyosida shon-sharafga erishgan olim bo‘lmaganligi tufayli mana ikki asrdan 
ko‘proq vaqt mobaynida uning hulosalari ko‘p tanqidga uchragani va 
amaliyotda hayotning o‘zi rad qilganiga qaramay yashab kelmoqda.
Klassik burjuaziya siyosiy iqtisodining asoschilaridan biri Uilyam Petti 
(1623-1687) bo‘lib, u A.Smitdan avval boylik manbai muomala sohasi emas, 
balki ishlab chiqarish sohasi deb, qiymatning mehnat nazariyasiga asos 
solgan, siyosiy va tabiiy baholar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bergan edi, ya’ni 
siyosiy baho deganda u bozor bahosini, tabiiy baho deganda tovar ishlab 
chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdorini nazarda tutgan. Uning 
aniqlashicha, boylikning otasi - mehnat, onasi - yer bo‘lgan.
A.Smitning munosib izdoshi David Rikardo (1772-1823) bo‘lib, u ingliz 
klassik siyosiy iqtisodini nihoyasiga yetkazgan va ingliz siyosiy iqtisodining 
asoschisi deb tanilgan. U qiymatning mehnat nazariyasini ta’riflab bergan.
Jan Batist Sey (1767 - 1832), Jan Sharl Leonar Simond de Sismondi (1773 
- 1842), Anri Sen-Simon (1760 - 1825), Sharl Fure (1772 - 1837) o‘z vaqtida 
«Siyosiy iqtisod - iqtisod nazariyasi» fanining asoschilari bo‘lishgan. Keyingi 
tamoyildagi iqtisodiyot nazariyasi bu - markscha siyosiy iqtisoddir. Bu 
tizimning asoschilari - Karl Genrix Marks (1818 - 1883) va Fridrix Engels 
(1820 - 1895)lar hisoblanishadi. Qiymatning, mehnat nazariyasining 
shakllanishini mantiqiy ravishda davom ettirib, K.Marks shunday xulosa 
chiqargan: “agar boylikning yagona manbai mehnat bo‘lsa, unda ishlab 
chiqarishda qatnashmaydigan kapitalistlarning foydasi va yer egalarining 
foydasi ham, rentasi ham ishchilar yaratgan qiymatning bir qismi bo‘lib, ishlab 
chiqarish vositalarining va yer egalarining tekin o‘zlashtiruvidir”. Qiymatning 
bu qismini K.Marks qo‘shimcha qiymat, deb atagan va o‘z konsepsiyasida 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling