H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’limoti


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

1.4. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’limoti. 
Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-354 yillar). U o‘zining asarlarida 
natural xo‘jaliklarni mustahkamlash uchun quldorlarning tovar-pul 
munosabatlarini rivojlantirishga intilishni aks ettirdi. Ksenofont mehnat 
taqsimoti va bozor hajmi o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatib, mahsulotlarni 
almashish qiymatining iste’mol qiymati bilan baravarligini pulning muomala 
vositasidan tashqari jamg‘arma vazifasini bajarishini ma’qullagan.
Aflotun (Platon) (eramizdan avvalgi 427-347 yillar). Gretsiya 
Peloponnes urushidan keyin tanazzulga uchradi. Sinfiy kurashlar keskin 
kuchaydi. Aflotun o‘z oldiga aslzodalar ahvolini mustaxkamlash vazifasini 
qo‘ydi. Va ularning manfaatini ta’minlashga harakat qildi. Shu maqsadda u 
«Siyosat va davlat» degan kitobini yozdi. 
U jami aholini uch toifaga bo‘lib chiqdi. Birinchi va ikkinchi toifaga 
davlatni boshqaruvchilar, faylasuflar va jangchilar, ya’ni davlat apparatini 
boshqaruvchilar kirdi. Ular hech qanday mulkka ega bo‘lmasligi, iste’mol ular 
uchun ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lishi lozim edi. Mulkka ega bo‘lish faqat 
uchinchi toifaga, ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarga ruxsat 
etilardi. 
Arastu (Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) qadimgi 
Gretsiyada quldorlik g‘oyasining eng asosiy himoyachisi bo‘lgan. Jamiyatning 
o‘sha davrda qul va quldorlarga bo‘linishini u kishilarning tabiiy farqi deb 
tushuntirgan. Arastu quldorlar xo‘jaligini mustahkamlash uchun o‘rtacha 
ta’minlangan quldorlar sinfini mahkamlash, davlat yordami bilan adolatli 
almashuvni ta’minlash zarur deb hisoblagan. Arastu shu nuqtai nazardan kelib 
chiqib, noqulay bo‘lishiga qaramay birinsi marotaba almashuv qiymatini tahlil 
qildi: ya’ni «5 etik uyga». Bu bilan Arastu uy quruvchi bilan etikdo‘z 
mehnatini bir-biriga solishtirgan holda ularni tenglashtiradi.


41 
Arastu shunday deydi: «Munosabat, aloqa almashuvsiz mumkin emas
almashtirish ham narxlarni baravarlashtirishsiz mumkin emas, shunday ekan, 
baravarlash ham narsalarni tenglashtirishsiz mumkin emas.»
Shunday qilib, almashuv baravarlashtirishsiz mumkin bo‘lmaganidek, 
baravarlashtirish ham o‘lchovsiz bo‘lishi mumkin emas. 
Arastu aytganidek, shubhasiz pulda o‘lchov qiymati bo‘lgan. Ya’ni 
hamma almashish uchun chiqarilgan narsalar ma’lum daradaja teng bo‘lishi 
shart, buning uchun vositachi sifatida tanga-chaqa joriy etilgan. Bu hammasini 
o‘lchaydi va aniqlaydi. U, albatta, shu asnoda, qiymat zamirida qanday mehnat 
turganligiga uncha ahamiyat bermagan, ya’ni boshqacha qimlib aytganda, aniq 
mehnat bu insonlar mavhum mehnatining shakllanishi ekanligini uncha 
tushunmagan. Arastu taqsimot muammosiga ham ancha e’tibor bergan, 
taqsimotda asosan adolat bo‘lishi kerak, deydi u, lekin bu adolatning tamoyili 
«tengsizga-tengsizlikdir». Bu tamoyilga ko‘ra moddiy boyliklarni jamiyat 
sinflari o‘rtasida taqsimlashdagi adolat ham iloji boricha faqat obro‘-e’tibori 
borlar uchun teng bo‘lishi kerak. Bu adolat-tenglik, biroq bu tenglik hamma 
uchun emas, balki tenglar uchun degan ma’noni bildiradi. Arastu haqiqatan 
ham birinchi marotaba ijtimoiy almashish turmushda mehnat taqsimoti, tovar 
xo‘jaligi, pul, qiymatning ikki turi, taqsimot kabi hodisalar borasida tadqiqot 
olib borgan. Shu bilan birga Arastu xrematistika va iqtisodga ham ahamiyat 
bergan. Xrema - grekcha mulk degani. Bu tushuncha iqtisodga qarama-qarshi 
qo‘yilganligidan foydalangan. Arastu inson o‘z extiyojini qondirish uchun 
xo‘jalik faoliyatini yurgizgani tabiiy hol, deb ta’kidlaydi. Bu Arastuning qadim 
zamon marketingining yuzaga kelishiga dahldor ekanligidan dalolat beradi. 
Arastu xrematistikani xo‘jalik faoliyatiga g‘ayri tabiiy hisoblagan kishilarning 
ehtiyojini qondirishni emas, balki har qanday yo‘l bilan boylik orttirishni 
ko‘zlaydi degan. 
Arastu xrematistika to‘g‘risida yana shunday degan «Savdogarlik 
faoliyati natijasida sun’iy yo‘l bilan boylik to‘plashning hech qachon me’yori 
bo‘lmagan, sababi, maqsad faqat boylik orttirish, pul to‘plashdir. Kimda-kim 
pul oboroti bilan shug‘ullansa, u o‘z kapitalini cheksiz ko‘paytirishga 
intiladi»
34

Hozirgi zamon tili bilan aytganda, Arastu T-P-T shaklini qo‘llagan, 
lekin P-T-P shaklini emas. Birinchi jarayon ijobiy bo‘lib, ikkinchisi esa, Gegel 
aytganidek, yaramas cheksizdir. Arastu sudxo‘rlarni qat’iyan ayblaydi. Arastu 
34
Аристотель. Политика. М.: АСТ, 2018. С.25-26. 


42 
negadir sudxo‘rlikni tabiatning jirkanchli shakli, dunyoparast tarmog‘i degan. 
Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarimizni Arastuning bir yaxshi iborasi bilan 
yakunlaymiz, ya’ni «boylik orttirishning me’yori bo‘lmaydi, bu mulkka egalik 
qilishni iloxiylashtirishdir». 
«Ekonomika - iqtisod» so‘zi ham grek tilidan olingan Ksenofont va 
Arastu davrida «oykonomika» («oykos»-uy xo‘jaligi; «nomos»-qonun, 
qoida)ga dastavval uy xo‘jaligini olib borish to‘g‘risidagi fan deb qaralgan. Bu 
so‘z kundalik hayotga, turmush tarziga o‘sha zamondan boshlab kirib kelgan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling