H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Iqtisodiyot nazariyasiga debocha


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Iqtisodiyot nazariyasiga debocha. Dastavval, iqtisodiyotga qarashlar 
rivojlanmagan ijtimoiy munosabatlarni aks ettirgan, iqtisodiyot haqidagi 
natural xo‘jalikka xos bo‘lgan oddiy tasavvurlar paydo bo‘la boshlagan tovar 
munosabatlari haqidagi ilk farazlar negizida shakllangan. 
Iqtisodiyotga o‘sha davrdagi qarashlar, odatda, o‘zining ijtimoiy 
mazmuniga ko‘ra anchagina keng asarlarning, ilmiy traktatlar va 
hokazolarning tarkibiy qismlaridan, ayrim qoidalardan iborat bo‘lgan tarixning 
antik dunyo, quldorlik va feodalizm davri mutafakkirlarning nazariy iqtisodiy 
hayotning turli jabhalariga: jamiyat taraqqiyotining shakllari va manbalariga; 
jamiyat turli sohalarining roliga; pul, pul muomalasi ilk shakllari va 
kapitalning ilk shakllariga; adolat va iqtisodiy faoliyatning ma’nosiga va 
hokazolarga qaratilgan. 
Iqtisodiy qarashlar o‘rtasidagi natural farq va pul xo‘jaligiga munosabat 
bilan belgilangan. Urush, tobe aholidan o‘lpon undirish natural xo‘jalikni 
himoya qilish boylik manbai hisoblanadi, deguvchi tasavvurlar (Ksenofont, 
Aflotun) pul xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlovchi tasavvurlar (Solon, Perikl) bilan 
yonma-yon kelgan iqtisodiyotga qarashlarni tartibga solish nuqtai nazardan 
olganda, ana shu davrdagi Arastuning (eramizdan avvalgi 384 – 322 yillar) 
mulohazalari alohida e’tiborga molikdir. U boylikning ikki ko‘rinishini – 
«iqtisodiyotni» va «xrematistikkani» alohida-alohida ajratadi. Birinchi ibora 
ostida Arastu boylik – bu foydali buyumlar majmui deb, ikkinchi ibora ostida 
u boylik – bu pul yig‘ish, deb tushunadi. Ana shunday farqlash ortida natural 
va pul xo‘jaligi xususiyatlarini umumlashtirish yotadi. Bundan tashqari Arastu 
fanning ikki xil yo‘nalishini ajratib ko‘rsatadi. Shulardan faqat 
xrematistikagina boylikning pul shakliga harakatni tadqiq etish bilan 
shug‘ullangan.


55 
Iqtisodiy tafakkur tarixning ilk davrida paydo bo‘lgan iqtisodiy qarashlar 
rivojlanishidagi ikkinchi yo‘nalish – iqtisodiy qarashlarning iqtisodiy xatti-
harakatlar va chora-tadbirlarga berilgan anchagina kengroq ijtimoiy baho bilan 
aloqasidir. Mehnatning, boylik va qashshoqlikning roliga qarama-qarshi baho 
berish, adolat nuqtai nazaridan pulning rolini baholash – iqtisodiyotga 
qarashlarning ana shu jihatlarini u yoki bu ko‘rinishida qadimgi va o‘rta asr 
mutafakkirlarining hammasida uchraydi. Pul va ulgurji savdoning rivojlanishi, 
qaror topgan qadriyatlar va me’yorlarning inqiroziga yuz tutishi, muqarar 
ravishda iqtisodiyotning javob reaksiyasini keltirib chiqarishi lozim edi. 
Boylik va ezgulikning bir-biri bilan chiqishmasligi haqidagi (Aflotun), pul 
boylikning «notabiiyligi» haqidagi (Arastu), «boylik bu kambag‘allarni 
tunashning o‘zginasi» ekanligi haqidagi (Avgustin) g‘oyalar o‘rnini bozor 
xo‘jaligi rivojlanganligi sayin «adolatli narxini», «adolatli almashinuvini» 
izlanish (Foma Akvinskiy) egallay boshlagan. O‘rta asr sharoitida 
(kanonistlarning iqtisodiy qarashlari) iqtisodiy xatti-harakatlarini ahloq va 
adolatning xristiancha me’yorlari nuqtai nazaridan baholash, aslini olganda, 
iqtisodiy qarashlarning shakllanishida asosiy mezonga aylanadi. 
Shunday qilib, iqtisodiyot nazariyasi tarixining ilk davrida iqtisodiy 
qarashlarning ikki jihati yaqqol kuzga tashlanadi. Bir jihatdan bu iqtisodiy 
kategoriyalar (tushunchalar) real mazmunning tahlili bo‘lsa, ikkinchi jihati – 
iqtisodiy qarashlar va tushunchalar jamiyati ijtimoiy hayoti bilan uzviy 
aloqasidir. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling