H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Iqtisodiyotning odamlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
2.2. Iqtisodiyotning odamlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi Iqtisodiyot – hayot va faoliyatning bir sohasi sifatida, o‘z ta’rifga ko‘ra, odamlarning alohida, o‘ziga xos munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlari sohasidir. Aynan odamlar, iqtisodiyotning sub’ektlari sifatida, qarorlarni tayyorlaydilar va qabul qiladilar, kapitalni investitsiya qiladilar, ishlab chiqarish vositalari bilan bog‘lanadilar, tovarlarni sotadilar, daromad oladilar, soliqlarni to‘laydilar, faoliyat samaradorligini baholaydilar, daromadlaridan oila-a’zolarini boqish va investitsiyalar uchun foydalanadilar. Aynan iqtisodiyot sub’ektlari ishlab chiqarish va mahsulotlarni almashish, ularni sotib, daromad olish yuzasidan bir-birlari bilan aloqa bog‘laydilar, o‘z daromadlaridan to‘lovlarni o‘tkazibgina qolmay, subsidiyalar, boshqa mablag‘lar olish va hokazolar yuzasidan davlat bilan munosabatlarga kirishadilar. Iqtisodiyotdagi munosabatlar ko‘rinishlari ro‘yxatini yana davom etirish mumkin. Iqtisodiyot rivojlangani sayin iqtisodiy munosabatlar murakkablashib boradi, uning yangi qatnashchilari (sub’ektlari) va munosabatlarining yangicha ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, mahsulotlarni va daromadlarni o‘zlashtirish esa, ana shu jarayoning yangidan-yangi qatnashchilari o‘rtasida amalga oshaveradi. Ularning orasidan, birinchidan, jamiyatning cheklangan resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanish jarayonidagi odamlarning munosabatlari, ikkinchidan, jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘lik, milliy iqtisodiyotning iqtisodiy tuzilishini belgilovchi iqtisodiy munosabatlar alohida ajralib turadi. Odamlarning iqtisodiyotdagi faoliyati institutlar (jamiyat tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar, tartib-qoidalar) doirasida amalga oshirilishi munosabati bilan, iqtisodiy munosabatlarni ham jamiyatning mazkur institutlari shakllanishi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqish zarur. Munosabatlarning ushbu turlarini bir-birini istisno qiluvchi munosabatlar sifatida talqin etish noto‘g‘ri bo‘ladi. Iqtisodiyot sub’ektlarining har biri bir 50 vaqtda va doimo ana shu asosiy turdagi munosabatlarga kirishadi. Iqtisodiyot sohasini tanlagan har bir tadbirkor sarf-xarajatlar va natijalarni baholabgina qolmay, bozordagi o‘z o‘rnini aniqlaydi, ayni vaqtda u daromadni taqsimlash yuzasidan boshqa tadbirkor bilan, mehnatga haq to‘lash yuzasidan xodimlar bilan, soliq to‘lash yuzasidan davlat bilan munosabatlarga kirishadi va hokazo. Munosabatlarning mazkur guruhlarini alohida munosabatlar sifatida nazariy jihatdan ko‘rib chiqish zaruratini quyidagi sabablar taqozo etadi: Agar munosabatlarning birinchi turi iqtisodiyotni cheklangan resurslar sharoitda faoliyat ko‘rsatish nuqtai nazaridan tasvirlasa, iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish sharoitdagi o‘zaro xizmat aloqalarini yoritib bersa, ikkinchi turi boshqa muammolarni diqqat-markaziga qo‘yadi. Bu ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonidagi o‘zaro aloqalardir. Mazkur aloqalar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini yoki uning iqtisodiyoti tuzilishi va tarkibini tavsiflaydi. Faqat keyingi yondashuvda yaratilgan mahsulot va ishlab chiqarish omillarini taqsimlash, qayta taqsimlash muammolari, jamiyat hayoti va faoliyatining ijtimoiy oqibatlari va sharoitlari diqqat-markazida bo‘ladi. Iqtisodiy munosabatlar nafaqat maqbul qarorning tanlanishi yoki ishlab chiqarish omillarining taqsimlanishi ta’siri ostida shakllanadi, ular ishlab chiqarishning texnologik asosi qay darajada rivojlanganligiga ham bog‘liq. Shu munosabatlar orasida texnik-iqtisodiy munosabatlar ajralib turadi. Ularning o‘ziga xos tomoni shundaki, bevosita talab va taklif munosabatlari yoki ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanmaydi, aksincha, ular texnika darajasiga va mavjud texnologiyalariga bog‘liq. Ishlab chiqarish texnikasi taraqqiyoti va ehtiyojlarining qondirilish darajasi mehnat vositalarining mavjudligi va hokazolar bilan belgilanadi. XXI asr boshidagi zamonaviy ishlab chiqarish nafaqat ishlab chiqarishning mashinalashgan uslublardan foydalanishga asoslangan industrial texnologiyalarni, balki ko‘proq postindustrial texnologiyalarni talab qiladi. Texnologiya sohasidagi qoloqlik iqtisodiyotning barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, maqbul qarorlarning erkinligi cheklanadi, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi natijasidagina tizimni rivojlantirish, uni yangi holatga ko‘chirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiy munosabatlar iqtisodiyotni boshqarish ta’siri ostida o‘zgaradi, natijada, tizimni izchil rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. Tashkiliy boshqaruv munosabatlari jamiyat iqtisodiy institutlarning faoliyati orqali amalga oshiriladi, tashkiliy-huquqiy tuzilmalar, muassasalar, huquqiy va boshqa me’yorlar shular jumlasidandir, ular institutsional iqtisodiyot uchun zamin hisoblanadi. Bu, demak, iqtisodiyot turli xil iqtisodiy munosabatlarining murakkab tizimidan iborat, ana shu 51 munosabatlarning hammasi ma’lum bir vaqtda, birgalikda mavjud bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qiladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling