56
ilk asarlarida ham ushbu qoidalar o‘rin olgan.
I.T.Pososhkov
35
(1652 – 1726)
merkantilizmning Rossiyadagi eng yirik vakillaridan biri bo‘lgan, vaholanki,
u boylikning ichki manbalariga ham katta e’tibor bergan.
Muomala sohasiga imtiyoz berish, ishlab chiqarishga, tashqi savdoda pul
boyligini ko‘paytirishning omillaridan biri, deb qarash merkantilistlarning eng
muhim uslubi nuqtai nazaridir. Faqat U.Pettigina muomala jarayonining ishlab
chiqarish bilan aloqasi haqidagi boylikning faqat pul bilan bog‘liq emasligi
haqidagi masalani ongli ravishda, ochiq-oydin o‘rtaga qo‘ydi. Aynan u yer va
mehnatning boylik manbalari deb e’lon qildi, daromad va boylikning o‘sishini
aholi soni o‘sishining vositasi sifatida ko‘ra bildi. U.Pettining
iqtisodiyot
nazariyasi tizimining qaror topishiga qo‘shgan hissasi shundan iboratki, u
birinchi bo‘lib boylik, daromadlarning tashqi ko‘rinishlari
ortida ularning
o‘zaro ichki aloqalarini ko‘ra oldi, buni nazariy jihatidan asoslab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: