H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti 
Har qanday fanning vazifasi kechayotgan jarayonlarni, dalillarni tahlil 
qilishdan, ichki o‘zaro aloqalarini ochib borishdan, hodisalarni o‘zgarish 
qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlashdan iborat. Iqtisodiyot nazariyasi ham 
bundan mustasno emas. Iqtisodiyot nazariyasining butun tarixiy bosib 
o‘tayotgan yo‘li jamiyat iqtisodiyot hayotini yaxlit, izchil tahlil qilish, 
rivojlanish tamoyillarini tafsiflash, tushuntirish va oldindan ko‘ra bilishga, 
iqtisodiyot hayot qonuniyatlarini aniqlashga, eng maqbul iqtisodiy 
qarorlarning usullarini asoslashga intilish yo‘li bo‘lganini ko‘rsatadi. 
Iqtisodiyot nazariyasi, boshqa ijtimoiy fanlar kabi tabiiy fanlardan farq 
qiluvchi bir qator xususiyatga ega, birinchidan, iqtisodiyot nazariyasi 
odamlarning faoliyati bilan bog‘liq, shu tufayli ijtimoiy fan hisoblanadi, tabiiy 
fanlardan farqli ravishda odamlarning irodasi va ongida bevosita 
ifodalanmagan hodisa va jarayonlarini o‘rganadi. Ikkinchidan, iqtisodiy xatti-
harakatlar, ya’ni iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy manfaatlar va mafkura bilan 
uzviy bog‘liq. Bu iqtisodiyot nazariyasi oldiga boshqa ijtimoiy fanlar va ilm 
sohalariga: jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, tarix va hokazolarga 
muntazam murojaat etib turish vazifasini qo‘yadi. Uchinchidan, iqtisodiyot 
nazariyasi odamlarning iqtisodiy manfaatlari bilan uzviy bog‘liqligi sababli, 
iqtisodiyot nazariyasini shunchaki maqsadga muvofiq iqtisodiy qarorlarning 
o‘zi emas, jamiyat ishlab chiqargan mahsulotlar va ne’matlar ijtimoiy adolatli 
taqsimlanishini hisobga olib, ana shu qarorlarni amalga oshirish zarurati ham 
qiziqtiradi. 
Jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar iqisodiyot nazariyasining predmeti 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy munosabatlar jamiyatda yaxlit bir tizimni tashkil etishi sababli 
iqtisodiyot nazariyasi fanning boshqacha ta’rifi ham bor. 
Iqtisodiyot nazariyasi – bu jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar tizimi 
haqidagi fandir. 
Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilar ekan, quydagi 
bir qator asosiy savollarga javob berishi kerak: 
•Iqtisodiy tizimning o‘zi nima, uning tuzilishi qanday, uning asosiy 
tarkibiy qismlari, maqsadlari va harakat usullari nimalardan iborat?; 


52 
•Iqtisodiy tizim qanday faoliyat yuritadi, faoliyat jarayonida uning 
qismlari o‘zaro aloqasi qanday faoliyat yuritadi, faoliyat jarayonida iqtisodiy 
qarorning qabul qilinishiga qanday ta’sir o‘tkazadi?;
•Iqtisodiy munosabatlar tizimi jamiyatdagi boshqa maunosabatlar bilan, 
avvalambor, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar bilan qanday hamkorlik qiladi? 
Iqtisodiyot nazariyasi real iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishga tayanib, ham 
butun 
iqtisodiyotga 
nisbatan, 
ham 
muayyan 
vazifalarga 
nisbatan 
qo‘llaniladigan samarali qarorlar qabul qilinishi uchun zamin yaratadi. Ushbu 
qarorlarning qabul qilinishi birinchi navbatda, ob’ektning, ya’ni uning 
mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rganishni tahmin etishi bois, iqtisodiyot 
nazariyasining boshlang‘ich vazifasi – iqtisodiyot tizimining mazmuni va 
tarkibiy tuzilishini aniqlashdan iborat. Tizimni, uning xususiyatlarini 
tushunibgina to‘g‘ri iqtisodiy qarorlar qabul qilish, to‘g‘ri iqtisodiy to‘xtamga 
kelish mumkin. 
Iqtisodiyot tizimining murakkabligi bois iqtisodiyot nazariyasi hozirgi 
sharoitda yo‘nalishlar va maktablar majmui holida taqdim etiladi. Ammo, 
iqtisodiyot tahlilida turli uslubiy yondashuvlar mavjud bo‘lishiga qaramay, 
hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining anchagina puxta tuzilishi 
shakllangan. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining tarkibiy qismlari va alohida 
qismlari, bevosita predmeti quydagi eng muhim ikki jarayon bayonida to‘g‘ri 
aniqlanishi mumkin: 
1. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat bilan birgalikda rivojlanadi – 
iqtisodiyot va iqtisodiyotga nazariy qarashlar real iqtisodiy munosabatlar 
rivojlangani sayin rivoj topib boradi. 
2. Iqtisodiy munosabatlarning murakkablashib borishi, iqtisodiy 
tizimlarning yangi modellari paydo bo‘lishi muqarar ravishda iqtisodiyot 
nazariyasining tabaqalanishiga, yangi yo‘nalishlar va maktablar paydo 
bo‘lishiga olib keladi. 
Shu bilan birga, hozirgi kunda iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini 
aniqlashda quydagilarni ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
Iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi g‘oyalarning boyligi va xilma-xilligi, 
oqimlari va harxil yo‘nalishlar hozirgi zamon darajasi tasvirida bu fanning 
predmetini alohida ajratib ko‘rsatishga ijozat beradi. Iqtisodiyot nazariyasi 
fanning predmetini ifodalashda biz harxil muammolarni va maktablarni bir-
biriga qarshi qo‘ymaslikdan kelib chiqamiz, axir bularning har biri 
iqtisodiyotda harxil momentlarga urg‘u berganlar va beradilar. Misol 
tariqasida iqtisodiyotning uzoq davrda (klassiklar) va qisqa davrda 


53 
(keyneschilar) rivojlanish dinamikasini ko‘rib chiqadilar. Bizning vazifamiz – 
harxil iqtisodiy konsepsiyalarda nima bor, barcha yaxshisini olamiz, haqiqiy 
urg‘u bo‘ladi va uni iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qo‘llash lozimdir. 
Iqtisodiyot fani rivojlanish davrida uning predmeti ham o‘zgargan. Biz 
endi bilamizki, qadimgi zamondan boshlab to XVII asrgacha Arastu 
tali’motiga binoan iqtidiyot uy xo‘jaligi xususiyatini o‘rgangan.
A. Monkreten uni jamiyat xo‘jaligini boshqaruvchi qonun to‘g‘risidagi 
fan sifatida ifoda etgan. Ammo ko‘p yilllar mabaynida uning predmeti xalqlar 
boyligi deb atalgan, bu to‘g‘rida XVIII – XIX asrlardagi iqtisodchilar 
asarlarining nomlari guvohlik berib turibdi (misol: A.Smitning «Xalqlarning 
boy bo‘lish tabiyati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot» asari keyinchalik 
«Xalqlar boyligi» shunday nomlangan). Sobiq ittifoq tizimida o‘qitilgan 
Markscha tushunchadagi siyosiy iqtisod – bu fan kishilar o‘rtasida moddiy 
ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va nihoyat iste’mol 
qilish jarayonida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari bilan bog‘liq holda yuz 
beradigan iqtisodiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning yig‘indisini o‘rgatadi. 
Ishlab chiqarish kuchlari deganda mehnat (mehnat vositalari va predmetlari) 
hamda kishilar, ularning qo‘lidan keladigan ishi va bilimlari tushuniladi. 
Mehnat predmeti – bu odamlarning faoliyati nimaga yo‘naltirilganligi (xom 
ashyo, materiallar, tabiiy resurslar va boshqalar), mehnat vositalari esa, bu 
odamlar nimaning yordami bilan mehnat predmetlariga ta’sir ko‘rsatadi 
(mashinalar, asbob – uskunalar, omborlar va boshqalar). Ishlab chiqarish 
munosabatlarining asosi – mulkiy munosabatlar hisoblanadi, ya’ni yuqorida 
A.Smit aytgan boylik to‘g‘risidagining o‘zidir. Markscha sobiq ittifoq 
iqtisodchilarning ko‘pdan-ko‘p qismi iqtisodiyot nazariyasini keng ma’noda 
ishlab chiqarishni, taqsimlashni, ayriboshlashni va nihoyat iste’mol qilishni 
boshqarish qonuniyati to‘g‘risidagi fan sifatida talqin qildilar. 
Hozirgi zamon ko‘pchilik darsliklarida iqtisodiyot nazariyasi predmeti 
sifatida kishilar iqtisodiy xulqi ko‘rib chiqilmoqda. Endi K.R.Makkonnel va 
S.L.Bryu «Ekonomiks» kitobining mualliflari, bu fan kishilarning boyliklarini 
va xizmatlarini cheklangan resurslar dunyosida ishlab chiqarish, taqsimlash va 
nihoyat iste’mol qilish jarayoni yuz beradigan iqtisodiy xulqini izlaydi, deb 
hisoblaydilar. Ya’ni, agarda markschilar iqtisodiy munosabatlarni ob’ekt 
nuqtai nazardan (ishlab chiqarish vositalari va iste’mol qilish predmeti), ya’ni, 
faqat moddiy ishlab chiqarish sohasini ko‘rib chiqsalar, unda neoklassik sintez 
vakillari – bu yerda moddiy sohalarni, ham, nomoddiy sohalarni ham ularning 
sub’ekti –inson nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadilar. Shu bilan bizning fikrimiz 
bo‘yicha, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini ifodalashda harxil 
maktablar sintezini ko‘rib chiqish zarurdir. O‘ylaymizki, Markscha iqtisodiyot 


54 
nazariyasi fanining predmetini umuman, har tomonlama ifodalaganda moddiy 
ishlab chiqarish birlamchi hamda ishlab chiqarish munosabatlarining ob’ekti 
va sub’ekti ham asosiy rol o‘ynaydi. 
Shunday qilib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti bu moddiy 
boyliklar va cheklangan resurslar birgalikda ulardan samarali foydalanishdagi 
ishlab chiqarish munosabatlari tizimidir. Bu fan – ishlab chiqarish sifatida 
ham, iste’molchi sifatida ham kishilar xulqi va munosabatlarini o‘rgatadi. 
Iqtisodiyot, jamiyat fuqoralarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
zaruriy mahsulot, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish nima, qanday va kim 
uchun? chiqarishni hal qilishni o‘rgatadi. Ko‘rib turibmizki, hozirgi zamon 
iqtisodiyot fani nafaqat shunday boylik muammosini, balki uning shakllanish 
yo‘lini ham o‘rgatadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling