H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Fiziokratlar Fransua Kene
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adam Smit va David Rikardo
- J.Mill
Fiziokratlar Fransua Kene (1694 – 1774), Ann Rober Jak Tyurgo
(1727 – 1781) jamiyat iqtisodiyotining tuzilishiga nisbatan qarashlar yaxlit tizimini yaratishdi, bunda ular jamiyat hayotining asosini dexqonchilik tashkil etadi, degan fikrdan kelib chiqdilar. Boylikning asosiy manbalarini muomala sohasida izlashdan uzil-kesil voz kechilganligi, jamoat ishlab chiqarishi va uning kategoriyalarini maxsus tahlili – ularning eng katta xizmatlaridir. Iqtisodiy tafakkur tarixiga mavjud jamoat qayta ishlab chiqarishi harakatining modelini yaratishga birinchi urinish ham ana shu fiziokratlar tomonidan amalga oshirilgan. Fiziokratlarning ana shu va boshqa ilmiy xizmatlari keyingi iqtisodiy tafakkurga va iqtisodiyot nazariyasining buyuk tartibga soluvchisi Adam Smitning (1728 – 1790) ijodiga ulkan ta’sir o‘tkazdi. Adam Smit fiziokratlarning tarixiy xizmatini e’tirof etar ekan, ular ta’limotlarining «har tomonlama olib qaraganda, naqadar olijanob va xolis bo‘lsa, shu darajada haqqoniydir», deb ta’kidlaydi. Iqtisodiyot nazariyasi tizimining chinakam kamol topishi Adam Smit va David Rikardolarning (1772 – 1823) nomi va kapitalizmning G’arbiy Yevropada uzil-kesil g‘alaba qozonishi bilan bog‘liq. A.Smitning tarixiy xizmati erkin bozor xo‘jaligi qonuniyatlarini himoya qilishdan, iqtisodiy erkinlikdan, jamiyat iqtisodiyotining tuzilishiga doir qarashlar tizimini qiymatning mehnat nazariyasi tamoillaridan kelib chiqib nazariy asoslashdan, faoliyat sohasidan qat’iy nazar, mehnat unumdorligini aniqlashdan iborat. A. Smit qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib, qator qarama-qarshi qoidalar mavjud bo‘lishiga qaramay, kapitalizm va bozor xo‘jaligi, foyda, ish haqi, renta va daromad tabiatga doir yagona qarashni yaratdi. Manufaktura 35 Посошков И.Т. Книга о скудости и богатстве: монография. М.: Директ-Медиа, 2007 57 davrining iqtisodchisi sifatida u mehnat taqsimotiga katta ahamiyat berdi, unumdorlikning o‘sishiga ta’sir o‘tkazuvchi tub omillarni aniqladi. Iqtisodiy erkinlikning sobitqadam himoyachisi bo‘lmish A.Smit o‘sha davrning jamiki ijtimoiy fikridan ancha ilgarilab ketdi, u tabiiy qonuniyatlar g‘oyasini himoya qiladi, shu qonuniyatlar orasidan «ko‘zga ko‘rinmaydigan qo‘l» – raqobat erkinligi tamoyiliga alohida ahamiyat berdi. D.Rikardo kapitalizm taraqqiyotining birmuncha keyingi davri ziddiyatlarini aniqroq ko‘ra oldi. Uning ilmiy tizimi uch asosiy natija: renta va foyda, foyda va ish haqi qarama-qashiliklarini izohlash hamda buning oqibati sifatida taqsimotning oldingi o‘ringa chiqishi; qiymatning mehnat nazariyasi va tizimga yangi yondashuvning nihoyasiga yetishi; sifat tahlilining miqdor tahlili bilan bog‘lanishi shulardan kelib chiqadi. Renta nazariyasining, pullar miqdor nazariyasining, xalqaro savdo-sotiqda nisbiy sarf-xarajatlar tamoyilining va boshqa qator qoidalarining ishlab chiqilishi D.Rikardoning tarixiy xizmatlari sirasiga kiradi. Ana shu qoidalardan hali ham iqtisodiyot fanida u yoki bu darajada foydalaniladi. D.Rikardoning ijodini yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tahlili – iqtisodiyot nazariyasi fanining tarkibiy qismidir, deb ochiq-oydin e’lon qilgan. D.Rikardo tadqiqotlarining mazkur yo‘nalishi – iqtisodiyotga ijtimoiy jarayonlar nuqtai nazaridan qarash – iqtisodiy tafakkurning muhim bosqichidir. Agar o‘rta asr mutafakkirlari uchun mazkur tamoyil ahloq-odob talablariga xristianchilik me’yorlariga muvofiqlik ko‘rinishida, A.Smit uchun «ma’naviy xis-tuyg‘ularga» amal qilishi tarzida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, D.Rikardoning oldida mazkur masala ochiq-oydin turardi – iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy tengsizlikni va iqtisodiy qarama- qarshiliklarni taqsimot jarayoni bilan bog‘liq holda kategoriyalari orqali izohlashi lozim edi. Shunday qilib, D.Rikardo tub ma’nosini nazarda tutib aytganda, ijtimoiy-iqtisodiy nazariyasining asoschilaridan biri edi. Iqtisodiyot nazariyasining rivojlanish nuqtai nazaridan olib qaraganda, D. Rikardo merosi tevaragidagi kurash sabablari tushunarli bo‘ladi. J.Mill foyda va ish xaqi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni rad etgan, J.Mak-Kullox qiymatning mehnat nazariyasini uloqtirib tashlab, J.B.Seyning ishlab chiqarish omillari nazariyasining deyarlik qayta tikladi. N.Senior esa, «tiyilish nazariyasi» ni taqsimotning asosi sifatida ilgari surdi. Shunday qilib, XIX asrning o‘rtalariga kelib barchaga ayon bo‘lgan haqiqat-iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushuntirishi lozimligi to‘g‘risidagi haqiqiat o‘zining bilvosita tasdig‘ini topdi. Shu davrdan e’tiboran mazkur yo‘nalish fan tarixida iqtisodiyot nazariyasining eng muhim yo‘nalishi sifatida aniq qiyofasini kasb etdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling