H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishidagi boshqa yo‘nalish


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishidagi boshqa yo‘nalish ijtimoiy 
munosabatlarni emas, tovar munosabatlari tizimi faoliyatini, iqtisodiy 
qarorlarni qabul qilish jarayonidagi tizim elementlarining o‘zaro aloqasini 


59 
diqqat-e’tibor markaziga qo‘ydi. Mazkur yo‘nalish XIX asrning ikkinchi 
yarmida uzil-kesil shakllanib bo‘ldi. 
Yuqoridagi yo‘nalishlarining bir-biridan ajralib ketishi bir necha sabablar 
bois muqarrar edi. Shulardan birinchisi XIX asrning oxiri va XX asrning 
boshlaridagi kapitalizm ziddiyatlari keskinlashgan sharoitda nazariyaning 
tadrijiy rivojlanishi bilan bog‘liq. Iqtisod fani vakillarining bir qismi mazkur 
muammolardan o‘zini olib qochishga, ularni fan doirasidan tashqariga chiqarib 
tashlashga intilar edi. Shu jihatdan olganda, A.Marshallning asari
36
nima 
uchun ijtimoiy-iqtisodiy nazariyadan voz kechganligini asoslab berishga 
bag‘ishlagan, bunga u iqtisodiyot sohasidagi tadqiqotlarni, fanning amaliy 
xarakterga ega ekanligini, ishlab chiqarish omillarini tahlil qilish zarurligi va 
hakozolarni sabab sifatida keltiradi. 
Iqtisodiyot nazariyasiga oid ikki yo‘nalishning bir-biridan ajralishi 
boshqa bir ob’ektiv sabab – iqtisodiyot tadrijiy rivoji jarayonida iqtisod fani 
mazmun-mohiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq edi. Ana shu rivojlanish 
xo‘jalik yuritishning ko‘rinishi va iqtisodiyotning turidan qat’iy nazar, 
umumiy iqtisodiy qonuniyatlar va muammolar ulkan rol o‘ynashini 
ko‘rsatardi. Bundan tashqari, tabiiy fanlar, avvalambor, matematika 
yutuqlaridan foydalanish dalilar tahlili, umumiy iqtisodiy qonuniyatlarni va 
tamoyillarni tadqiq etish imkoniyatlarini keskin kengaytirib yubordi. 
Iqtisodiyot nazariyasining XIX asr ikkinchi yarmiga kelib shakllanib 
bo‘lgan ikki yo‘nalishi keyinchalik murakkab tadrijiy rivojlanishni boshdan 
kechirdi, shu jarayon mobaynida ular muntazam bir-birlarini to‘ldirdi va 
boyitdi. Shubhasiz, turli bosqichlarda va turli mamlakatlarda u yoki bu 
yo‘nalishning roli va ahamiyati bir-biridan farq qilardi. Umumiy tamoyil esa, 
yo‘nalishlarning borgan sayin ko‘proq farq qilishida, iqtisodiyotning gurkirab 
va yuqori sur’atlarda rivojlanishida, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishning 
murakkab va qarama-qarshi rivojlanishida ifodalanar edi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling