H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- G.Shmoller
nazariyasi (J.Mut, R.Lukas va boshqalar) sub’ektlarning bozor xo‘jaligi
voqeliklarga ko‘nikish xususiyatiga ishora qiladilar: jamoat tanlovi nazariyasi (J.Byukenen, M.Olson va boshqalar) davlatning iqtisodiyotini boshqarishdagi sustkashliklarni jamoat qarorlarini qabul qilishning asosi sifatida, individualizm tamoyiliga murojaat etib yengishga urinadilar. Birinchi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish tarafdorlari shu davrda nafaqat iqtisodiy, shu bilan birga, siyosiy omillar bilan belgilangan murakkab tadrijiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tadilar. Dunyo bir-biriga qarama-qarshi ikki tizimga bo‘linganini inobatga oladigan bo‘lsak, ayrim bosqichlarda siyosiy omillar ta’siri shu qadar jiddiy ediki, fanning mazkur yo‘nalishi xulosalariga ma’lum o‘zgartirishlar kiritdi. Bundan tashqari, sobiq sotsialistik mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishga birdan-bir ilmiy yo‘nalish deb qaralar edi, bu bilib turib nazariyani soxtalashtirishga olib kelar edi. Mazkur yo‘nalishning avvalgi vakillari nafaqat marksistik tafakkur, shu bilan birga, tarixiy maktab tarafdorlari bo‘lmish F.List (1789 – 1846), V.Rosher (1817 – 1894) B.Gildebrand (1812 – 1878) X1X asrning o‘rtalarida iqtisodiyot nazariyasida milliy xo‘jaliklarning xususiyatlarini aks ettirish zarurligini asoslab berishgan, iqtisodiyotga tarixan yondashish g‘oyasini iqtisodiy tizimlarni tahlil qilayotganda tarixiy va ijtimoiy-madaniy omillar hisobga olinishini himoya qilishgan XIX asrning ikkinchi yarmida yangi tarixiy maktab marjinalistik yo‘nalishidan farqli ravishda puxta tahlilga iqtisodiyot etika va psixologiyaning uzviy aloqasiga asoslanib, xo‘jalik faoliyatini tushuntirish vazifasini ongli ravishda o‘rtaga qo‘ydi. Uning vakillari G.Shmoller (1838 – 1917), L.Brentano (1844 – 1931), Byuxer Karl (1847 – 1930) marksizmni real omillari tahliliga yetarli darajada e’tibor bermaslikda ayblashgan, davlatning ijtimoiy siyosatini ustalik bilan olib borish 62 g‘oyasini himoya qilishgan, tred-yunionizm g‘oyalarni targ‘ib qilishgan yangi tarixiy maktab va marksizm ta’siri ostida hamda asr oxiriga kelib ijtimoiy munosabatlar keskinlashganligi natijasida diniy qadriyatlar bilan iqtisodiyotni birlashtirgan M.Veberning (1864 – 1920), «Xo‘jalik ruhi» roliga va «uyushgan kapitalizm» zarurligiga alohida urg‘u bergan V.Zombart (1863 – 1941) qarashlari keng yoyildi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling