H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Marksizm. Ushbu marksizm ta’limotining asoschilari Karl Genrix Marks 
(1818 – 1883) hamda Fridrix Engels (1820 – 1895) bo‘lganlar. K.Marksining 
to‘rtta jilddan iborat bo‘lgan asosiy asari «Kapital» XVII-XIX asrlarda 
kapitalizm iqtisodiyot munosabatlarining chuqur tahlil qilib bergan edi. 
K.Marksning ta’limotiga binoan, jamiyat rivojlanishining asosini iqtisodiyot 
45
А.Смит. «Исследование о природе и причинах богатства народов». М.: Директ-Медиа, 
https://biblioclub.ru/index.php?page=book_red&id=560822014 
46
Давид Рикардо. Начала политической экономии и налогового обложения. Москва : 
Эксмо, 2007 – 953 с. 


69 
fundamentining o‘zgarishi, ya’ni bunga siyosiy hamda madaniy jihatdan 
to‘g‘ri keladigan ustqurmasini yaratadi. Ular tomonidan tarixiy jarayonlarning 
borishda bir-biri bilan almashib turadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar 
konsepsiyasi yaratilgan edi. K.Marksning tarixiy kashfiyotlar jumlasiga 
tovarda mujassamlangan mehnatning ikki (aniq va abstrakt mehnat) yoqlama 
xarakteri, sarf-xarajatlar va ishlab chiqarish narxi, qiymat qonuni va pul 
muomalasi qonuni, oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida 
takror ishlab chiqarish sxemasi, mikro va makroiqtisodiyot modeli, davlatning 
iqtisodiyotni tartibga solish, umuman, aralash iqtisodiyot to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni ifodalashga nazariy ta’siri va boshqalar, bular o‘z navbatida 
hozirgi zamondagi bozor iqtisodiyotining yanada mustahkam rivojlanishida 
katta ilmiy, metodologik, amaliy qiziqish ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, 
K.Marks klassik maktablar vakillari tomonidan boshlangan qiymatning 
mehnat nazariyasining shakllanishini hamda kapitalning yollangan mehnatni 
ekspluatatsiya qilishni va kapitalizmni barbod etishni xulosa qilganlar. Bu 
uning ta’limotining tarixiy taqdirini aniqlab berdi, ya’ni aholinig keskin turgan 
qatlamining mafkurasiga aylantirildi hamda so‘l partiyalar faoliyatining 
nazariy asosi bo‘ldi. XIX asrda marksizm ta’limot sifatida mavjud bo‘lishini 
davom ettirdi. Marksizm g‘oyalarini butun dunyo davlatlariga tarqalishida 
Rossiyada narodniklar harakatiga yo‘lboshchilik qilgan Pyotr Lavrovich 
Lavrov (1823 – 1890) va sotsial-demokratik ishchi-dehqon partiyasi asoschisi 
hamda o‘sha davrdagi siyosat va iqtisodiyot arbobi Vladimir Ilich Ulyanov 
(Lenin) (1870-1924) va boshqalar bo‘lganlar. 
Marjinalizm yoki yuqori tahlil nazariyasi, XIX asrning ikkinchi yarmida 
paydo bo‘ldi hamda rivojlana boshladi. Bu nazariya Avstriya maktabining 
vakillari: Karl Menger (1840 – 1921), Fridrix Vizer (1851 – 1926), Oygen fon 
Bem-Baverk (1851 – 1914) bo‘lganlar. Ular yuqori naflilik muammosini va 
yuqori naflilikning kamayish qonunini ilmiy tadqiq qilganlar. Bu marjinalizm 
nazariyasida Amerika maktabi ham o‘z o‘rniga ega. Uning vakili Jon Beyts 
Klark (1847 – 1938) bo‘lgan. U yuqori unumdorlik nazariyasini ishlab chiqqan 
va ishlab chiqarish omillarining kamayish qonuni shakllantirgan. 
Marjinalizmning keng tarqalgan matematika maktabi yoki Lozanna maktabi 
ham bo‘lgan. Bu maktab Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgani 
uchun unga shunday nom berilgan. Bu maktabning, ayniqsa, mashhur 
nazariyotchisi – Fransiya-Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras (1834 – 1919), 
bo‘lib, u makroiqtisodiyot modellaridan birida o‘zining asosida talab va 
taklifni saqlaydigan, ya’ni bozor bozor mexanizmida narxning va bozor 
muvozanatining shakllanishi usulini yaratgan. L.Valrasning o‘quvchisi Italiya 
iqtisodchisi Vilfredo Pareto (1848 – 1923) jamiyat a’zolarining barchasini 


70 
farovonlik darajasini ko‘tarishdagi o‘zgarishlarni baholashga ijozat beradigan 
ijtimoiy maksimal nafliligini kiritgan (Pareto optimumi). 
Nihoyat Marjinalizm maktabining keng tarqalgan to‘rtichisi Kembridj 
maktabi (Angliya) bo‘lib, buning asosiy vakili Alfred Marshall (1842 – 1924) 
dir. O‘zining 1890 yilda nashr etilgan «Iqtisodiyot fanining prinsiplari»
47
degan asosiy asarida talab va taklifning qisqa va uzoq vaqt ichida o‘zaro 
harakat qilishini, eguluvchanlik nazariyasini ishlab chiqqan. A.Marshall 
tufayli amaliyotga iqtisodiy hodisalar tahlili va grafik metod izlanishlari 
kiritilgan edi. A.Marshall haqiqatdan ham hozirgi zamon iqtisodiyot fanining 
asoschilardan biri bo‘lib hisoblanadi. Marjinalizm nazariyasi rivojlanishiga 
katta hissa qo‘shgan rus iqtisodchisi Yevgeniy Yevgenevich Slutskiy (1880 – 
1948) dir, u iste’molchi tanlovi nazariyasining muallifi bo‘lgan. Keyinchalik 
bu nazariyani Britaniya iqtisodchisi Jon Richard Xiks ishlab chiqqan. 
Neoklassiklar bu iqtisodiyot fanining yangi yo‘nalishlari sifatida 
marjinalizmning 
Kembridj 
maktabi 
asosida 
paydo 
bo‘lgan. 
Bu 
yo‘nalishlarning tarafdorlari o‘zlarini klassik maktablar ishlab chiqqan 
ta’limotning aniq tomonlarini davom ettiruvchilari sifatida ko‘rib chiqadilar. 
Endi, ular kapitalistik xo‘jalikning mustahkamligi hamda bozor tizimining 
o‘zini-o‘zi tartibga solishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrni himoya qiladilar. 
Neoklassiklarning har xil turlari mavjud bo‘lib, ular qatoriga monetarizm 
(Milton Fridman), iqtisodiyot taklifi (Artur Laffer) konsepsiyasi, ratsional 
kutish (Robert Lukas) konsepsiyasi, sof neoliberializm vakili (Fridrix fon 
Xayekni) va ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasini yaratuvchilarni (Lyudvig 
Erxardni) va boshqalarni kiritish mumkin. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling