H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Neoklassik sintez. XX asrning 50–yillari oxirida neokeynschilar va 
neoklassiklarning 
bir-biriga 
yaqinlashuvi 
boshlandi, 
bu 
neoklassik 
mikronazariyasini Keyncha mikronazariya bilan birgalashish bo‘yicha yangi 
yo‘nalishning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Neoklassik sintezning asosiy kategoriyasi – ularni samarali taqsimlash 
bo‘ladi. Bu iqtisodiy fanning yo‘nalishlari vakillari qatoriga Pol Entoni 
Samuelson (1915)ni, Kempbell R. Makkonnell Kempbell R. Makkonnell, 
Stenli L.Bryuni, Stenli Fisherni, Vasiliy Leontev (1906 – 1999)ni va 
boshqalarni kiritadi. Neoklassik sintez konsepsiyasi har xil nazariyalar va 
ilmiy maktablarni birlashtirish asosida yuzaga kelgan.
Institutsionalizm. XX asrning ikkinchi yarimida iqtisodiyot fanining 
yana bir yirik insititutsional – jamiyatshunoslik yo‘nalishi rivojlana boshlandi. 
Ushbu yo‘nalish tarafdorlari iqtisodiyot jarayonlarini tahlil qilishda 
jamiyatning ahloqiy prinsiplarini va ijtimoiy tarkibini hisobga olib, nafaqat 
iqtisodiyot balki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham o‘rganadilar. Ijtimoiy 
institutlar tarkibiga oila, korxona, jamoat tashkilotlari, davlatni kiritadilar. 
Insititutsionalizmning hozirgi zamondagi atoqli vakillari orasida Jon Kennet 
Gelbreyt (1908 – 2004) ajralib turadi. Uning asosiy asari «Yangi industrial 
jamiyat»
49
(1969) deb nomlanadi.
 
 
 
49
Джон Гэлбрейт. Новое индустриальное общество. М.: АСТ, 2004 


72 
2.7. Yangi iqtisodiyot nazariyasi 
XX asr oxiri XXI asr boshlarida shakllana boshladi. Buning “eski” 
iqtisodiyotdan farqi u elektron axborotlashuv-telekommunikatsiya asosiga 
tayangan, ya’ni bu axborotlashuvga yo‘nalgan edi. Asosiy iqtisodiy resurs 
rolini ko‘pincha axborotlashuv o‘ynay boshladi. Hozirgi kunda faol internet-
iqtisodiyot bozor hamjamiyati internetga asoslangan: internet-savdo, internet-
reklama, internet-investitsiyalash va boshqalar paydo bo‘la boshladi. Yangi 
iqtisodiyotning rivojlanishda va tiklanishi jarayonida yangicha nazariy 
umumlashtirish amalga oshiriladi, yangi kategoriyalar va yangi qonunlarning 
ochilish prinsiplari shakllanadi. Natijada, bu – yangi ilmiy-nazariy bilimlar 
tizimini yaratishga olib keladi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling