H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiyot nazariyasi usullarining tavsifi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.10. Iqtisodiyot nazariyasi usullarining tavsifi. 
Iqtisodiyot nazariyasi usullari haqidagi savol - bu iqtisodiyot hodisalari va 
jarayonlari qay tarzda o‘rganiladi, degan savolning o‘zginasi. Faqat ikki 
usulni: umumiy va cheklangan guruhlarini farqlash lozim. 
Umumiy usullar iqtisodiy voqelikni yaxlit holda ilmiy o‘zlashtirishda 
umumiy yondashuvlar mavjudligini ifodalaydi, iqtisodiyotni tadqiq etishning 
umumiy falsafiy-uslubiy bazasini, dunyoqarashlarni, uslubiy o‘zagini beradi. 


75 
Mazkur usullar uslubiy yondashuvlar yoki iqtisodiyot uslubiyatining 
yo‘nalishlari sifatida belgilanishi mumkin. 
Iqtisodiyotning XVIII – XIX asrlarda paydo bo‘lgan dastlabki 
kengaytirilgan ilmiy tizimlariyoq u yoki bu falsafiy asosga tayangan. 
Jumladan, A.Smitning (uning «xalq boyligi»da amalga oshirilgan») iqtisodiy 
tizimi ko‘p jihatdan amaliyotchi-faylasuf J.Lokkning tamoyillariga asoslangan; 
D.Rikardoning (uning «siyosiy iqtisod asoslarida mujassamlangan) iqtisodiy 
tizimi faylasuf ratsionalist B.Spinozaning xulosalariga ma’lum darajada 
bog‘liq bo‘lgan; K.Marksning «Kapital»ida aks etgan iqtisodiy tizimga 
faylasuf-dialektik G.Gegelning ta’limoti uslubiy asos bo‘lganligi sezilib 
turadi. Iqtisodiyot nazariyasining umumiy usullarida ifodalanuvchi falsafiy va 
iqtisodiy jihatlarning jips aloqasi iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining barcha 
bosqichlarida o‘zini namoyon etgan. 
Cheklangan usullar iqtisodiy tizimning u yoki bu qirralari va jihatlarini 
tadqiq etishning vositasi bo‘lmish muayyan uskunalar, usullar va vositalardan 
iborat. Ularning orasida u yoki bu uslubiyatga bog‘langan o‘ziga xos usullar 
ham, har qanday uslubiyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin bo‘lgan 
universal usullar ham bor. So‘nggi usullar sirasiga quyidagilar kiradi:
-tahlil (tadqiqot ob’ektini ayrim qismlarga ajratish) va sintez (ayrim 
qismlarni bir butunga birlashtirish); 
- induksiya (juz’iy dalilardan umumiy xulosa chiqarish) va deduksiya 
(umumiydan xususiyga tomon harakat); 
- abstraksiya (predmetning muhim jihatlarini aniqlash uchun boshqa 
jihatlaridan farqlash), boshqa teng sharoitda yo‘l qo‘yish, umumiylashtirish 
(umumiy, shu jumladan, o‘rtacha ko‘rsatgichga keltirilgan yoki ehtimolga eng 
yaqin tavsiflar) va h.k.
Yuqoridagi usullar asosan, formal mantiqdan kelib chiqadi, shuning 
uchun formal mantiqiy usullar sifatida belgilanishi mumkin. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling