75
Mazkur usullar uslubiy yondashuvlar yoki iqtisodiyot uslubiyatining
yo‘nalishlari sifatida belgilanishi mumkin.
Iqtisodiyotning XVIII – XIX asrlarda paydo bo‘lgan
dastlabki
kengaytirilgan ilmiy tizimlariyoq u yoki bu falsafiy asosga tayangan.
Jumladan,
A.Smitning (uning «xalq boyligi»da amalga oshirilgan») iqtisodiy
tizimi ko‘p jihatdan amaliyotchi-faylasuf J.Lokkning tamoyillariga asoslangan;
D.Rikardoning (uning «siyosiy iqtisod asoslarida mujassamlangan) iqtisodiy
tizimi faylasuf ratsionalist B.Spinozaning xulosalariga ma’lum darajada
bog‘liq bo‘lgan;
K.Marksning «Kapital»ida
aks etgan iqtisodiy tizimga
faylasuf-dialektik G.Gegelning ta’limoti uslubiy asos bo‘lganligi sezilib
turadi. Iqtisodiyot nazariyasining umumiy usullarida ifodalanuvchi falsafiy va
iqtisodiy jihatlarning jips aloqasi iqtisodiyot nazariyasi rivojlanishining barcha
bosqichlarida o‘zini namoyon etgan.
Cheklangan usullar iqtisodiy tizimning u yoki bu qirralari va jihatlarini
tadqiq etishning vositasi bo‘lmish muayyan uskunalar, usullar va vositalardan
iborat. Ularning orasida u yoki bu uslubiyatga bog‘langan o‘ziga xos usullar
ham, har qanday uslubiyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin bo‘lgan
universal usullar ham bor. So‘nggi usullar sirasiga quyidagilar kiradi:
-tahlil (tadqiqot ob’ektini ayrim qismlarga ajratish) va sintez (ayrim
qismlarni bir butunga birlashtirish);
- induksiya (juz’iy dalilardan umumiy xulosa chiqarish)
va deduksiya
(umumiydan xususiyga tomon harakat);
- abstraksiya (predmetning muhim jihatlarini aniqlash uchun boshqa
jihatlaridan farqlash), boshqa teng sharoitda yo‘l qo‘yish,
umumiylashtirish
(umumiy, shu jumladan, o‘rtacha ko‘rsatgichga keltirilgan yoki ehtimolga eng
yaqin tavsiflar) va h.k.
Yuqoridagi usullar asosan,
formal mantiqdan kelib chiqadi, shuning
uchun formal mantiqiy usullar sifatida belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: