H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Keynschilar va neokeynschilar


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.6. Keynschilar va neokeynschilar 
Iqtisodiyot fanining yirik yo‘nalishlaridan biri keynschilar va 
nokeynischilardir. Marjinalistlar iqtisodiyot inqirozlar tabiatini, jahon 
urushlari, inqilobiy hodisalar va boshqa dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy 
sabablarni tushuntirib bera olmadilar, ya’ni bu Keynischa yangi nazariyaning 
paydo bo‘lishi uchun imkoniyat yaratdi. Keynschilik iqtisodiyot nazariyasi 
ko‘proq mashhur va tan olingan maktablardan biri bo‘lib, bu A.Marshallning 
o‘quvchisi ingliz olimi Jon Meynard Keyns (1883 – 1946)ning ajralmas nomi 
va uning qilgan ishlari bilan bog‘liq edi. J.Keyns o‘zining dunyoqarashini 1936 
yilda nashr etilgan «Umumiy bandlik, foiz pul nazariyasi»
48
kitobida ifoda 
etgan edi. Bu yerda u bozor iqtisodiyotiga davlatning faol aralashuvi hamda 
47
Альфред Маршалл. Принципы политической экономии. В трех книгах. М.: Прогресс
1983 
48
Дж.Кейнс. Общая теория занятости, процента и денег. М.1978, с.458 


71 
buni tartibga solish yo‘llarini taklif etadi. J.Keyns iqtisodiy hodisa va 
jarayonlarni tahlil qilishga makroiqtisodiy yondashuvni ishlab chiqdi: u milliy 
daromad, investitsiya, iste’mol, jamg‘arma kabi yalpi ko‘rsatkichlarni tadqiq 
qildi. U bank va pul sohasida eng ko‘zga ko‘ringan nazariyachi hamda 
amaliyotchi edi, uning taklifi bo‘yicha Angliyada va boshqa mamlakatlarda 
bank islohotlari amalga oshirildi.
Ammo XX asrning 70 – yillari o‘rtasida keynscha g‘oyalarni amaliyotga 
realizatsiya qilishda murakkabroq muammolar sezila boshlandi. J.Keynsning 
dunyoqarashini davom ettiruvchilar neokeynschilar deb ataladi.
Ushbu yo‘nalish vakillari – Joan Vayolet Robinson (1903 – 1983), Roy 
Harrod (1890 – 1978) va boshqalar edilar. Keyinscha maktablarning Rossiyada 
tiklanishiga buyuk rus iqtisodchisi investitsiya sikllar nazariyasini yaratgan 
Mixail Ivanovich Tugan-Baranovskiy (1865 – 1919) yordam berdi, uning 
g‘oyalarini esa katta sikllar nazariyasi muallifi Nikolay Dmitriyevich 
Kondratev (1892 – 1928) davom ettirdi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling