H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Marksizm. Ushbu marksizm ta’limotining asoschilari Karl Genrix Marks
(1818 – 1883) hamda Fridrix Engels (1820 – 1895) bo‘lganlar. K.Marksining to‘rtta jilddan iborat bo‘lgan asosiy asari «Kapital» XVII-XIX asrlarda kapitalizm iqtisodiyot munosabatlarining chuqur tahlil qilib bergan edi. K.Marksning ta’limotiga binoan, jamiyat rivojlanishining asosini iqtisodiyot 45 А.Смит. «Исследование о природе и причинах богатства народов». М.: Директ-Медиа, https://biblioclub.ru/index.php?page=book_red&id=560822014 46 Давид Рикардо. Начала политической экономии и налогового обложения. Москва : Эксмо, 2007 – 953 с. 69 fundamentining o‘zgarishi, ya’ni bunga siyosiy hamda madaniy jihatdan to‘g‘ri keladigan ustqurmasini yaratadi. Ular tomonidan tarixiy jarayonlarning borishda bir-biri bilan almashib turadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar konsepsiyasi yaratilgan edi. K.Marksning tarixiy kashfiyotlar jumlasiga tovarda mujassamlangan mehnatning ikki (aniq va abstrakt mehnat) yoqlama xarakteri, sarf-xarajatlar va ishlab chiqarish narxi, qiymat qonuni va pul muomalasi qonuni, oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitida takror ishlab chiqarish sxemasi, mikro va makroiqtisodiyot modeli, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish, umuman, aralash iqtisodiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ifodalashga nazariy ta’siri va boshqalar, bular o‘z navbatida hozirgi zamondagi bozor iqtisodiyotining yanada mustahkam rivojlanishida katta ilmiy, metodologik, amaliy qiziqish ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, K.Marks klassik maktablar vakillari tomonidan boshlangan qiymatning mehnat nazariyasining shakllanishini hamda kapitalning yollangan mehnatni ekspluatatsiya qilishni va kapitalizmni barbod etishni xulosa qilganlar. Bu uning ta’limotining tarixiy taqdirini aniqlab berdi, ya’ni aholinig keskin turgan qatlamining mafkurasiga aylantirildi hamda so‘l partiyalar faoliyatining nazariy asosi bo‘ldi. XIX asrda marksizm ta’limot sifatida mavjud bo‘lishini davom ettirdi. Marksizm g‘oyalarini butun dunyo davlatlariga tarqalishida Rossiyada narodniklar harakatiga yo‘lboshchilik qilgan Pyotr Lavrovich Lavrov (1823 – 1890) va sotsial-demokratik ishchi-dehqon partiyasi asoschisi hamda o‘sha davrdagi siyosat va iqtisodiyot arbobi Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin) (1870-1924) va boshqalar bo‘lganlar. Marjinalizm yoki yuqori tahlil nazariyasi, XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi hamda rivojlana boshladi. Bu nazariya Avstriya maktabining vakillari: Karl Menger (1840 – 1921), Fridrix Vizer (1851 – 1926), Oygen fon Bem-Baverk (1851 – 1914) bo‘lganlar. Ular yuqori naflilik muammosini va yuqori naflilikning kamayish qonunini ilmiy tadqiq qilganlar. Bu marjinalizm nazariyasida Amerika maktabi ham o‘z o‘rniga ega. Uning vakili Jon Beyts Klark (1847 – 1938) bo‘lgan. U yuqori unumdorlik nazariyasini ishlab chiqqan va ishlab chiqarish omillarining kamayish qonuni shakllantirgan. Marjinalizmning keng tarqalgan matematika maktabi yoki Lozanna maktabi ham bo‘lgan. Bu maktab Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgani uchun unga shunday nom berilgan. Bu maktabning, ayniqsa, mashhur nazariyotchisi – Fransiya-Shveysariya iqtisodchisi Leon Valras (1834 – 1919), bo‘lib, u makroiqtisodiyot modellaridan birida o‘zining asosida talab va taklifni saqlaydigan, ya’ni bozor bozor mexanizmida narxning va bozor muvozanatining shakllanishi usulini yaratgan. L.Valrasning o‘quvchisi Italiya iqtisodchisi Vilfredo Pareto (1848 – 1923) jamiyat a’zolarining barchasini 70 farovonlik darajasini ko‘tarishdagi o‘zgarishlarni baholashga ijozat beradigan ijtimoiy maksimal nafliligini kiritgan (Pareto optimumi). Nihoyat Marjinalizm maktabining keng tarqalgan to‘rtichisi Kembridj maktabi (Angliya) bo‘lib, buning asosiy vakili Alfred Marshall (1842 – 1924) dir. O‘zining 1890 yilda nashr etilgan «Iqtisodiyot fanining prinsiplari» 47 degan asosiy asarida talab va taklifning qisqa va uzoq vaqt ichida o‘zaro harakat qilishini, eguluvchanlik nazariyasini ishlab chiqqan. A.Marshall tufayli amaliyotga iqtisodiy hodisalar tahlili va grafik metod izlanishlari kiritilgan edi. A.Marshall haqiqatdan ham hozirgi zamon iqtisodiyot fanining asoschilardan biri bo‘lib hisoblanadi. Marjinalizm nazariyasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan rus iqtisodchisi Yevgeniy Yevgenevich Slutskiy (1880 – 1948) dir, u iste’molchi tanlovi nazariyasining muallifi bo‘lgan. Keyinchalik bu nazariyani Britaniya iqtisodchisi Jon Richard Xiks ishlab chiqqan. Neoklassiklar bu iqtisodiyot fanining yangi yo‘nalishlari sifatida marjinalizmning Kembridj maktabi asosida paydo bo‘lgan. Bu yo‘nalishlarning tarafdorlari o‘zlarini klassik maktablar ishlab chiqqan ta’limotning aniq tomonlarini davom ettiruvchilari sifatida ko‘rib chiqadilar. Endi, ular kapitalistik xo‘jalikning mustahkamligi hamda bozor tizimining o‘zini-o‘zi tartibga solishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikrni himoya qiladilar. Neoklassiklarning har xil turlari mavjud bo‘lib, ular qatoriga monetarizm (Milton Fridman), iqtisodiyot taklifi (Artur Laffer) konsepsiyasi, ratsional kutish (Robert Lukas) konsepsiyasi, sof neoliberializm vakili (Fridrix fon Xayekni) va ijtimoiy bozor xo‘jaligi konsepsiyasini yaratuvchilarni (Lyudvig Erxardni) va boshqalarni kiritish mumkin. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling