H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Ikkinchi yo‘nalish poydevori


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Ikkinchi yo‘nalish poydevori – cheklangan resurslardan ratsional 
foydalanish tahlili – iqtisodiy tafakkurning matematik yo‘nalishi rivojlanishi 
bilan qo‘yilgandi. A.O.Kurno (1801 – 1877), G.Gossen (1810 – 1858), 
keyinroq U.Jevons (1835 – 1882), L.Valras (1834 – 1910), V.Pareto (1848 – 
1923), shu yo‘nalishning namoyandalari edi. Mazkur yo‘nalishning 
marjinalistlar (inglizcha marginal analysis – imkon qadar tahlil) K.Menger 
(1840 – 1921), F.Vizer (1851 – 1926), O.Bem-Baverkning (1851 – 1919) 
asarlari sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Ular iqtisodiy jarayonlarga sub’ektiv-
36
Альфред Маршалл. Принципы политической экономии. В трех книгах. М.: Прогресс, 
1983 


60 
psixologik yondashuvni va ratsional fe’l-atvor tamoyilini tadqiqotning 
birlamchi tamoyili sifatida e’lon qilishar edi. 
Iqtisodiyot nazariyasining ikki yo‘nalishini mikroiqtisodiyot doirasida 
marjinalizmning uslubiy tizimi zamirida birlashtirishga urinish fanninng yangi 
neoklassik yo‘nalishi asoschilaridan biri – Alfred Marshall (1842 – 1924) 
tomonidan amalga oshirilgan. Bu, jumladan, narx-navo mexanizmiga ikki 
yoqlama yondashuvida: eng yuksak naflilik nazariyasi doirasida talab 
tomonidan va ishlab chiqarish omillari tushunchasi orqali taklif tomonidan 
yondashuvda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tahlilga dinamikani kiritish orqali 
shu yo‘nalishni rivojlantirilishi (J.B. Klark (1847 – 1938),) keyinchalik 
Y.Shumpeter (1883 – 1950) tomonidan mazkur yo‘nalish iqtisodiyot 
tizimidagi real o‘zgarishlarni vaqt va mikroiqtisodiy nuqtai nazaridan 
baholashga yaqinlashtirar edi. J.B.Klark asarlarida tahlilni makroiqtisodiyot 
muhitga ko‘chirishga urinish qilib ko‘rilgan, Y.Shumpeter asarlarida esa 
iqtisodiyot dinamikasi va rivojlanishining bosqichliligi tadqiqotlarning asosiy 
manbaiga aylangan. 
Tadqiqotlar kengayib borgan sayin kapitalizmning harakati jarayonida 
vujudga keladigan yangi real muammolarni tobora kengroq idrok etish zarurati 
tug‘iladi. A.Piguning asari
37
bozor xo‘jaligining ijtimoiy muammolariga 
marjinalistik yondashuv doirasidagi reaksiyalardan biri bo‘ldi. Unda, davlat 
daromadlarini qayta taqsimlash yo‘li bilan ijtimoiy farovonlikka kuchliroq 
ta’sir o‘tkazishi zarur, degan g‘oya asoslab beriladi. K.Viksellning (1851 – 
1926) asarlari iqtisodiyotni kredit-pul vositasida idora qilishni isloh etish 
zaruratiga javobdir. Kapitalistik tizimdagi o‘zgarishlarga yana bir javob – bu 
E.Chemberlinning monopolistik raqobat nazariyasi hisoblanadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy tafakkuri rivojiga Jon Meynard Keynsning 
(1883 – 1946) asarlari ulkan ta’sir o‘tkazdi. U cheklangan resurslardan 
ratsional foydalanishning makroiqtisodiy nazariyasini yaratibgina qolmay, XX 
asr kapitalistik tizimi real qarama-qarshiliklarni inobatga olish nuqtai nazarini 
egalladi. U bozor kamchiliklari va ziddiyatlaridan kelib chiqib, samarali 
talabni yaratish vositasida davlat hozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarishi 
zarurligini asoslab berdi. Shunday qilib, J.Keyns davlatning hozirgi zamon 
iqtisodiy siyosati uchun zamin ishlab chiqdi va mazkur yo‘nalish doirasida 
hozirgi zamon iqtisodiyot tizimiga qarashlarning yaxlit tizimini yaratdi. 
J.Keyns cheklangan resurslardan samarali va ratsional foydalanish nazariyasi 
tarafdorlarining an’anaviy tasavvurlaridan ma’lum darajada chetga chiqdi, 
37
Артур Сесил Пигу. Экономическая теория благосостояния. В двух томах. М.: Прогресс, 
1985 


61 
desa bo‘ladi. U ko‘p jihatdan iqtisodiy tafakkurning qator yo‘nalishlari, shu 
jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi kesishuvida turadi. So‘nggi yo‘nalish 
bilan uni iqtisodiyotning real ko‘rinishlari va tizim qarama-qarshiliklari tahlili 
yaqinlashtiradi. Shuning uchun Keyns izdoshlari ijtimoiy islohotlarning ulkan 
ahamiyatini e’tirof etib, D.Rikardo va K.Marks uslubiyatiga qayta murojaat 
etganliklari tasodifiy emas. 
Urushdan keyingi davrda kapitalistik tizim rivojlanishdagi qarama- 
qarshiliklar, bozor xo‘jaligini rag‘batlantirish yo‘llarini izlanish zarurati 
hozirgi zamon erkinlik ta’limotlarida o‘z ifodasini topdi. M.Fridman 
boshchiligidagi monetaristlar pul massasining muomaladagi roliga va uning 
inflyatsiya jarayonlariga ta’sriga alohida ahamiyat beradilar: taklif iqtisodiyot 
tarafdorlari (A.Laffer, M.Evans va boshqalar) korporatsiyalar faoliyatini 
rag‘batlantirish zaruratiga alohida e’tibor qaratishadi: ratsional kutishlar 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling