2.5. Iqtisodiyot nazariyasi asosiy yo‘nalishlarining shakllanishi va
ularning tadrijiy rivojlanishi
Iqtisodiyot nazariyasining XIX asrga kelib keskinlashgan kapitalistik
tizim ziddiyatlariga reaksiyasi ikki yoqlama edi: iqtisodiyot nazariyasi rolini
jamiyat sinflaridan birining manfaatlarini himoya qilishdan iborat qilib qo‘yish
bilan bir qatorda, ijtimoiy munosabatlar va jamiyat ziddiyatlari sohasiga
e’tibor berishdan umuman voz kechishga, iqtisodiyotning faoliyatinigina
nazariyaning diqqat-markaziga aylantirishga intilish yaqqol namoyon bo‘ldi.
Shulardan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasining ikki yo‘nalishi aniq
belgilandi.
Ijtimoiy munosabatlarni diqqat-e’tibor markaziga qo‘ygan birinchi
yo‘nalish doirasida J.Sismondining tadqiqotlarini va markistik yo‘nalishini
ajratib ko‘rsatish lozim.
Jan Sismondi (1773 – 1742) kapitalizm ziddiyalarini keskin tanqid
qilgan, yirik kapitalga qarshi bo‘lgan, mayda kapitalistik ishlab chiqarishni
yoqlagan. Ayni vaqtda u kapitalizmni rivojlantirish zamirida, ana shu
rivojlantirish
jarayonida,
jamiyat
manfaatlarini
muvofiqlashtirish
imkoniyatlarini asoslab berishga harakat qilgan. Buni u kapitalizm
ziddiyatlarini hal etishning birdan-bir usuli deb bilgan.
Kapitalizmning ijtimoiy-iqtisodiy tahlili XIX asrning markistik
yo‘nalishdagi asarlarida o‘zinig ilmiy asoslangan ifodasini topdi. Karl
Marksning (1818 – 1883) iqtisodiyot tizimi ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi va jamiyat mazmun-mohiyatiga materialistik dunyoqarashi
dialektika bilan birlashtiruvchi uslubiy tamoyillariga asoslangan. Shunday
qilib, K.Marks ijtimoiy-iqtisodiy nazariya tizimini ishlab chiqdi, undan
iqtisodiyot mazmun-mohiyatiga xususiy mulk mazmun-mohiyatining
rivojlanishi orqali nazar tashlanadi, iqtisodiy munosabatlar tizimining o‘zi esa,
xususiy mulk munosabatlarining tizimi sifatida namoyon bo‘ladi.
K.Marksning tizimi qiymatning mehnat nazariyasidan kelib kelib chiqib,
kapitalistik jamiyatdagi ekspluatatsiya haqidagi, kapitalistlar sinfi bilan
yollanma ishchilar sinfining qarama-qarshiliklari haqidagi masalani diqqat-
e’tibor markaziga qo‘ygan. Shuning uchun marksizm ta’limoti XX asr
sotsialistik inqilobi jarayonida kapitalistik tizimni boshqasiga o‘zgartirish
bo‘yicha inqilobiy harakatlarning nazariy asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |