H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Iqtisodiyot nazariyasiga debocha
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Iqtisodiyot nazariyasiga debocha. Dastavval, iqtisodiyotga qarashlar
rivojlanmagan ijtimoiy munosabatlarni aks ettirgan, iqtisodiyot haqidagi natural xo‘jalikka xos bo‘lgan oddiy tasavvurlar paydo bo‘la boshlagan tovar munosabatlari haqidagi ilk farazlar negizida shakllangan. Iqtisodiyotga o‘sha davrdagi qarashlar, odatda, o‘zining ijtimoiy mazmuniga ko‘ra anchagina keng asarlarning, ilmiy traktatlar va hokazolarning tarkibiy qismlaridan, ayrim qoidalardan iborat bo‘lgan tarixning antik dunyo, quldorlik va feodalizm davri mutafakkirlarning nazariy iqtisodiy hayotning turli jabhalariga: jamiyat taraqqiyotining shakllari va manbalariga; jamiyat turli sohalarining roliga; pul, pul muomalasi ilk shakllari va kapitalning ilk shakllariga; adolat va iqtisodiy faoliyatning ma’nosiga va hokazolarga qaratilgan. Iqtisodiy qarashlar o‘rtasidagi natural farq va pul xo‘jaligiga munosabat bilan belgilangan. Urush, tobe aholidan o‘lpon undirish natural xo‘jalikni himoya qilish boylik manbai hisoblanadi, deguvchi tasavvurlar (Ksenofont, Aflotun) pul xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlovchi tasavvurlar (Solon, Perikl) bilan yonma-yon kelgan iqtisodiyotga qarashlarni tartibga solish nuqtai nazardan olganda, ana shu davrdagi Arastuning (eramizdan avvalgi 384 – 322 yillar) mulohazalari alohida e’tiborga molikdir. U boylikning ikki ko‘rinishini – «iqtisodiyotni» va «xrematistikkani» alohida-alohida ajratadi. Birinchi ibora ostida Arastu boylik – bu foydali buyumlar majmui deb, ikkinchi ibora ostida u boylik – bu pul yig‘ish, deb tushunadi. Ana shunday farqlash ortida natural va pul xo‘jaligi xususiyatlarini umumlashtirish yotadi. Bundan tashqari Arastu fanning ikki xil yo‘nalishini ajratib ko‘rsatadi. Shulardan faqat xrematistikagina boylikning pul shakliga harakatni tadqiq etish bilan shug‘ullangan. 55 Iqtisodiy tafakkur tarixning ilk davrida paydo bo‘lgan iqtisodiy qarashlar rivojlanishidagi ikkinchi yo‘nalish – iqtisodiy qarashlarning iqtisodiy xatti- harakatlar va chora-tadbirlarga berilgan anchagina kengroq ijtimoiy baho bilan aloqasidir. Mehnatning, boylik va qashshoqlikning roliga qarama-qarshi baho berish, adolat nuqtai nazaridan pulning rolini baholash – iqtisodiyotga qarashlarning ana shu jihatlarini u yoki bu ko‘rinishida qadimgi va o‘rta asr mutafakkirlarining hammasida uchraydi. Pul va ulgurji savdoning rivojlanishi, qaror topgan qadriyatlar va me’yorlarning inqiroziga yuz tutishi, muqarar ravishda iqtisodiyotning javob reaksiyasini keltirib chiqarishi lozim edi. Boylik va ezgulikning bir-biri bilan chiqishmasligi haqidagi (Aflotun), pul boylikning «notabiiyligi» haqidagi (Arastu), «boylik bu kambag‘allarni tunashning o‘zginasi» ekanligi haqidagi (Avgustin) g‘oyalar o‘rnini bozor xo‘jaligi rivojlanganligi sayin «adolatli narxini», «adolatli almashinuvini» izlanish (Foma Akvinskiy) egallay boshlagan. O‘rta asr sharoitida (kanonistlarning iqtisodiy qarashlari) iqtisodiy xatti-harakatlarini ahloq va adolatning xristiancha me’yorlari nuqtai nazaridan baholash, aslini olganda, iqtisodiy qarashlarning shakllanishida asosiy mezonga aylanadi. Shunday qilib, iqtisodiyot nazariyasi tarixining ilk davrida iqtisodiy qarashlarning ikki jihati yaqqol kuzga tashlanadi. Bir jihatdan bu iqtisodiy kategoriyalar (tushunchalar) real mazmunning tahlili bo‘lsa, ikkinchi jihati – iqtisodiy qarashlar va tushunchalar jamiyati ijtimoiy hayoti bilan uzviy aloqasidir. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling