H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
2.3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti Har qanday fanning vazifasi kechayotgan jarayonlarni, dalillarni tahlil qilishdan, ichki o‘zaro aloqalarini ochib borishdan, hodisalarni o‘zgarish qonuniyatlari va tamoyillarini aniqlashdan iborat. Iqtisodiyot nazariyasi ham bundan mustasno emas. Iqtisodiyot nazariyasining butun tarixiy bosib o‘tayotgan yo‘li jamiyat iqtisodiyot hayotini yaxlit, izchil tahlil qilish, rivojlanish tamoyillarini tafsiflash, tushuntirish va oldindan ko‘ra bilishga, iqtisodiyot hayot qonuniyatlarini aniqlashga, eng maqbul iqtisodiy qarorlarning usullarini asoslashga intilish yo‘li bo‘lganini ko‘rsatadi. Iqtisodiyot nazariyasi, boshqa ijtimoiy fanlar kabi tabiiy fanlardan farq qiluvchi bir qator xususiyatga ega, birinchidan, iqtisodiyot nazariyasi odamlarning faoliyati bilan bog‘liq, shu tufayli ijtimoiy fan hisoblanadi, tabiiy fanlardan farqli ravishda odamlarning irodasi va ongida bevosita ifodalanmagan hodisa va jarayonlarini o‘rganadi. Ikkinchidan, iqtisodiy xatti- harakatlar, ya’ni iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy manfaatlar va mafkura bilan uzviy bog‘liq. Bu iqtisodiyot nazariyasi oldiga boshqa ijtimoiy fanlar va ilm sohalariga: jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, tarix va hokazolarga muntazam murojaat etib turish vazifasini qo‘yadi. Uchinchidan, iqtisodiyot nazariyasi odamlarning iqtisodiy manfaatlari bilan uzviy bog‘liqligi sababli, iqtisodiyot nazariyasini shunchaki maqsadga muvofiq iqtisodiy qarorlarning o‘zi emas, jamiyat ishlab chiqargan mahsulotlar va ne’matlar ijtimoiy adolatli taqsimlanishini hisobga olib, ana shu qarorlarni amalga oshirish zarurati ham qiziqtiradi. Jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar iqisodiyot nazariyasining predmeti hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar jamiyatda yaxlit bir tizimni tashkil etishi sababli iqtisodiyot nazariyasi fanning boshqacha ta’rifi ham bor. Iqtisodiyot nazariyasi – bu jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar tizimi haqidagi fandir. Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilar ekan, quydagi bir qator asosiy savollarga javob berishi kerak: •Iqtisodiy tizimning o‘zi nima, uning tuzilishi qanday, uning asosiy tarkibiy qismlari, maqsadlari va harakat usullari nimalardan iborat?; 52 •Iqtisodiy tizim qanday faoliyat yuritadi, faoliyat jarayonida uning qismlari o‘zaro aloqasi qanday faoliyat yuritadi, faoliyat jarayonida iqtisodiy qarorning qabul qilinishiga qanday ta’sir o‘tkazadi?; •Iqtisodiy munosabatlar tizimi jamiyatdagi boshqa maunosabatlar bilan, avvalambor, ijtimoiy va siyosiy munosabatlar bilan qanday hamkorlik qiladi? Iqtisodiyot nazariyasi real iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishga tayanib, ham butun iqtisodiyotga nisbatan, ham muayyan vazifalarga nisbatan qo‘llaniladigan samarali qarorlar qabul qilinishi uchun zamin yaratadi. Ushbu qarorlarning qabul qilinishi birinchi navbatda, ob’ektning, ya’ni uning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rganishni tahmin etishi bois, iqtisodiyot nazariyasining boshlang‘ich vazifasi – iqtisodiyot tizimining mazmuni va tarkibiy tuzilishini aniqlashdan iborat. Tizimni, uning xususiyatlarini tushunibgina to‘g‘ri iqtisodiy qarorlar qabul qilish, to‘g‘ri iqtisodiy to‘xtamga kelish mumkin. Iqtisodiyot tizimining murakkabligi bois iqtisodiyot nazariyasi hozirgi sharoitda yo‘nalishlar va maktablar majmui holida taqdim etiladi. Ammo, iqtisodiyot tahlilida turli uslubiy yondashuvlar mavjud bo‘lishiga qaramay, hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining anchagina puxta tuzilishi shakllangan. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining tarkibiy qismlari va alohida qismlari, bevosita predmeti quydagi eng muhim ikki jarayon bayonida to‘g‘ri aniqlanishi mumkin: 1. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat bilan birgalikda rivojlanadi – iqtisodiyot va iqtisodiyotga nazariy qarashlar real iqtisodiy munosabatlar rivojlangani sayin rivoj topib boradi. 2. Iqtisodiy munosabatlarning murakkablashib borishi, iqtisodiy tizimlarning yangi modellari paydo bo‘lishi muqarar ravishda iqtisodiyot nazariyasining tabaqalanishiga, yangi yo‘nalishlar va maktablar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, hozirgi kunda iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashda quydagilarni ifodalash maqsadga muvofiq bo‘ladi: Iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi g‘oyalarning boyligi va xilma-xilligi, oqimlari va harxil yo‘nalishlar hozirgi zamon darajasi tasvirida bu fanning predmetini alohida ajratib ko‘rsatishga ijozat beradi. Iqtisodiyot nazariyasi fanning predmetini ifodalashda biz harxil muammolarni va maktablarni bir- biriga qarshi qo‘ymaslikdan kelib chiqamiz, axir bularning har biri iqtisodiyotda harxil momentlarga urg‘u berganlar va beradilar. Misol tariqasida iqtisodiyotning uzoq davrda (klassiklar) va qisqa davrda 53 (keyneschilar) rivojlanish dinamikasini ko‘rib chiqadilar. Bizning vazifamiz – harxil iqtisodiy konsepsiyalarda nima bor, barcha yaxshisini olamiz, haqiqiy urg‘u bo‘ladi va uni iqtisodiyot nazariyasini o‘rganishda qo‘llash lozimdir. Iqtisodiyot fani rivojlanish davrida uning predmeti ham o‘zgargan. Biz endi bilamizki, qadimgi zamondan boshlab to XVII asrgacha Arastu tali’motiga binoan iqtidiyot uy xo‘jaligi xususiyatini o‘rgangan. A. Monkreten uni jamiyat xo‘jaligini boshqaruvchi qonun to‘g‘risidagi fan sifatida ifoda etgan. Ammo ko‘p yilllar mabaynida uning predmeti xalqlar boyligi deb atalgan, bu to‘g‘rida XVIII – XIX asrlardagi iqtisodchilar asarlarining nomlari guvohlik berib turibdi (misol: A.Smitning «Xalqlarning boy bo‘lish tabiyati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot» asari keyinchalik «Xalqlar boyligi» shunday nomlangan). Sobiq ittifoq tizimida o‘qitilgan Markscha tushunchadagi siyosiy iqtisod – bu fan kishilar o‘rtasida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va nihoyat iste’mol qilish jarayonida jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari bilan bog‘liq holda yuz beradigan iqtisodiy (ishlab chiqarish) munosabatlarning yig‘indisini o‘rgatadi. Ishlab chiqarish kuchlari deganda mehnat (mehnat vositalari va predmetlari) hamda kishilar, ularning qo‘lidan keladigan ishi va bilimlari tushuniladi. Mehnat predmeti – bu odamlarning faoliyati nimaga yo‘naltirilganligi (xom ashyo, materiallar, tabiiy resurslar va boshqalar), mehnat vositalari esa, bu odamlar nimaning yordami bilan mehnat predmetlariga ta’sir ko‘rsatadi (mashinalar, asbob – uskunalar, omborlar va boshqalar). Ishlab chiqarish munosabatlarining asosi – mulkiy munosabatlar hisoblanadi, ya’ni yuqorida A.Smit aytgan boylik to‘g‘risidagining o‘zidir. Markscha sobiq ittifoq iqtisodchilarning ko‘pdan-ko‘p qismi iqtisodiyot nazariyasini keng ma’noda ishlab chiqarishni, taqsimlashni, ayriboshlashni va nihoyat iste’mol qilishni boshqarish qonuniyati to‘g‘risidagi fan sifatida talqin qildilar. Hozirgi zamon ko‘pchilik darsliklarida iqtisodiyot nazariyasi predmeti sifatida kishilar iqtisodiy xulqi ko‘rib chiqilmoqda. Endi K.R.Makkonnel va S.L.Bryu «Ekonomiks» kitobining mualliflari, bu fan kishilarning boyliklarini va xizmatlarini cheklangan resurslar dunyosida ishlab chiqarish, taqsimlash va nihoyat iste’mol qilish jarayoni yuz beradigan iqtisodiy xulqini izlaydi, deb hisoblaydilar. Ya’ni, agarda markschilar iqtisodiy munosabatlarni ob’ekt nuqtai nazardan (ishlab chiqarish vositalari va iste’mol qilish predmeti), ya’ni, faqat moddiy ishlab chiqarish sohasini ko‘rib chiqsalar, unda neoklassik sintez vakillari – bu yerda moddiy sohalarni, ham, nomoddiy sohalarni ham ularning sub’ekti –inson nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadilar. Shu bilan bizning fikrimiz bo‘yicha, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini ifodalashda harxil maktablar sintezini ko‘rib chiqish zarurdir. O‘ylaymizki, Markscha iqtisodiyot 54 nazariyasi fanining predmetini umuman, har tomonlama ifodalaganda moddiy ishlab chiqarish birlamchi hamda ishlab chiqarish munosabatlarining ob’ekti va sub’ekti ham asosiy rol o‘ynaydi. Shunday qilib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti bu moddiy boyliklar va cheklangan resurslar birgalikda ulardan samarali foydalanishdagi ishlab chiqarish munosabatlari tizimidir. Bu fan – ishlab chiqarish sifatida ham, iste’molchi sifatida ham kishilar xulqi va munosabatlarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot, jamiyat fuqoralarning ehtiyojlarini qondirish maqsadida zaruriy mahsulot, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish nima, qanday va kim uchun? chiqarishni hal qilishni o‘rgatadi. Ko‘rib turibmizki, hozirgi zamon iqtisodiyot fani nafaqat shunday boylik muammosini, balki uning shakllanish yo‘lini ham o‘rgatadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling