H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
R.Shtammler (1856 – 1938), F.Oppengeymer
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- E.Bernshteyn
- T.Veblen
- Antuan Monkreten
R.Shtammler (1856 – 1938), F.Oppengeymer (1864 – 1943) va
boshqalar timsolidagi Germaniya sotsialistik maktab vakillari tarixiy maktab yutuqlaridan kelib chiqib, indiudalizm uchun marjeinalizmni, ishlab chiqarishning roliga ortiqcha baho berganligi uchun marksizm siyosiy iqtisodni tanqid qilishga urindilar. Sotsialistik maktab tarafdorlari institutlar faoliyatiga, kapitalizm ziddiyatlarini hal etishning shakli va usullariga alohida e’tibor berishgan, shuning uchun ham ular institutsionalizm o‘tmishlari sifatida tanilgan kapitalizmning ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlari keskinlashuviga boshqacha bir reaksiya E.Bernshteyn (1850 – 1832), K.Kautskiy (1854 – 1938), R.Gilferding (1877 – 1941) timsollaridagi sotsial-demokratlarning ta’limotlarida aks etgan marksistik yo‘nalishning qator qoidalarini: tarixiy taraqqiyotning bir variantligi haqidagi, kapitalizm ziddiyatlarining qator keskinlashib borishi haqidagi, qo‘shimcha qiymatning tabiati haqidagi, imperializm va moliyaviy kapitalizmning tabiat haqidagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqishini yo‘qlab chiqdilar. Kapitalizm ziddiyatlarini hal etishning islohotlari varianti asoslab berilishi, kapitalizmning asta-sekin o‘sib o‘tishi XX asr sotsial-demokratlarning qarashlarini ma’lum darajada belgiladi, iqtisodiyot nazariyasining ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi institutsionalistlarning qator ishlarida ham aks etgan edi, ana shu yo‘nalishning T.Veblen (1857 – 1929), J.Kommons (1862 – 1945), J.Gelbreyt kabi vakillari jamiyat institutlari, korporatsiyalar (davlat, kasaba uyushmalari, huquqiy me’yorlar va hokazolar) rolini tahlil qilishar ekan, marjinalistlar neoklassiklardan farqli o‘laroq tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarning real ziddiyatlariga urg‘u beribgina qolmay, hozirgi zamon iqtisodiyoti tizimidagi ma’lum iqtisodiy ko‘rinishlar mazmunini tahlil qilishgan. Masalan, J.Gelbreytning korporatsiyalar va davlatning tabiati haqidagi xulosalari iqtisodiyot nazariyasining hozirgi jamiyat tuzilishi haqidagi tasavvurlarini juz’iy ravishda kengaytiradi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarining ziddiyatlarga boy qismini sobiq sotsialistik davlatlarga ishlanmalar tashkil etardi. Ana shu davlatlarda siyosiy iqtisod jamiyat hayotiga yolg‘iz marksistik qarash doirasida, sotsializmning real ziddiyatlari tahlilsiz rivojlangan edi. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining tarkibiy qismlari iqtisodiyot nazariyasi murakkab tadrijiy rivojlanish yo‘lini bosib o‘tib, ko‘pgina 63 yo‘nalishlar va maktablarga bo‘linib, yondashuvlardagi, bevosita predmetdagi, iqtisodiy tizimlar tahlilining xususiyatlaridagi jiddiy farqni o‘zida turg‘un aks ettirib keldi. Natijada, bir tomondan, cheklangan resurslardan foydalanish jarayonida iqtisodiy tizimlar faoliyatining keng tahlili shakllandi, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning o‘z real ko‘rinishlaridagi, jamiyatning boshqa munosabatlari va institutlari bilan mustahkam aloqadagi ijtimoiy-iqtisodiy tarkibi hamda mazmun-mohiyatining tahlili shakllanadi. Institutsional iqtisodiyotning o‘z chegaralari va predmeti tobora yaqqol namoyon bo‘lib bormoqda. Iqtisodiyot nazariyasining bugungi tarkibiy tuzilishi – bu, birinchidan, iqtisodiyotning oddiydan aralash tipdagi murakkab iqtisodiy tizimlargacha bo‘lgan rivojlanishi natijasidir. Ikkinchidan, bu milliy iqtisodiyotlarning murakkablashib borishi, modellarining rang-barangligi natijasidir. Uchinchidan, hozirgi zamon nazariyasi – fan uslublarining rivojlanishi natijasidir. XIX asrning oxiriga kelib, sifat va miqdor uslublarining butun bir majmui vujudga keldi, ular fan imkoniyatlarini jiddiy ravishda kengaytirdi. Iqtisodiyot nazariyasining ob’ekti va predmeti serqirra ekanligi, iqtisodiyotni faqat bir yondashuv, bir usludan kelib chiqib tavsiflashga urinish samarasiz va istiqbolsiz ekanligi tobora ayon bo‘lib bormoqda. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi – bu umumiy predmet – iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq iqtisodiy fanlar tizimidir. Ayni vaqtda iqtisodiyot nazariyasining har bir tarkibiy qismi o‘zining bevosita predmetiga ega. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining asosiy tarkibiy qismlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1. Cheklangan resurslardan ratsional (samarali) foydalanish nazariyasi. 2. Iqtisodiy munosabatlarning mikrodarajadagi (mikroiqtisodiyot) va makrodarajadagi (makroiqtisodiyot) faoliyati tahlili uning bevosita predmeti hisoblanadi. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy nazariya. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida, iqtisodiy va ijtimoiy mazmun-mohiyat birligidagi milliy iqtisodiyot tahlili, iqtisodiy tizim va iqtisodiyotning muayyan modellari tahlili uning bevosita predmetlari hisoblanadi. 4. Institutsional iqtisodiyot nazariyasi. U iqtisodiy tizim mazmun- mohiyatini iqtisodiy va boshqa institutlarning o‘zaro aloqasi, ularning iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri orqali ko‘rib chiqadi. 5. Iqtisodiyot fanining rivojlanishiga nafaqat tarixan nazar tashlash, shu bilan birga, iqtisodiyotga yagona, yaxlit qarashning bo‘g‘inlari sifatida turli yondashuvlarni birlashtirishga da’vat etilgan iqtisodiyot nazariyasi tarixi alohida o‘rin tutadi. 64 Iqtisodiyot nazariyasi tarmoq, muayyan iqtisodiy muammolarni o‘rganadigan ayrim iqtisodiy fanlardan farqli ravishda iqtisodiyot haqidagi umumnazariy fan hisoblanadi. Yuqoridagi fanlarning nazariy qismi ham bor, ammo u iqtisodiyot nazariyasining umumiy xulosalariga asoslanadi. Shu bilan birga, hozirgi sharoitlarda jamiyatning cheklangan resurslaridan ratsional foydalanish asoslari bayon etiladigan (Economics) ijtimoiy-iqtisodiy tuzumini, uning barcha ko‘rinishlari va ziddiyatlari bilan birgalikda o‘rganadigan fanlar ham iqtisodiyotni atroflicha o‘rganishning nazariy bazasi hisoblanadi. Iqtisodiyot nazariyasi turli fanlar tomonidan o‘rganilishi munosabati bilan iqtisodiyot nazariyasi va uning tarkibiy qismlari nomi qanday bo‘lishi kerak, degan savol tug‘iladi. Ayni vaqtda Economicsning siyosiy iqtisod bilan o‘zaro munosabati, ularning iqtisodiyot nazariyasining asosiy tarkibiy qismlari bilan aloqasi haqidagi masala ko‘pincha bahslarga sabab bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasini tashkil etuvchi fanlarning nomiga tarixni, uning jamiyat taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi real iqtisodiy mazmunini nazarda tutib yondashish zarur. Tarix shuni ko‘rsatadiki, fanning bir xil nomi ortida ko‘pincha iqtisodiyot nazariyasining qarama-qarshi yo‘nalishlari, tahlilining turli mafaatlar yotgan bo‘ladi. Dastavval iqtisodiyot nazariyasi Antuan Monkretenning 1615 yili Ruanda chiqqan «qirol va qirolichaga bag‘ishlangan siyosiy iqtisod traktati» nomidan kelib chiqib, XVII asr boshlarida «siyosiy iqtisod» nomini oldi. XX asrga kelib ijtimoiy -iqtisodiy, ishlab chiqarish tahlili bilan chatishib ketgan siyosiy iqtisod fani haqidagi hozirgi tasavvurining «siyosiy iqtisod» iborasini qo‘llayotganda ekan, A.Monkreten nazarda tutgan tasavvurga o‘xshashligi juda kam. Iqtisod fani nomida «siyosiy» so‘zining paydo bo‘lishi muallifning xo‘jalikni mohirlik bilan boshqaribgina qolmay, davlatning milliy iqtisodiyotini tashkil etishi zarurligini ta’kidlashga intilganligi bois paydo bo‘lishi o‘rinli: axir grekcha «poeitike» so‘zidan olingan «siyosat» atamasi davlatni boshqarish san’ati ma’nosini anglatar edida. Vaholanki, XVII asrda fanimiz nomining paydo bo‘lishi uchun bundan boshqa, chuqurroq asoslar mavjud bo‘lgan. A.Monkreten merkantilist edi, iqtisodiy tafakkur tarixidagi ana shu yo‘nalish vakillari esa iqtisodiyotga yondashuvi zarur, davlat boyligini ko‘paytirishga qaratilgan siyosatni davlat amalga oshirishi lozim, degan fikrda yakdil edilar. Shuning uchun ham merkantilizm davrida iqtisodiyot nazariyasining boylik haqidagi fan sifatida nomlanishi tasodifiy emas. Merkantilizmning butun rivoji mobaynida boylik haqidagi, davlat siyosatining chora-tadbirlari haqidagi tasavvurlar o‘zgarib borganiga qaramay, iqtisod 65 fanini shu tarzda tushunish merkantilizm barcha yirik namoyandalarining asosiy asarlari nomida uchraydi. Masalan, T.Man 38 , I.T.Pososhkov 39 Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling