H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

nazariyasi (J.Mut, R.Lukas va boshqalar) sub’ektlarning bozor xo‘jaligi 
voqeliklarga ko‘nikish xususiyatiga ishora qiladilar: jamoat tanlovi nazariyasi 
(J.Byukenen, M.Olson va boshqalar) davlatning iqtisodiyotini boshqarishdagi 
sustkashliklarni jamoat qarorlarini qabul qilishning asosi sifatida
individualizm tamoyiliga murojaat etib yengishga urinadilar. 
Birinchi ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish tarafdorlari shu davrda nafaqat 
iqtisodiy, shu bilan birga, siyosiy omillar bilan belgilangan murakkab tadrijiy 
rivojlanish yo‘lini bosib o‘tadilar. Dunyo bir-biriga qarama-qarshi ikki tizimga 
bo‘linganini inobatga oladigan bo‘lsak, ayrim bosqichlarda siyosiy omillar 
ta’siri shu qadar jiddiy ediki, fanning mazkur yo‘nalishi xulosalariga ma’lum 
o‘zgartirishlar kiritdi. Bundan tashqari, sobiq sotsialistik mamlakatlarda 
ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishga birdan-bir ilmiy yo‘nalish deb qaralar edi, bu 
bilib turib nazariyani soxtalashtirishga olib kelar edi.
Mazkur yo‘nalishning avvalgi vakillari nafaqat marksistik tafakkur, shu 
bilan birga, tarixiy maktab tarafdorlari bo‘lmish F.List (1789 – 1846), 
V.Rosher (1817 – 1894) B.Gildebrand (1812 – 1878) X1X asrning o‘rtalarida 
iqtisodiyot nazariyasida milliy xo‘jaliklarning xususiyatlarini aks ettirish 
zarurligini asoslab berishgan, iqtisodiyotga tarixan yondashish g‘oyasini 
iqtisodiy tizimlarni tahlil qilayotganda tarixiy va ijtimoiy-madaniy omillar 
hisobga olinishini himoya qilishgan XIX asrning ikkinchi yarmida yangi 
tarixiy maktab marjinalistik yo‘nalishidan farqli ravishda puxta tahlilga 
iqtisodiyot etika va psixologiyaning uzviy aloqasiga asoslanib, xo‘jalik 
faoliyatini tushuntirish vazifasini ongli ravishda o‘rtaga qo‘ydi. Uning 
vakillari G.Shmoller (1838 – 1917), L.Brentano (1844 – 1931), Byuxer Karl 
(1847 – 1930) marksizmni real omillari tahliliga yetarli darajada e’tibor 
bermaslikda ayblashgan, davlatning ijtimoiy siyosatini ustalik bilan olib borish 


62 
g‘oyasini himoya qilishgan, tred-yunionizm g‘oyalarni targ‘ib qilishgan yangi 
tarixiy maktab va marksizm ta’siri ostida hamda asr oxiriga kelib ijtimoiy 
munosabatlar keskinlashganligi natijasida diniy qadriyatlar bilan iqtisodiyotni 
birlashtirgan M.Veberning (1864 – 1920), «Xo‘jalik ruhi» roliga va «uyushgan 
kapitalizm» zarurligiga alohida urg‘u bergan V.Zombart (1863 – 1941) 
qarashlari keng yoyildi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling