H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiyot nazariyasining umumiy usullari


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.11. Iqtisodiyot nazariyasining umumiy usullari. 
Quyidagilar eng keng tarqalgan va muhim uslubiy yondashuvlar 
hisoblanadi: pozitivistik, strukturalistik, dialektik hamda sintetik. 
Pozitivistik yondashuv bilimning asosiy manbai sifatida aniq (tajribalarga 
asoslangan) fanlarning ma’lumotlarini e’tirof etuvchi, uslubiy asoslarga 
ehtiyoj qoldirmaydigan. Falsafiy pozitivizmga («Pozitiv» falsafaga) 
asoslanadi. Pozitivizm XIX asrning birinchi yarmida shakllangan bo‘lib 
(O.Kont, G.Spenser va boshqalar), keyinchalik neopozitivizm yoki mantiqiy 
pozitivizm (R.Karnap, M.Shlik va b.), so‘ngra postpozitivizm (T.Kun, 
K.Popper va b.) shaklini oldi. 


76 
Pozitivistik yondashuvga xos eng asosiy jihatlar: 
• fenomenalizm (aniq omillarni mo‘‘jiza sifatida aks ettirish); 
• verifikatsiya (ilmiy bilimlarni aniq bilimlar bilan bevosita bog‘lash); 
• pragmatizm (bilimning tor amaliy oqibatlar bilan bog‘liq ahamiyati). 
Pozitivistik yondashuv universal xarakterga ega bo‘lgan formal mantiqiy 
usullardan keng foydalaniladi. Uning uchun quydagilar eng xarakterli, o‘ziga 
xos cheklangan (ayniqsa, neopozitivistik va postpozitivistik talqinlarda ) 
usullar hisoblanadi: 
•Instrumentalizm (ilmiy tushunchalarni tahlil vositalarining vazifalari 
bilan bog‘lash); 
•Operatsionalizm yoki operatsional tahlil (ilmiy tushunchalarni ana shu 
tushunchalar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar tavsifi orqali belgilash); 
•Eksplikatsiya (voqea-hodisalarni shaklga kiritilgan matematik usullar va 
modellardan foydalanish vositasida tavsiflash); 
•Vaziyatli tahlil yoki «tabiiy sharoitdagi tadqiqotlar» (vujudga kelayotgan 
muayan vaziyatlar tahlili). 
Iqtisodiyot nazariyasida pozitivistik yondashuv va uning barcha 
ko‘rinishlari keng qo‘llaniladi. Bu muayyan-iqtisodiy funksional o‘zaro 
aloqalarni 
o‘rganishga 
yo‘nalganlikda, 
iqtisodiy 
matematik 
modellashtirishdan faol foydalanishda, muayyan iqtisodiy vaziyatlarda 
yechimlarni izlashda, shuningdek, iqtisodiyotning tub qonuniyatlarini, tizimini 
tashkil etuvchi iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
mezonlari va vektorlarini aniqlash va asoslashga e’tiborsizlikda namoyon 
bo‘ladi. Ushbu tavsiflar ma’lum darajada iqtisod fani neoklassik 
yo‘nalishidagi tadqiqotlarga xosdir. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling