H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Strukturalistik yondashuv
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- K.Levi-Stross, M.Fuko, T.Parsons, R.Merton
Strukturalistik yondashuv tizim tarkibiy qismlarini, ya’ni uning ichki
tuzilishini, uning qismlari o‘rtasidagi munosabatlar majmuini aniqlashga urg‘u beradigan uslubiy yondashuvdan iborat. Ilmiy bilimning turli sohalarida XX asrning birinchi yarmida tarkib topgan ana shu yondashuvning eng taniqli vakillari K.Levi-Stross, M.Fuko, T.Parsons, R.Merton hisoblanadi. Yuqoridagi yondashuvning o‘ziga xos jihatlari deb quyidagilarni hisoblash mumkin: qismlarni tartibga solishga intilish, hodisa ob’ektivligini faqat uni tizim tarkibiga kiritish orqali tushunish, tarkibiga kirmaydigan hamma narsani «tizimning astari sifatida» chiqarib tashlash va h.k. Strukturalistik yondashuv yuqorida qayd etilgan bir qator shaklan mantiqiy usullardan foydalanish bilan birga, faqat o‘ziga xos cheklangan usullari ham faol qo‘llanadi. Quyidagilar shular jumlasidandir: 77 • Struktura qismlarining mazmuni bilan ular bajarayotgan vazifalar o‘rtasidagi aloqaga urg‘u beruvchi tarkibiy-funksional tahlil (mazkur o‘zaro aloqalarda urg‘u har xil bo‘lishi mumkin); • Strukturalarning iyerarxiya tamoyili (tizim qismlari bir-biriga bo‘ysunishini e’tirof etish, shu jumladan, ko‘zlangan maqsadga erishishni ko‘zlab); • «binar oppozitsiyasi» usuli (juft kategoriyalardan: tabiat-erkin, talab- taklif, kichik biznes-yirik biznes va h.k.foydalanish); • rekombinatsiyalar usuli (tizimning asosiy qismlariga ega bo‘lgan turli- tuman birikmalar va qayta guruhlashdan foydalanish) va h.k. Ko‘rsatib o‘tilgan yondashuv matematik mantiq va modellashtirish usullaridan keng foydalanadi. Ayni vaqtda, strukturalistik yondashuv, pozitivistik yondashuv bilan qo‘shilib ketishi va so‘nggi yondashuvga tartiblilik jihatlarini olib kirishi mumkin. Shuning uchun strukturalizmni hozirgi zamon pozitivizmining bir turi sifatida talqin etuvchi nuqtai nazarning mavjudligi tasodifiy emas. Iqtisodiyot nazariyasida strukturalistik yondashuv sezilarli rivoj topdi. Bu, masalan, turli iqtisodiy birliklarning (qismlarning) ta’sir etish usullarida, iqtisodiy tizimning ikki xil daraja sifatida makro va mikroiqtisodiyotga bo‘linishida, iqtisodiyot turli institutlari vazifalarining chegaralanishida, hozirgi zamon iqtisodiyotining aralash iqtisodiyot deb ta’riflanishida, uning ma’lum parametrlari tahlilida va h.k. Shu bilan birga, strukturalistik yondashuvining amalga oshirilishini soddalashtirish, genetik aloqalarida e’tiborsizlik, tarkibiy tuzilishiga mos kelmagan voqealardan chetlashish havfi bilan bog‘liq. 70-80-yillarda rivojlangan postrukturalizmga birmucha kengroq imkoniyatlar beradi, u «tarkibiy bo‘lmagan» qismlarga ham tizimdan o‘rin topishga urinadi. Iqtisodiyot nazariyasiga nisbatan olganda, bu iqtisodiyotning ilmiy tizimiga iqtisodiyotga aloqasi bo‘lmagan, ammo iqtisodiyot asoslariga faol ta’sir etadigan, ularga murojaat etmay iqtisodiy siyosatning samarali yechimlarini topish qiyin bo‘lgan elementlarini (milliy – o‘ziga xoslik, ijtimoiy-madaniy, ekologik va h.k.) kiritishga urinishlarda ifodalanadi. Ammo bunda aytib o‘tilgan elementlarini qanday qilib yagona tizimning tarkibiy qismlari deb taqdim etish mumkin, degan muammo vujudga keladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling