87
soddalashtirilgan holda quyidagi ko‘rinishda tasavur qilish mumkin:
3.1. – chizma. Ehtiyojning tarkibiy qismlari.
- nima maqsadda (kim uchun ishlab chiqarish kerak,
mahsulotdan
foydalanishning yo‘nalishlari)?
Iqtisodiyotga bunday yondashilganda quyidagi dastlabki eng oddiy
iqtisodiy muammolar paydo bo‘ladi:
- nima ishlab chiqarish kerak (qanday ehtiyojlarni qondirish kerak)?;
- qanday ishlab chiqarish kerak (qaysi resurslardan, qanday texnologiya
bo‘yicha)?
Ehtiyojlar iqtisodiy faoliyatning boshlang‘ich nuqtasi, ularning
qondirilishi – pirovard natija hisoblanadi.
Ehtiyojlarni muntazam qondirib turish zarurati – insoniyat jamiyatining,
har bir odamning xususiyatidir. Ehtiyojlar rang-barang. Ularni turli
mezonlarga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
- Tirikchilik vositalariga, ya’ni odamlarning hayotiy muhim ehtiyojlarini
qondiradigan ne’matlarga bo‘lgan (ovqat,
kiyim-kechak, boshpana va h.k.)
ehtiyojlar;
- Inson hayotining ijtimoiy-madaniy vositalariga (maorif, madaniyat,
bo‘sh vaqt va h.k.) bo‘lgan ehtiyojlar;
- Faoliyat vositalariga (tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish uchun
zarur narsalar va h.k.) bo‘lgan ehtiyojlar;
- Ijtimoiy-obro‘li ne’matlarga (turistik xizmatlar, zeb-ziynat buyumlari va
h.k.) bo‘lgan ehtiyojlar.
Ehtiyojlarni qanday qondirilishiga (alohida-alohida, jamoa holida) ko‘ra,
qondirilishi muqobilligiga ko‘ra va h.k. boshqacha tasniflasa ham bo‘ladi.
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan ehtiyojlar o‘zgarishining
prinsipial
xususiyatlarini aniqlash, ayniqsa, muhim - jamiyat
rivojlanib borgani sayin
ehtiyojlarning oshishi, tarkibi, sifati va soniga ko‘ra muntazam o‘zgarib turishi
Ehtiyoj
Resurslar
Ishlab chiqarish
Mahsulotlar
Foydalanish
88
ro‘y beradi. Yangi ehtiyojlar paydo bo‘ladi, eskilari yo‘qoladi, ehtiyojlarning
turlari o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi va h.k. Bu,
ehtiyojlarning yuksalish
Do'stlaringiz bilan baham: