H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

qonunida o‘z aksini topadi. 
Ehtiyojlarning oshishi va ularning o‘zgarib borishi odamlar ehtiyojini 
qondirishga mo‘ljallangan ne’matlarning yaratilishiga kuchli turtki beradi. 
Ehtiyojlarni doimiy qondirish imkoniyatlari jamiyatda, mamlakatda, 
ayrim odamlarda resurslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina yaratiladi. 
Resurslar – bu ne’matlarni yaratish va ehtiyojlarni qondirish uchun 
mavjud imkoniyatlardir. Resurslar xilma-xil bo‘lib, turlicha tasniflanishi 
mumkin. Tabiat resurslari, ya’ni jamiyatda mavjud bo‘lgan qazilma 
boyliklarining zaxiralari, qishloq xo‘jaligi uchun qulay sharoitlar, jug‘rofiy 
qulay joylashuv. 
Avvalgi avlodlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyati va iste’mol uchun 
yaratilgan hamda to‘plangan resurslar, ya’ni mavjud korxonalar, transport 
tizimlari, uy-joylar va hokazolar. 
Tajribasi, malakasi, bilim darajasi hamda tadbirkorlik qobiliyati bo‘lgan 
odam resurslari. 
Pul, oltin-valyuta va boshqa resurslar. 
Texnologiya va ilmiy-texnik resurslar, ya’ni hozirgi zamon texnologiyasi 
taraqqiyoti uchun jamiyatda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar zaxirasi va h.k. 
Resurslarni boshqacha tasniflash ham mumkin. Masalan, ulardan 
foydalanish imkoniyatlarining muqobilligi bo‘yicha, bir-birining o‘rnini bosa 
olishi, ma’lum vaqt doirasi bilan cheklanganligi bo‘yicha va h.k. Ammo tasnif 
turlaridan kat’iy nazar barcha resurslar bir umumiy xususiyatga ega, ular 
iqtisodiy faoliyatning birlamchi va asosiy shartini: zarur sifatdagi va har xil 
resurslarning mavjudligi ne’matlarni yaratish, bu demak, ehtiyojlarni 
qondirishning birlamchi sharti ekanligini tavsiflaydi. 
Inson ehtiyojlari turli usullar bilan va turli vositalar yordamida 
qondirilishi mumkin. 
Dastavval insoniyat taraqqiyoti ehtiyojlarining qondirilishini ko‘proq 
tabiiy sharoitlarga (meva-chevalarni yig‘ish, daryolardan transport yo‘li 
sifatida foydalanish va h.k.) moslashtirishga asoslangan. Jamiyat rivojlana 
borganidan keyingina ehtiyojlarni qondirish bilan ishlab chiqarishni 
rivojlantirish, texnologiyalarni takomillashtirish o‘rtasida aloqa borligi ayon 
bo‘ldi. Ishlab chiqarish faoliyati jarayonida birlamchi resurslarning inson 
ehtiyojlariga, odamlarning u yoki bu ehtiyojini qondiradigan ne’matlarning 


89 
yaratilishiga moslashishi ro‘y berdi. Ammo ehtiyojlar birgina moddiy 
mahsulotlar bilangina qondirilmaydi. 
Ne’mat – bu ham moddiy, ham ma’naviy bo‘lmagan, pirovard oqibatda, 
iste’molchining ma’lum ehtiyojini qondirishga qodir bo‘lgan yoki ishlab 
chiqaruvchi ma’lum maqsadlar uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan har xil 
predmetlardir. Buyumlarning o‘zi ham,
ularning xususiyatlari ham ne’mat 
hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida ularni odatda, tovarlar va xizmatlar, deb 
atashadi. 
Ne’matlarni ikki turga – ishlab chiqarish resurslariga va ularga asoslanib 
ishlab chiqariladigan iste’mol ne’matlariga bo‘lish mumkin. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling