H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Resurslar va ne’matlarning cheklanganligi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
3.2. Resurslar va ne’matlarning cheklanganligi Har qanday iqtisodiy faoliyat tegishli ehtiyojni aniqlashdan boshlanadi. Ehtiyojlarning ma’lum vaqt doirasida mumkin kadar, vaqtincha qondirilishi muqarrar ravishda ehtiyojlarning qayta tiklanishi, oshib borishi, murakkablashishi va chuqurlashishini keltirib chiqaradi. Bunday ahvol doimiy bo‘lib qolaveradi. Ikkinchi tomondan olganda, bizning ehtiyojlarni qondirish vositalarimiz (resurslar va texnologiyalar), aslini olganda, hamisha cheklangan bo‘ladi. Cheklanganlik har xil bo‘lishi mumkin. Avvalambor, bu tabiatda mavjud bo‘lgan turli ne’matlar miqdorining bir xil emasligidir, ularning bir qatori boshqalariga qaraganda kam tarqalgan. Cheklanganlik odamlar yaratadigan ne’matlarni ham qamrab oladi. Bu ne’matlar ushbu turlarning mazkur vaqtdagi zaxiralarigagina emas, ana shu sharoitlarda ularni qayta ishlab chiqarish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlarga ham, ya’ni vositalarga ham taalluqlidir. Zaxiralarni to‘ldirish imkoniyatlariga ko‘ra ne’matlar takror ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan va takror ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan ne’matlarga bo‘linadi. Shunday qilib, turli ne’matlar zaxiralarining to‘ldirib borilishi hajmi va darajasi ularning bir-biriga nisbatan cheklanganligini tavsiflaydi hamda ne’matlar kamyobligi kategoriyasida ifodalanadi. Bir iste’molchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan ne’matlar zaxirasi uning ehtiyojlarini to‘la hajmda qondirish uchun yetmasligi mumkin, hayotda ko‘pincha shunday bo‘ladi. Hatto, biz, ushbu muayyan, juda tor ta’riflangan ehtiyoj shu davrda to‘liq qondiriladi, deb tasavvur qilganimizda ham, ayni vaqtning o‘zida iqtisodiyotning ana shu sub’ektida mavjud bo‘lgan, to‘yintirilgan extiyoj kabi aynan shu vositalardan foydalanib qondirilishi 90 mumkin bo‘lgan boshqa barcha ehtiyojlarning qondirilmay qolgani ayon bo‘ladi. Ne’matlarning ularga bo‘lgan ehtiyojga nisbatan bunday cheklanganligi ne’matlar yetishmovchiligi kategoriyasida ifodalanadi. Natijada, kamyoblik va yetishmovchilik ne’matlar cheklanganligining turli jihatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ne’matlarning, shu jumladan, resurslar va texnologiyalarning cheklanganligi esa, aslida ne’matlarning odamlar iqtisodiy hayoti va faoliyati sohasiga kiradigan universal xususiyatlari, degan tasavvur hosil qiladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling