H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish kuchlari
vositalarini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning ana shu barcha omillari o‘zaro
hamkorligi natijasida mahsulotning yaratilishi, texnologiya, ya’ni ishlab chiqarishning mavjud ilmiy-texnik bazasi, shu jumladan, axborot imkoniyatlari taqozo etgan mahsulot ishlab chiqarish usullari va axborot imkoniyatlarini boshqarishning alohida tizimini taxmin qiluvchi ishlab chiqarishni tashkil etish orqali namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarishning samaradorligi resurslar sifatiga, ularning kombinatsiyasiga va ishlab chiqarishni tashkil etish shakllariga bog‘liq. Ishlab chiqarishning samaradorligi nuqtai nazaridan resurslar ishlab chiqarish kuchlari sifatida tavsiflanadi. Ishlab chiqarish kuchlari – jamiyatning mavjud resurslarida mujassam bo‘lgan mahsulot yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlaridir. Ishlab chiqaruvch kuchlarni rivojlantirish mahsulotlarni va boylikni doimiy ko‘paytirib borishning zaminidir. Ishlab chiqarish kuchlarining quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: - Birlamchi ishlab chiqarish kuchlari – tabiiy resurslarda, ishlab chiqarish vositalarida va ne’matlarni ishlab chiqaruvchilarda mujassam bo‘lgan imkoniyatlar; - Ikkilamchi ishlab chiqarish kuchlari birlamchi kuchlar zamirida rivojlanadi va ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilish shakllari, fan, maorif, madaniyat, axborot texnologiyalari, raqobat va tadbirkorlik taraqqiyoti natijalarining ishlab chiqarishga jalb etilganligi bilan tavsiflanadi. Ikkilamchi ishlab chiqarish kuchlarining o‘ziga xos xususiyatlari shundaki, ular birlamchi ishlab chiqarish kuchlarini tokamillashtirish orqali, maorif, fan va hokazolar taraqqiyoti natijalriga moddiy tus berib, faoliyat ko‘rsatadilar yoki ularning yangi, nisbatan samarali aloqalarini ta’minlaydilar, bu ishlab chiqarish samadorligining o‘sishiga olib keladi. Ishlab chiqarish kuchlari nafaqat tarkibiy to‘zilishi, shu bilan birga, tarixiy 93 rivojlanishi jihatidan ham tavsiflanishi mumkin. Shu jihatdan ular quyidagi turlarga bo‘linadi: -Tabiiy ishlab chiqarish kuchlari, ular sub’ektiv (odamning jismoniy, sensorli va aqliy imkoniyatlari bilan tavsiflanuvchi mehnatning tabiiy kuchlari) va ob’ektiv elementlardan iborat. Ob’ektiv elementlar mehnat jarayonining tabiiy shart-sharoitlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni tavsiflaydi va ana shu sharoitlarning mo‘l-ko‘lligi oson qo‘lga kiritilishi sifatiga bog‘liqdir. - Jamoat ishlab chiqarish kuchlari – bu jamiyat taraqqiyoti mobaynida yaratilgan va to‘plangan kuchlar. Ular ishlab chiqarishning doimo takomillashib boruvchi omillarinigina emas, shu bilan birga, faoliyatning ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi, insoniyat tomonidan yaratilgan fan-taxnika yangiliklarini rivojlantirish va mustahkamlash, tadbirkorlik kabi jamoat ko‘rinishlarini ham o‘z ichiga oladi. - Umumiy ishlab chiqarish kuchlari fanning ishlab chiqarish kuchlari, ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari moddiy tus olishi, inson faoliyatining ijodiy xarakteri rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarilgan ne’matlar taqsimot va ayriboshlash orqali iqtisodiyotning alohida sub’ektlari iste’moliga havola etiladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling