H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
3.7. Iste’mol
Iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish – har qanday jamiyatda ishlab chiqarish faoliyatining pirovard nuqtasi, uning mazmun-mohiyatidir. Ehtiyoj ishlab chiqarish faoliyati natijasida hamda bunday faoliyatsiz yaratilgan ne’matlar bilan qondiriladi. Iste’mol maqsadlariga ko‘ra ishlab chiqarishdan tashqarida odamlar ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan shaxsiy iste’molga va mahsulotdan ishlab chiqarish omillarini qayta tiklash va kengaytirish uchun, investitsiya maqsadlari uchun foydalanishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish iste’moliga bo‘linadi. Ehtiyojlar va ularni qondirish usullarining rang-barangligi ishlab chiqarilayotgan iste’mol buyumlari va xizmatlarning tarkibini, shu bilan birga, iste’molni tashkil etish xususiyatlarini ham belgilaydi (uy xo‘jaliklari, ijtimoiy ko‘rinishlar orqali va h.k.). aholi va firmalar iste’moli ularning daromadlardan foydalanishiga asoslanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning boshqa bir – iste’mol nuqtai nazaridan tasnifi ulardan foydalanish muddatlariga asoslanadi. Ular uzoq vaqt foydalaniladigan (kiyim-kechak, poyafzal, mashinalar va h.k.) va qisqa muddat foydalaniladigan predmetlarga (oziq-ovqat mahsulotlarining aksariyati, yordamchi materiallar) bo‘linadi. Iste’mol qilinadigan mahsulotlar bir-birining o‘rnini bosishini, ya’ni muqobillik asosida ulardan foydalanish imkoniyati mavjudligini, shuningdek, bir-birini to‘ldirishini, ya’ni iste’molda bir mahsulotdan foydalanish, ayni vaqtda, muqarrar ravishda, boshqa mahsulotdan ham foydalanishni taqozo etishini ta’kidlash lozim. Ishlab chiqarishdan iste’mol sari harakatning har bir bosqichida iqtisodiy faoliyatga iqtisodiyotning yangidan-yangi sub’ektlari jalb etilishini, ularning 97 ishlab chiqarish, ne’matlar taqsimoti, ayirboshlovi, iste’moli bilan bog‘liq o‘zaro aloqalari muntazam chigallashib borishini ta’kidlash muhimdir. Iste’mol to‘xtab qolishi mumkin emas, bu demak, ishlab chiqarish, ayirboshlov hamda va iste’molni o‘zaro birlikda va o‘zaro aloqada muntazam takrorlab turish, yoxud takror ishlab chiqarish muqarrardir. Shuning uchun iqtisodiyot o‘z-o‘zini qayta tiklovchi iqtisodiyot sifatida namoyon bo‘ladi, bu Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling