H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik yuritish
- Samaradorlik
- Iqtisodiy tanlov va muqobil sarf-xarajatlar
iqtisodiy aylana oborotida o‘z ifodasini topadi.
3.8. Xo‘jalik yuritish va samaradorlik Iqtisodiyot sub’ektlari, iqtisodiy faoliyatning sub’ektlari sifatida, o‘z maqsadlariga erishish uchun ixtiyorlarida mavjud bo‘lgan resurslardan kelib chiqib, mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari zarur. Xo‘jalik yuritish – iqtisodiyot sub’ektlarining ehtiyojlar qondirilishini va eng kam sarf-xarajatlar bilan qo‘yilgan maqsadlarga erishilishini taxmin qiluvchi, eng tejamli qarorlarni qabul qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va xatti-harakatlar majmuidan iborat. U samarali faoliyatni amalga oshirish uchun natijalarni sarf-xarajatlar bilan muntazam qiyoslab turishni taxmin qiladi. Samaradorlik (umumiy ko‘rinishida) _ natijalarning sarf-xarajatlar bilan nisbatidir. Samaradorlik real iqtisodiyotda rang-barang ko‘rinishlarda ifodalanishi bilan ajralib turadi. Xo‘jalik yurtuvchi sub’ektlar xatti-harakatining iqtisodiy ratsionalligi ularning dastavval o‘z xatti-harakatlari foydasini (natijalarini), foyda olish uchun qilinishi zarur bo‘lgan taxminiy sarf-xarajatlarni aniqlashlari, foydani qilinadigan sarf-xarajatlar bilan qiyoslashlari kerak ekanligini taxmin qiladi. Iqtisodiy tanlov va muqobil sarf-xarajatlar. Agar sarf-xrajatlar muammosini ne’matlar cheklanganligi va muqobil variantlar orasidan birontasini tanlash zarurligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, samaradorlik muammosi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: Aniq bir ne’matni olishga yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakat ayni vaqtda uning muqobili bo‘lgan boshqa barcha ne’matlarni olishdan voz kechishni, ya’ni tanlab olingan ne’matga egalik qilish uchun qolgan barcha ne’matlardan voz kechishni anglatadi. Masalan, bir litr sutning sotib olinishi ana shu pulga bir dona non sotib olishdan voz kechilishini anglatishi mumkin. Albatta, aksariyat vaziyatlarda tanlash imkoniyati ikkitadan ortiq bo‘ladi. Bunday holda iqtisodiyotning maqsadga muvofiq harakat qiluvchi sub’ekti mavjud resurslardan foydalanishning har bir muqobil varianta keltiradigan foydani chamalab chiqadi va amalga oshirilishi eng ko‘p foyda keltiradigan 98 muqobil variantni tanlaydi. Iqtisodiyotning tejamkor sub’ekti bunday holda nimalardan mahrum bo‘ladi? Shu narsa ayonki, u o‘zi tanlagan eng yuqori foydani deb, boshqa foydalardan mahrum bo‘ladi. Chunki mazkur sub’ekt qolgan barcha muqobillarni, shu jumladan, ularning ichidan eng yaxshisini qurbon beribgina, iqtisodiy xatti-harakatlarning eng foydali variantini amalga oshirishi mumkin. Bu demak, mazkur ne’matni olish uchun qilingan sarf- xarajatlar muqobil, olinmay qolgan boshqa ne’matlarga teng bo‘ladi, muqobil ne’matlar keltirishi mumkin bo‘lgan foydalar ichida ana shu xatti-harakat vaqtida rad etilgan eng yuqori foyda mazkur xatti-harakatning sarf-xarajatlarini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, muqobil sarf- xarajatlar – bu amalga oshirilmagan muqobil imkoniyatlarning keltirishi mumkin bo‘lgan foydaning o‘zi. Bir ne’matni (aytaylik, A ne’matini) ko‘p miqdorda ishlab chiqarishga o‘tish vaqtida (3.2.- chizmaga karang), boshqa ne’matning qo‘shimcha ishlab chiqarilmagan miqdori (bizning misolimizda B ne’matining) mazkur ne’mat har bir qo‘shimcha miqdorining sarf-xarajatlari hisoblanadi: masalan, A Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling