107
o‘rtasida barqaror bog‘liqlik hamisha mavjud bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning
qo‘llanilgan omillari kombinatsiyasi bilan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
o‘rtasidagi o‘zaro funksional bog‘liqlik,
ishlab chiqarish funksiyasi, deb
ataladi. Foydalanilgan omillar qiymati uning mustaqil o‘zgaruvchan miqdori,
mahsulot ishlab chiqarish hajmi qiymatlari–qaram o‘zgaruvchan
miqdor
sifatida namoyon bo‘ladi. Bu matematik jihatdan quyidagicha ifodalanadi:
Q=F (X
a
, X
b
, X
c
………., X
n
),
bunda,
Q–ishlab chiqarish hajmining qiymati;
F–ishlab chiqarish omillarining
o‘zaro funksional bog‘liqligi;
X
a
, X
b
, X
c
.........., X
n
-
ishlab chiqarishda
qo‘llanilayotgan omillar qiymati.
Omillar texnologik aloqasining rang-barang usullari mavjud bo‘lgani
bois, ishlab chiqarish funksiyalari ham har xil shakllarni qabul qiladi. Ammo
ularning hammasi bir qator umumiy xususiyatlarga ham ega:
– ishlab chiqarishning har bir funksiyasi faqat ma’lum
texnologik
bog‘liqlikni tavsiflaydi va texnologiyaning o‘zgarishi ishlab chiqarish
funksiyasining o‘zgarishiga olib keladi;
– ishlab chiqarish funksiyasi ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning
muqobil variantlarini tavsiflaydi va ularning o‘zaro o‘rin
almashish
imkoniyatlarini ko‘rsatadi;
– ishlab chiqarish funksiyasi omillarning har qanday berilgan
kombinatsiyasi uchun mahsulot ishlab chiqarishning eng yuqori qiymatlarini
aks ettiradi;
– Ishlab chiqarish funksiyasi «iqtisodiy soha», deb atalmish soha tarkibiga
kiruvchi ishlab chiqarish omillari kombinatsiyasining
faqat texnologik
samaradorligini aks ettiradi, ana shu sohada qo‘llanilayotgan
har qanday
omilning ko‘paytirilishi ishlab chiqarishning ko‘payishi bilan kuzatiladi, ya’ni
bu soha uchun agar,
X
Do'stlaringiz bilan baham: