H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Markazlashgan tizimda alohida birliklar faoliyatini muvofiqlashtirish
yagona iqtisodiy markaz orqali amalga oshiriladi, markaz resurslarni ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalari o‘rtasida taqsimlash, birliklar faoliyati samaradorligini baholash huquqiga ega bo‘ladi. Bu holda iqtisodiyot birliklarining mustaqil qaror qabul qilishi cheklangan, belgilangan 103 markazlashgan me’yorlar, normativlar va qoidalar bilan tartibga solingan bo‘ladi. Markazlashgan usullarni muvofiqlashtirish o‘zgarib turishi, birliklarning mustaqillik darajasi oshib borishi mumkin, ammo muvofiqlashtirish mazkur usulining mazmun-mohiyati bir xilligicha qolaveradi - ayrim birliklarning iqtisodiy tanlovi xatti-harakatlarni «Nima ishlab chiqarish kerak?», «Qanday ishlab chiqarish kerak?»; «Kim uchun ishlab chiqarish kerak?» kabi tub masalalar bo‘yicha muvofiqlashtirish doirasida amalga oshiriladi. Hozirgi zamon iqtisodiyot tizimlari uchun muvofiqlashtirishning aralash tizimi tipik hisoblanadi. Bu holda iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning bozor tamoyillari, iqtisodiyotning bozor asoslari davlatning faol ishtirokida amalga oshiriladigan, aslida markazlashgan muvofiqlashtirish alomatlariga ega bo‘lgan iqtisodiy hayotni boisharish tamoyillariga qo‘shilib ketadi. Iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti laureati Pol Samuelson V.Norxauz bilan birgalikda yozgan «Iqtisodiyot» darsligida hozirgi zamon G’apb iqtisodiyotini shunday ta’riflaydi: «Hozirgi zamon jamiyatlaridan birontasi ham ana shu qarama-qarshi kategoriyalarning hech qaysisiga to‘g‘ri kelmaydi. Aniqrog‘i, barcha mamlakatlar aralash iqtisodiyoti – bozor elementlari va boshqaruvning rahbarlik ko‘rinishidan iborat iqtisodiyotga ega. Hali hech qachon 100 foizli bozor iqtisodiyoti bo‘lmagan (vaholanki, Angliya XIX asrda unga ancha yaqinlashgan edi). Hozir AQShda qarorlarning aksariyat qismi bozor tomonidan qabul qilinadi. Ammo mamlakat hukumati ham bozor ishini o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaydi: hukumat iqtisodiy hayotni boshqaruvchi qonun va nizomlarni chiqaradi, maorif va tartibni saqlash sohasida xizmatlar ko‘rsatadi, biznes va atrof-muhit muhofaza qilinishini nazorat etiladi» 51 . Iqtisodiyot tizimlari tavsifi muvofiqlashtirish usullari bilan cheklanmaydi. Ularning zamiri anchagina keng – mulkka egalikning turli-tuman ko‘rinishlari, tashkiliy tartiblarning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanishning iqtisodiyotga zid omillari shular jumlasidandir. Natijada, jamiyatning iqtisodiy hayoti u yoki bu milliy iqtisodiy chegaralar hamda xalqaro integratsiya hosilalari doirasida yaxlitlik xususiyatini kasb etadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling