H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish zaruratiga duch keladi. Bu quydagi 
zaruratlarni o‘z ichiga oladi: 1) ishlab chiqaruvchilar qarorlarini kelishish; 2) 
iste’molchilarning qarorlarini kelishish; 3) umuman ishlab chiqarish va 
iste’mol haqidagi qarorlarni kelishish. Mazkur zaruratni ko‘pgina sabablar, shu 
jumladan, iqtisodiyot sub’ektlari iqtisodiy faoliyatining ma’lum turlariga 
ixtisoslashuvi keltirib chiqaradi. 
Ma’lum bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning turli usullari 
turli nisbatlarda birlashib, muayyan iqtisodiy tizimlarda birga tinch-totuv 
yashaydi. Har bir milliy iqtisodiyotda uning shart-sharoitlariga mos bo‘lgan 
faoliyatni muvofiqlashtirish usullari yaratiladi. 
3.10. Iqtisodiy rivojlanish 
Iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida muvofiqlashtirishning 
natural, bozor, markazlashgan va aralash mexanizmlari muvofiqlashtirishning 


101 
ustuvor usullari bo‘lib kelgan. 
Xo‘jalik birliklari tarqoq, ularning o‘rtasidagi aloqa muntazam 
bo‘lmagan natural xo‘jalikda faoliyatini muvofiqlashtirish tasodifiy 
xarakterda bo‘ladi, resurslarning birliklar o‘rtasidagi taqsimoti tabiiy tarkib 
topgan me’yorlar va qoidalar bilan belgilanadi. 
Bozor tizimi sharoitlarida iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish bozor 
orqali, narx-navo talab va taklifga muvofiq belgilash yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Bunda iqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro aloqasi aylanma oborot 
modeli (aylanma otsimlar)da tasvirlanishi mumkin. U iqtisodiyotni ikki 
sektorga: uy xo‘jaligi va firmalarga bo‘ladi. Uy xo‘jaliklari o‘z resurslarini – 
mehnatlarini, kapitallarini va yerlarini sotishdan oladigan daromadlaridan 
tovarlarni va firmalarning xizmatlarini sotib olish uchun foydalanadilar. 
Firmalar tovarlar va xizmatlarni sotishdan tushgan pullaridan uy 
xo‘jaliklaridan resurslarni sotib olish uchun foydalanadilar (3.3-chizma).

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling