H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

2
 –A
1
miqdorini qo‘shimcha ishlab chiqarganda, B
2
–B
1
miqdori muqobil sarf-
xarajatlar bo‘ladi. Mazkur ne’matii tobora ko‘proq ishlab chiqarishga izchillik 
bilan o‘tishda biz muqobil sarf-tarajatlar oshib borayotganini payqaymiz. 
Muqobil sarf-xarajatlar oshib borishining sababi foydalanilayotgan 
resurslarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ularning hammasini ham 
bir ishlab chiqarishdan olib, ikkinchisiga yo‘naltirib bo‘lmaydi. Ratsional 
harakat qiluvchi iqtisodiyot sub’ekti avval ishlab chiqarishning mazkur turiga 
eng yaroqli resurslardan foydalanadi, so‘ngra bunday ishlab chiqarish 
kengayib borgani sayin, resurslar cheklanganligi sababli, buning uchun boshqa 
kam yaroqli resurslarga o‘tishga majbur bo‘ladi. Bu demak, o‘ziga xos 
iqtisodiy resurslardan ishlab chiqarishning boshqa muqobil turlarida faqat 
qisman, ma’lum darajada va tobora kamayib boradigan miqdorda foydalanish 
mumkin. Natijada, resurslar cheklanganligi va o‘ziga xosligi sharoitida
mahsulotning muqobil turlaridan birontasini ishlab chiqarish kengayib borgani 
sayin muqobil sarf-xarajatlar og‘ishmay ko‘payib boraveradi. 
Bozor sharoitlarida foyda pul ko‘rinishida baholanadi hamda pul 
tushumlari yoki daromad ko‘rinishida, sarf esa, xarajatlar va chiqim 
ko‘rinishida 
ifodalanadi. 
Iqtisodiy 
xatti-harakat 
natijasini 
– pul 
mablag‘larining tushumi va chiqimi o‘rtasidagi farqni daromad ko‘rinishida 


99 
ifodalasa bo‘ladi. Bunda iqtisodiyot sub’ekti faoliyatining maqsadga 
muvofiqligi iqtisodiy faoliyatdan iloji boricha ko‘proq daromad olishdan 
iborat bo‘ladi. 
Iqtisodiyotning maqsadga muvofiq harakat qiluvchi sub’ekti iqtisodiy 
tanlov sharoitida navbatdagi iqtisodiy operatsiyaning foydasi va xarajatlari 
yalpi darajasini solishtirish bilangina cheklanmaydi. U mazkur harakat bilan 
bog‘liq qo‘shimcha (eng yuqori) foydani va qo‘shimcha (eng yuqori) xarajatni 
ham, ya’ni shunday harakatlar turkumi davom ettirilgan taqdirda, aynan 
shunday harakat sodir etilgan taqdirda, foyda va daromadning tegishli ravishda 
o‘zgarib borishini ham solishtiradi. Agar bunday vaziyatda eng yuqori foyda 
eng yuqori xarajatdan ko‘p bulsa, shu narsa ayonki, ularning o‘rtasidagi farq 
(qo‘shimcha) eng yuqori daromad ham ijobiy bo‘ladi. Bu umumiy daromad 
jamg‘armasiga yana bir ulush qo‘shilishini anglatadi. Bunday holda maqsadga 
muvofiq harakat qiluvchi iqtisodiyot sub’ekti erishilgan natija bilan 
cheklanmasligi tushunarli, u eng yuqori foyda, eng yuqori xarajatlardan ko‘p 
bo‘lguncha, ya’ni ular bir-biriga tenglashadigan daqiqagacha shu xildagi 
harakatlarni davom ettiraveradi. Aynan ahvol shunday bo‘lganida bir xil xatti-
harakatlarning natijasi – daromadning umumiy miqdori – eng yuqori bo‘ladi, 
bu demak, ratsional harakat qiluvchi sub’ekt o‘z maqsadiga erishadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling