H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

2
>X
1
bo‘lsa, F(X
2
)>F(X
1
) bo‘lish sharti bajariladi. 
Ishlab chiqarish funksiyalari muayyan ishlab chiqarish jarayoni empirik 
ma’lumotlarining tahlili asosida chiqariladi va ishlab chiqarishni rejalashtirish 
vazifalarini hal etish uchun xizmat qiladi, chunki ham alohida bir omil, ham 
ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan barcha omillar miqdorining o‘zgarishi 
yalpi ishlab chiqarishning o‘zgarishini bashorat qilish imkonini beradi. 
 
4.1. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli funksiyasi 
Ishlab chiqarish omillarini o‘zgartirish imkoniyatlari o‘z chegaralariga 
ega. Xom ashyo va mehnat resurslari miqdorini o‘zgartirish qiyin emas. Ammo 
kapital omillarini (ishlab chiqarish quvvatlarini) berilgan vaqt intervali 


108 
doirasida o‘zgartirish anchagina mushkul yoki mutlaqo mumkin emas. Ana 
shundan kelib chiqib, omillarning ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini tadqiq 
etish uchun qisqa muddatli va uzoq muddatli davr tushunchalaridan 
foydalaniladi, ishlab chiqarish omillarining hammasi esa, o‘zgaruvchan va 
doimiy omillarga taqsimlanadi. Qisqa muddatli davr shunday bir davrki, ana 
shu davr mobaynida ishlab chiqarishning hech bo‘lmaganda bir omili 
o‘zgarmay qoladi. Uzoq muddatli davr bu shunday davrki, uning 
mobaynida ishlab chiqarishning barcha omillari o‘zgartirilishi mumkin. 
O‘zgaruvchan omillar – bu qisqa muddatli davr doirasida miqdori 
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan resurslardir. Doimiy omillar – qisqa muddatli 
davr doirasida miqdori o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan resurslardir. Shu 
narsaga e’tiborni qaratish kerakki, qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlar 
tushunchasi vaqt bilan bog‘liq bo‘lsa ham, ularning iqtisodiy mazmuni vaqt 
bilan emas, ishlab chiqarishning real tarkibiy o‘zgarishlari bilan izohlanadi. 
Shu sababli, turli ishlab chiqarishlarning texnologik xususiyatlariga ko‘ra, 
qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarning vaqt doiralari ularning har birida 
sezilarli darajada farqlanishi mumkin. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling