H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Ishlab chiqarishning qisqa muddatli davrdagi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Ishlab chiqarishning qisqa muddatli davrdagi funksiyasi berilgan
doimiy omillar miqdori vositasida o‘zgaruvchan omillar miqdorini o‘zgartirish yo‘li bilan firma amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarishni ko‘rsatadi. Qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish tanlovi tahlilining asosiy vazifasi–har bir o‘zgaruvchan omil o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini, ya’ni uning samaradorligini aniqlashdan iborat. Buning uchun qolgan omillar o‘zgaruvchan omillarning yalpi, o‘rtacha va pirovard mahsuldorligi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. O‘zgaruvchan X omilidan yalpi mahsulot (TR X ) – bu o‘zgaruvchan omilning berilgan miqdoridagi yalpi ishlab chiqarish hajmidir. O‘rtacha mahsulot (AR X ) – o‘zgaruvchan omil birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish hajmini ko‘rsatadi. X TP AP X X = –jismoniy mahsulotning miqdori (MR X ) – o‘zgaruvchan omilni birlamchi o‘zgartirish hisobiga jami mahsulotning o‘sishini tavsiflaydi. dX dTP MP X X = yoki dX dTP MP X = , ya’ni ishlab chiqarish funksiyasining birinchi hosilasiga teng. 4.2. Pasayib borish - samaraning qonuni Har qanday ishlab chiqarish jarayoni shunday bir xususiyatga egaki, agar doimiy omilning berilgan miqdorida o‘zgaruvchan omilni qo‘llash ko‘paytirib boriladigan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi albatta, eng yuqori nuqtasiga yetib, 109 so‘ngra pasaya boshlaydi. Bu o‘zgaruvchan omil samarasidagi o‘zgarishlar bilan izohlanadi. Ishlab chiqarishda o‘zgaruvchan omillarning arzimagan miqdori qo‘llanilgan dastlabki bosqichda o‘zgaruvchan omilning har bir qo‘shimcha birligi ana shu omildan olinadigan pirovard mahsulotning o‘sishiga aylanadi. Ammo o‘zgaruvchan omil qo‘llanishi ko‘payib borgani sayin uning mahsuldorligi kamaya boshlaydi so‘ngra o‘sishi to‘xtab qoladi. Mazkur bog‘liqlik «kamayib boruvchi samara qonuni» yoki «kamayib boruvchi eng yuqori unumdorlik» nomini olgan. Bu boshqa barcha omillar qayd etilgan miqdorda qolgani holda, o‘zgaruvchan omilni qo‘llanishi ko‘payib borgani sayin shunday bir nuqtaga erishilishi, ana shu nuqtadan boshlab o‘zgaruvchan omillarning qo‘shimcha miqdoridan foydalanish mahsulot o‘sishining doimiy kamayib borishiga, keyinchalik uni mutlaqo pasayishiga olib kelishidan dalolat beradi. Kamayib boruvchi samara qonuning amal qilish sababi ishlab chiqarishda doimiy va o‘zgaruvchan omillar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishida yashiringan. Dastgohlar to‘la quvvat bilan ishlamayotgan bir paytda past samaradorlik ishlab chiqarishga o‘zgaruvchan omillarning qo‘shimcha miqdorini jalb etish hisobiga oshirilishi mumkin, bu mahsuldorlikning oshib boradigan darajada ko‘payishiga olib keladi. Aksincha, dastgohlarni ortiqcha hajmda ishlatish samaradorlikning pasayishiga va ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi. Kamayib boruvchi samara qonunining ta’siri bir qator muhim xulosalar chiqarish imkonini beradi. Birinchidan, xarajatlarning hamisha «iqtisodiy soha» deb atalmish shunday bir sohasi bo‘ladiki, ularni ko‘paytirib borish yalpi mahsulotning kamayishiga olib kelmaydi (barcha dastlabki chakana hosilalar musbat bo‘ladi). Ikkinchidan, qisqa muddatli davr sharoitlarida ishlab chiqarish omillaridan hech bo‘lmaganda bittasi qayd etilgan miqdorda qolsa, hamisha shunday bir nuqta mavjud bo‘ladiki, ana shu nuqtadan boshlab o‘zgaruvchan omilni qo‘llashning ko‘paytirilishi uning eng yuqori mahsuldorligi pasayishiga olib keladi. Uchinchidan, iqtisodiy soha doirasida shunday bir nuqta borki, ana shu nuqtadan boshlab o‘zgaruvchan omilni qo‘llashning keyingi ko‘paytirilishi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Omil unumdorligining kamayib borish qonuni ta’siri shunga ishora qiladiki, hech bo‘lmaganda bir omil qayd etilgan holda qolsa, ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Bu holda shuni nazarda tutish kerak: a) «qonun» ni faqat qisqa muddatli davr sharoitlariga nisbatan qo‘llash mumkin; 110 b) «qonun» ta’sirining intensivligi texnologiya xususiyatlari bilan izohlanadi va har bir ishlab chiqarishda har xil bo‘ladi. Qisqa muddatli davr doirasida omillarning o‘sha miqdori bilan yoki kamroq miqdori bilan ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beruvchi nisbatan ilg‘or texnologiyani qo‘llanishi kamayib boruvchi samara qonunining ta’siri bekor qilinishini anglatmaydi, uning ta’sir xususiyatini o‘zgartiradi, xolos. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling