H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosa
51 Пол А. Самуэльсон, Вильям Д. Нордхаус. Экономика: Пер. с англ. — М.: «БИНОМ», «Лаборатория Базовых Знаний», 1997. — С.50-51. 104 Qisqacha xulosa Iqtisodiy ne’matlarning xarajat qilish mexanizmlari to‘rtta asosiy elementlarni o‘z ichiga oladi: ya’ni «ishlab chiqarish – taqsimot almashuv – iste’mol». Bu jarayonlar o‘zaro murakkab bog‘liqlikda turadilar. Bular bir - biriga o‘tishadi va kirishadi hamda ko‘pincha vaqt bo‘yicha bir - biridan ajratilmaydi. Sababi, ishlab chiqarish va iste’mol o‘zaro mustahkam bog‘langan. Avvalambor, korxonalarda insonlarning butunlay qobiliyati va uning hayotiy kuchlari sarflanadi. Shu bilan birga, xom ashyolar, yonilg‘i, mashinalar va boshqa asbob-uskunalar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish uchun kerakli moddiy sharoitlardan foydalaniladi, ya’ni ishlab chiqarish iste’moli amalga oshiriladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish bevosita taqsimot bilan bog‘langan. Nimalar yaratishdan avval ishchilarni va mehnat vositalarini har xil turdagi xo‘jalik faoliyatiga ajratish talab qilinadi. Bu yerda gap ijtimoiy ishlab chiqarishnining xilma– xil tarmoqlarga taqsimlanishi to‘g‘risida ketmoqda. Ishlab chiqarish almashuv bilan ham mustahkam bog‘langan. Oxir ishlab chiqarish o‘zining mavjudligi bo‘yicha kishilarning qobiliyatini va faoliyatining almashuv jarayonlarini tasavur etadi. Mehnat taqsimoti ishchilarni o‘zlarining qobiliyatlarini bir xil bo‘lmagan yo‘nalishlarda mukammalashtirishga majburlaydi. Shuning uchun ham bu yerda har xil qobiliyatga ega bo‘lgan ishchilarning mehnat mahsulotlari almashuviga zaruriyat tug‘iladi. Bunday jarayonlar asosan, yirik korxonalarda yaqqol ko‘rinadi. Insoniyatning ehtiyoji ham har xil, ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarini o‘z ichiga oladi. Bular orasida iqtisodiy ehtiyojni asosan ajratamiz. Iqtisodiy ehtiyojlar – insonlarning shunday muhtoj bo‘lgan qismini ta’minlash uchun albatta, ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va nihoyat iste’mol qilish zarurdir. Aynan manashular kishilarning ta’minlanmagan talablari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro harakatda faol qatnashadilar. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling