H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

(TR
X
)'=MR
X
=0=TR
X
=max. Mazkur bosqichda ishlab chiqarishning o‘sishi 
o‘zgaruvchan omil ko‘payishiga proporsional ravishda kamroq ko‘payib 
borishi bois, o‘zgaruvchan omil samarasining kamayib borishi haqida gapirsa 
bo‘ladi. III bosqichda, S nuqtasidan so‘ng, pirovard mahsulot manfiyga 
aylanadi, unga nafaqat o‘rtacha, shu bilan birga, yalpi mahsulotning kamayishi 
xos bo‘ladi. Ishlab chiqarish funksiyasi omillardan samarasiz foydalanilishiga 
yo‘l qo‘ymasligi bois, mazkur bosqich iqtisodiy soha doirasidan tashqariga 
chiqadi va ishlab chiqarish funksiyasining bir qismi hisoblanadi. 
Yalpi, o‘rtacha va pirovard mahsulotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bir necha 
vaziyatlarda ifodalanadi: 
– O‘zgaruvchan omil ko‘payganida, eng ko‘p mahsulot qiymati musbat 
bo‘lsa, yalpi mahsulot hamisha ko‘payib boradi, pirovard mahsulot qiymati 
manfiy bo‘lganida esa kamayadi. 
– Bu demak, yalpi mahsulot ko‘payib borganida pirovard mahsulot 
qiymati hamisha musbat, kamayishida esa, manfiy bo‘ladi. 
– Pirovard mahsulot nolga teng bo‘lganida yalpi mahsulot o‘zining 
maksimumiga yetadi. 
– O‘zgaruvchan omilning o‘rtacha mahsuloti uning qiymatlari pirovard 
mahsulot qiymatlaridan past bo‘lgan vaqttacha o‘sib boradi, agar ular pirovard 
mahsulot qiymatidan yuqori bo‘lsa kamayadi. 


114 
– O‘rtacha va pirovard mahsulot qiymatlari teng bo‘lganida o‘rtacha 
mahsulot o‘zining maksimumiga yetadi. 
O‘zgaruvchan omil miqdori ko‘payishi munosabati bilan mahsulot 
qiymatidagi o‘zgarishlar xususiyati ishlab chiqarishning barcha omillari o‘zaro 
hamkorligining natijasi hisoblanadi. Birinchi bosqich doimiy va o‘zgaruvchan 
resurslar o‘rtasidagi muvozanat buzilganligi, doimiy resurslardan yetarli 
darajada foydalanilmaganligi sababli samarasiz hisoblanadi. Firma umumiy 
samaradorlikni oshirish maqsadida o‘zgaruvchan resurslarni qo‘llashni hech 
bo‘lmaganda II bosqichga qadar ko‘paytirib borishi kerak. Ikkinchi bosqichda 
o‘zgaruvchan omil samaradorligi pasayishiga qaramay, uni qo‘llashni 
ko‘paytirish doimiy omilda samaraning o‘sishiga xizmat qiladi va umumiy 
samaradorlikning o‘sishiga olib keladi. Uchinchi bosqich doimiy resurs 
samaradorligining poyoniga yetishi bilan tavsiflanadi, umumiy samaradorlik 
kamaya boshlaydi, bu shu miqdordagi o‘zgaruvchan omillar bilan ishlab 
chiqarishni amalga oshirish mutlaqo samarasiz ekanligini anglatadi. Ishlab 
chiqarishning umumiy samaradorligi nuqtai nazaridan II bosqich optimal 
hisoblanadi, firma o‘zgaruvchan resurslarning ana shu bosqich doirasida 
bo‘lishni ta’minlaydigan miqdoridan foydalanishi lozim. Basharti firma 
mahsulotiga talab uning II bosqichga chiqishiga imkon bermasa, bu holda, u 
o‘z mahsulotiga talabni rag‘batlantirishi yoki boshqa mahsulotni ishlab 
chiqarish uchun ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishi zarur. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling