H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.2. Naflilik funksiyasi
uzluksizligi yana bir juz’iy taxmin bo‘ladi. Nazariy ikir-chikirlarga berilmay,
keling, yaxshiligi ko‘rinib turgan va bu termaga nisbatan yomonligi ma’lum bo‘lgan ne’matlar oralig‘ida unga to‘liq yoki qisman teng terma hamisha topiladi, deb hisoblaylik. Mazkur taxminlarning hammasi naflilik vazifasini aniqlash imkonini qo‘lga kiritish uchun zarur. Har bir iste’molchi afzalliklarining xususiyatlari befarqlik egri chiziqlari yordamida ko‘rgazmali ifodalanishi mumkin. 5.2. Naflilik funksiyasi Iste’molchi fe’l-atvorini to‘g‘ri tahlil qilish uchun chizmaan bo‘lsa ham uning maqsadi–intilishlarini, ya’ni naflilik darajasi iste’mol qilinadigan ne’matlar termasiga bog‘liqligini tavsiflash zarur. Bunday bog‘liqlik naflilik funksiyasini tashkil etadi. Naflilik funksiyasi–iste’mol qilinayotgan ne’matlar hajmi bilan shu jarayonda iste’molchi erishadigan naflilik darajasi o‘rtasidagi nisbatdir: U=f (X 1 , X 2 , ….., X n ), bunda, U–naflilik darajasi, X 1 , X 2 , ....., X n –iste’mol qilinayotgan ne’matlar miqdori. Naflilik ne’matlarining u yoki bu termasini tanlayotgan iste’molchi fe’l-atvoridagi prinsipial daqiqani yoritib beradi: u tanlab olish mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Tanlab olinayotgan u yoki bu ob’ekt ana shu iqtisodiyot sub’ektiga mazkur sharoitlarda naqadar zarurligini ko‘rsatadi. Shu vaziyat iste’molchi nimalarga intilayotganini aniqlab beradi. Aslini olganda bu–tanlab olish jarayonidagi iste’molchi harakatlarining aniq maqsadga qaratilgan vazifasidir, u miqdoriy qiymatlarni maksimallashtirishga intiladi. Albatta, u yoki bu iste’molchi ne’matlarning ma’lum termasini qo‘lga kiritib, naflilikning qancha birligiga erishganini biz har doim ham bevosita o‘lchay olmaymiz. Aslini olganda, naflilik vazifasi bu iste’molchi afzalliklarini tartibga solib ifodalashning muayyan shaklidir. Iste’molchilar turli guruhlarining afzalliklarini chizmaiylashtirishning turli darajalari mavjud, ulardan ne’matlar foydaliligini miqdoriy qiyoslashning turli darajalari kelib chiqadi. Bu naflilikning tartibli va miqdoriy vazifalari bilan ifodalanadi. Aytish kerakki, ratsionalizmning ma’lum minimal bosqichi 124 ob’ektiv ravishda har qanday qonuniy fe’l-atvorda mavjud, ular bir-biridan o‘tib bo‘lmaydigan jarlik vositasida ajratilgan emas. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling